Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
1.Byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobi Budjet tashkilotining naqd pul mablag'lari tashkilot kassasida saqlanadi. Shtatida kassir yoki buxgalter-kassir lavozimi bo‘lgan faqatkatta budjet tashkilotlarida kassa bo'ladi, qolgan holatlarda budjet tashkilotlarida naqd pul to‘lanadigan operatsiyalar hisobdor shaxslarorqali amalga oshiriladi.Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga asosanamalga oshiriladi. Bu qoidalarga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘z pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pul qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat shunga xarajat qilinadi. Tashkilot o‘z kassasida naqd pulni uning qoldig‘ining belgilangan limiti doirasida saqlashi va uni tushum hisobidan belgilangan me’yorlar chegarasida xarajat qilishi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitlari va tushum hisobidan foydalanish me’yorlari muayyan zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan limitlar bank muassasalari tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kassadagi naqd pul qoldig'ining belgilangan limitidan ortiqcha bo‘lgan qismining hammasini tashkilotlar bank muassasasi bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda o‘z bank hisobvaraqlariga hisobga olish uchun bankka topshirishlari shart.
Naqd pul:
a) bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga;
b) inkassatorlarga-keyinchalik bank muassasalariga topshirish uchun;
d) tashkilotlar qoshidagi birlashgan kassalarga-keyinchalik bank muassasalariga topshirish uchun;
e) aloqa korxonalariga-bank muassasalari hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun topshirilishi mumkin.
Budjet tashkilotlari o‘z kassalarida naqd pulni, belgilangan limitlaridan tashqari, faqat ish haqi to'lash, mukofotlar, ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar berish uchun bank muassasasidan olingan kunni qo'shib hisoblangan holda 3 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddat mobaynida (bank muassasalaridan uzoq masofada joylashgan budjet tashkilotlari uchun esa-5 ish kunigacha) saqlash huquqiga egadir.
Xizmat safarlari bilan bog'liq xarajatlar uchun naqd pul xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga mazkur hududda amal qilayotgan tartib bo‘yicha tegishli miqdor doirasida keyin hisob berish sharti bilan beriladi. Keyin hisob berish sharti bilan berilgan naqd pullaming xarajat qilinmagan qismi ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirilmasdan tashkilot kassasiga qaytarilgan bo‘lishi kerak. Hisob berish sharti bilan naqd pul olgan shaxslar tashkilot buxgalteriya xizmatiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga xarajat qilingan summa to‘g‘risida hisobot berishlari kerak. Avval hisob berish sharti bilan berilgan naqd pul summasi bo'yicha to'liq hisobot topshirilganidan keyingina yangidan hisob berish sharti bilan naqd pul beriladi.
Kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘minasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakllardagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va barcha tashkilotlarda, ulaming idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, o‘zgartirishsiz qo‘llanilishi kerak.