iqtisodiy kategoriyalar
deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir.
Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar.
Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq)
umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga
xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos.
Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa
bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu
sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan
kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va
hokazo.
Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda
olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo
etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |