Umumiy xarajatlar muayyan ishlab chiqarish doirasida umumiy sarflar bo’lib,
hamma
mahsulot qanchaga tushganini bildiradi. Korxona uchun mahsulot birligiga ketgan sarf
muhimdirki, uni
o’rtacha xarajat
deb ataladi. O’rtacha xarajatni AS (average costs) miqdorini
topish uchun umumiy xarajat Ts mahsulot miqdori Q ga bo’linadi:
AS=Ts/ Q.
Grafikdan foydalanib, o’rtacha xarajatlarni hisoblasak, mahsulot
kam ishlab chiqarilgan
paytda o’rtacha xarajatlar, ayniqsa doimiy xarajatlar yuqori bo’ladi. Masalan, doimiy xarajatlar
256 ming so’m deylik, 64 ming so’m o’zgaruvchi xarajat qilib, 4 ming dona mahsulot ishlab
chiqardik. Unda umumiy xarajatlar 256+
+64=320 ming so’m bo’lib, o’rtacha xarajatlar 80 ming so’mga teng bo’ladi. Agarda 5
dona ishlab chiqarmoqchi bo’lsak, o’zgaruvchi xarajatlarni 93 ming so’mga etkazish kerak.
Bunda umumiy xarajatlar 256+93=349 ming so’m bo’lib, o’rtacha xarajatlar 69,8 ming so’mga
pasayadi.
Shunday tarzda mahsulot miqdorini ko’paytirib, 8 taga etkazilsin. U holda o’zgaruvchi
xarajatlar 224 ming so’m bo’lishi kerak. Umumiy xarajatlarimiz 256+224=480 ming so’m,
o’rtacha xarajatlar esa 480:8=60 ming so’m, 9 ming dona uchun 297 ming so’mlik o’zgaruvchi
xarajat qilishimiz kerak. Unda umumiy xarajatlarimiz 256+297=553 ming so’m, o’rtacha
xarajatlar esa 61,4 ming so’m bo’ladi. Mahsulotni ko’paytirib, 10 donaga etkazish uchun
o’zgaruvchan xarajatlarni 400 ming so’mga etkazish kerak. U holda umumiy xarajatlar
256+400=656 ming so’mga etadi. O’rtacha xarajatlar esa 65,6 ming so’m bo’ladi.
Bir
qaraganda, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek
ko’rinadi. Ma’lum bir darajadagi texnika-texnologiya imkoniyati doirasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarga sarflanadigan o’rtacha xarajatlarni o’zgarishi bu fikrni to’g’ri emasligini
ko’rsatadi. Grafikdan ko’rinib turbdiki, 5 mahsulotda xarajatlar
bilan olingan daromad teng,
keyingi mahsulotdan boshlab foyda olish boshlanadi.U ma’lum chegaragacha, misolimizda 11-
mahsulotgacha davom etadi. So’ngra zarar ko’rish boshlanadi.
Raqobatda mag’lub bo’lmaslik hamda imkoni qadar ko’proq foyda olish uchun o’rtacha
xarajatlarni minimal darajada bo’lishiga erishish kerak.
O’rtacha xarajatlar ma’lum chegaragacha, bizni misolimizda 8- mah-sulotgacha kamayib,
so’ngra ortib ketadi. Sababi qisqa muddatli davrda me’yoriy xarajatlarning ortishi bo’lsa, uzoq
muddatli davrda masshtab ya’ni miqyos effektining salbiy natijasi ta’sir qiladi (yuqorida to’xtab
o’tdik, quyida, 2-§da yana to’xtalamiz)
Tadbirkor xarajatlarni minimal bo’lishini o’ylar ekan, demak, eng minimal xarajat 8 dona
mahsulot ishlab chiqarganda bo’ladi. Unda umumiy xarajatlar 480 ming so’mga teng.
P
x
a
r
a
j
a
t
l
a
r
700
600
500
400
300
200
100
Umumiy
xarajatlar
TC=FC+VC
Umumiy tushum
Xarajatlarni
qoylash nuktasi
Mahsulot miqdori
Fo
yda
= TR
-T
C
TR
TC
VC
FC
Ishlab chiqarishni kengaytirish o’rtacha xarajatlarni oshirib yuborar ekan, uning eng
optimal miqdori 8 ta ga teng. Demak, tadbirkor mavjud texnika-texnologiya doirasida 8 dona
mahsulot ishlab chiqarsa, eng kam xarajat qiladi. Shu miqdordagi
mahsulot mazkur korxona
uchun optimal variant hisoblanadi.
Tadbirkorni faqat xarajatlarni minimallashtirish emas, foydani maksimallashtirish
masalasi ham tashvishga soladi. Kam xarajat qilib turli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish
mumkin bo’lgani uchun, qancha mahsulot ishlab chiqarilsa maksimal darajada foyda olish
ta’minlanadi? Ishlab chiqarish omillari qanday tarkibda birlashuvi maksimal foyda olishni
ta’minlash imkonini beradi? Tadbirkor hisob-kitob qilishi kerak. Bu me’yoriy xarajatlar
yordamida topiladi.
Cheklangan resurslar doirasida ishlab chiqarish imkoni cheklangan. Shunga bog’liq
ravishda me’yoriy xarajatlar degan tushuncha bor. Me’yoriy xarajatlar MS qo’shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulot uchun sarflangan xarajatlardir. Uni quyidagicha hisoblanadi:
MS=Tsn - Ts(n-1))
Xarajatlar unumdorlik o’sishiga qarab pasayadi. Biroq unumdorlikni o’stirishni imkoni
tugab, o’z chegarasiga etgach, xarajatlarning o’sishi yuzaga keladi.(111 bob)
Misolimizga qaytsak, 5 dona mahsulot uchun me’yoriy xarajatlar 349-320=29 ming
so’mni tashkil etsa, 9- mahsulot uchun 73 ming so’m (553—480), 10- mahsulot uchun 103 ming
so’m (656—553) ga etgan. Ko’rinib turibdiki, me’yoriy
xarajatlar ortib boryapti, u o’z navbatida
o’zgaruvchi va o’rtacha xarajatlarni ham ortishiga olib keladi. Xarajatlarimizni grafik tarzida
ifodalaydigan bo’lsak, doimiy xarajatlar
Do'stlaringiz bilan baham: