«Frantsuz modeli».
Bu model alohida ajralib turadigan xususiyatga ega emas. U
«amerikacha» va «nemischa» model o’rtasida bo’lib, davlatning tartibga soluvchilik roli yuqori.
Frantsiyada 1947 yildan besh yillik indikativ reja tuziladi.
Xatto iqtisodiyotning xususiy sektori ham umummilliy rejalarga kiritilgan. Lekin ko’p
ukladli iqtisodiyot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu rejada qatnashishi ixtiyoriy. Davlatning
qo’llab-quvvatlashidan umidvor firmalar, albatta ana shu rejalarni ko’zda tutib, faoliyat
yuritishga harakat qiladi.
«Frantsuz modeli»da davlat tadbirkorligi katta o’rin tutadi. Kapital jamg’arilishiga,
investitsiyaga davlat keng miqyosda aralashadi. Frantsiya aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan
YaMM mahsulot bo’yicha jahonda 12-o’rinda turadi. Bu 26,3 ming dollarga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |