Alfred Marshall
hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo’lgan Marshall avval
klassik maktab tarafdori bo’lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab
turolmadi. 1890 yili uning
«Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics)
nomli kitobi
nashrdan chiqdi. Unda Marshall
«ekonomiks»
atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni
nazarda tutgan.
Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy
iqtisod kursini
«Ekonomiks»
egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX
asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga
davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko’rsatdi. Erkin raqobatli bozorni
ulug’lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini
ilgari surdi. U yangi atama —
«ekonomiks»
da ifodasini topdi.
Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo’yicha ko’plab darsliklar aynan ana shu nom bilan
nashrdan chiqmoqda.
Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog’lanishda
emas, balki funktsional bog’lanishda bo’ladi. Narxning sabab-oqibatli bog’lanishda qanday qilib
shakllanishi to’g’risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida
emas, balki uning qanday o’zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy
nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo’llarini o’rganish bo’lmay, real amal
qilayotgan bozor xo’jaligi mexanizmini o’rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan
iborat bo’lishi kerak.
A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki
sotuvchining hukmron mavqega ega bo’lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni
monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi.
XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu
tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq
qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa
qo’shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o’zining nomukammal raqobat sharoitida foydani
maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur
iqtisodchi ayolga aylandi.
XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat
jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko’rsatdi.
Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g’oya zarur edi. Ana shunday g’oya
bilan iqtisodiy nazariyaga
K. M. Keyns
kirib keldi. U o’z nazariyasi tarafdorlari bilan
keynschilik maktabiga asos soldi. U rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga
solib turish zarurligini asoslab berdi. Bunday tartiblash, eng avvalo yalpi talabga ta’sir etish
orqali inflyatsiyaga, ish bilan bandlikka ta’sir ko’rsatish mumkinligini ko’rsatadi.
Davlat iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilishi mumkin.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Keyns yo’nalishi iqtisodiy nazariyada hukmron
nazariyaga aylandi. Ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda uning takliflaridan
foydalanildi. Lekin davlatning aralashuvi iqtisodiyotda qator salbiy holatlarga — byudjet
taqchilligiga, davlat qarzining ko’payishi, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Xo’jalik
hayoti byurokratlashib, iqtisodiy o’sish sur’ati pasaya bordi.
XX asrning 50—60- yillaridan boshlab neoklassik yo’nalishda qator yangi maktab va
oqimlar vujudga keldi.
Bular
neoliberalizm, monetarizm, instituttsionalizm
va boshqalar.
Neoliberalizm oqimi va uning mashhur vakillari F. Xayek,
I. Shumpeter, L. Erxard asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada
bo’lishiga, xususiy tadbirkorlikni o’sishiga qaratish lozimligini uqtiradilar.
Monetar oqim vakillari va yangi monetaristik maktabning asoschisi M. Fridman
iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqaligina amalga oshirish
mumkinligini asoslab berdilar.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning institutsional oqimi (lotincha
institut
so’zidan olingan
bo’lib, tuzilish, muassasa ma’nosini bildiradi) tarafdorlari hamda ko’zga ko’ringan vakillariT.
Veblen, Q. Gelbreyt va boshqalar fikriga ko’ra, iqtisodiyot — bu tizim. Xo’jalik yurituvchilar
o’rtasida munosabatlar iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri ostida vujudga keladi. Demak,
jamiyat taraqqiyotiga erishishda faqat iqtisodiy omillargagina emas, balki noiqtisodiy, xususan
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarga ham e’tibor berish lozim.
Iqtisodiy ta’limotning rivojlanishida respublikamiz iqtisodchi olimlari faoliyati ham
o’ziga xos o’rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kabi asarlarida yoritilgan masalalar jahon
miqyosida e’tirof etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |