Kelib chikish sabablari
Monopoliya turlari
Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv
texnologik zaruriyat, ishlab chiqarish-
ning kontsentratsiya(to’planuvchi)
darajasi yuqori bo’lishi zaruriyati
Tabiiy monopoliya
Bir markazdan amal qilish zarurli-
gi, qonuniy asosda vujudga kelishi
Legal monopoliya
Raqiblarni engish maqsadida
kelish
Sun’iy monopoliya
Bozorda boshqalar egallamagan joy,
ishlab chiqarilmagan tovar, xizmat-
larni qidirish, topish, taklif ko’p
yoki kamligini o’rganish.
Tasodifiy monopoliya
Sun’iy monopoliyalarning
qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari
kartel, sindikat, trest
va
kontsernlar
bo’lgan.
Kartel
— bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari
o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni
o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish
bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan.
Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin.
Sindikat
— bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab
chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi.
Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan.
Trest
— ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga
birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi.
Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi.
Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni
yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini
kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi.
Kontsernlar
monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi
rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat
o’rnatadi (VIII bob).
Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman
mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi.
Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu
sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan
ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi.
Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan.
Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p
tarqalmagan.
Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin
tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik
qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi.
Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani
emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |