*Narx turlari xilma-xil. Odatda u sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitimga ko’ra
belgilanadi. Narxlarga turli jihatdan yondashib guruhlarga ajratish mumkin.
* Narxlar tashkil topishiga ko’ra xarajatlar mexanizmi va bozor mexanizmiga bo’linadi.
Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi firmalarning o’z mahsulotlarini narxini belgilash
bo’lib, unga ko’ra firmalar tovar ishlab chiqarish va sotish uchun qilgan xarajatlarini qoplash va
ma’lum miqdorda foyda olishni ko’zlagan xolda belgilaydilar.
*Narxlar bozor mexanizmi orqali talab va taklif nisbati, raqobat asosida shakllanadi.
Bunda erkin bozor, cheklangan raqobatli bozor, oligopolistik, sof monopolistik, va monopsoniya
sharoitida narxlarni shakllanishi farqlanadi.
* Erkin raqobatli bozorda talab va taklif, ularning nisbati asosida yuzaga chiqadi. Chunki
sotuvchi va xaridorlar cheklanmagan. O’lar narxga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
*Monopolistik bozorda narx me’yoriy daromad Bilan me’yoriy xarajatga teng miqdorda
o’rnatiladi. Bu darajaga o’rtacha xarajatlarni minimal darajasiga etmay erishiladi. Natijada
monopoliyalar narxni tushirib, FOYDANI KAMAYTIRIShNI ISTAMAGANI uchun ana shu
darajada, ya’ni kamroq nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi, boshqacha aytganda
sun’iy taqchillik yaratadi.
*Oligopolistik bozorda narx nisbatan barqaror o’rnatiladi. Sababi oligopoliyalar bozorga
nihoyatda katta hajmda tovar va xizmatlar tashlaydi.Ularning iqtisodiy baquvvatligi ham bir-
biriga yaqinligi ularni nihoyatda narx bo’yicha ehtiyotkorlikka undaydi. Shuning uchun ham ular
asosan narxdan foydalanmay raqobat kurashi olib boradi.
*Monopsoniya sharoitida xaridor bitta, sotuvchilar ko’pligi tufayli monopsoniyada
vaziyatga ko’ra taklif narxi kamayib boruvchi yoki o’sib boruvchi bo’lishi mumkin. Birinchi
vaziyat bo’lsa, monopsonist qshimcha tovar sotib olish uchun narxni pasaytiradi, ikkinchisida
oladigan mahsulotini miqdorini kamaytiradi.
*Biroq bulardan qat’iy nazar narxlarni chegarasi mavjud. Quyi chegarasi xarajatlarni
qoplash bo’lsa, yuqori chegara xarid qobiliyati, ya’ni aholi daromadlari darajasi.
* Firmalar uchun narx belgilash o’ta muhim. Shuning uchun ular foydani ko’proq olish
maqsadida narxlarni moslashuvchan bo’lishiga, xaridorlarni qurbiga qarab tabaqalashtirishga
harakat qiladilar. Tabaqalashtirish mezoni turlicha bo’lishi mumkin. Turli mezonlarga ko’ra
tabaqalashtirishni narx diskriminatsiyasi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: