Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Soliq davri. Hisobot davri



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

Soliq davri. Hisobot davri 
Kalendar yil soliq davridir. 
Yil choragi hisobot davridir. 
Soliqni  hisoblab  chiqarish,  hisob-kitoblarini  taqdim  etish  va  to‘lash  tartibi. 
Mol-mulk  solig‘ini  hisoblab  chiqarish  soliq  to‘lovchi  -  O‘zbekiston  Respublikasining 
rezidenti tomonidan SK 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan 
soliq  solinadigan  bazadan  va  belgilangan  stavkadan  kelib  chiqqan  holda  amalga 
oshiriladi. 
 


 
92 
  
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga  solinadigan soliq stavkalari 
(%da)
  
(Qarorga 17-ilova)  
Yuridik shaxslar 
 
3,5 
O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan 
valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun, bundan 
ro‘yxati Prezidentning 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xom 
ashyo tovarlari mustasno:* 
 
sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha 
 
belgilangan stavka 30%ga 
pasaytiriladi 
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori 
belgilangan stavka 50%ga 
pasaytiriladi 
  
*)  Belgilangan  (me’yoriy)  muddatlarda  ishga  tushirilmagan  uskunalar va tugallanmagan 
qurilish qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi. 
Izoh: Me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar 
stavkada to‘lanadi. 
 
MISOL.
  Ishlab  chiqarish  korxonasi  o‘zi  ishlab  chiqargan  mahsulotlarini  eksport 
qiladi  va  quyidagi  ko‘rsatkichlarga  ega:  hisobot  choragi  uchun  mol-mulk  solig‘ini 
hisoblab  chiqarish  uchun  mulkning  o‘rtacha  yillik  qoldiq  qiymati  -  6  000  ming  so‘mni; 
o‘zi  ishlab  chiqargan  mahsulotni  sotishdan  sof  tushum  hisobot  davriga  -  16  000  ming 
so‘mni, shu jumladan eksport hajmi - 4 000 ming so‘mni tashkil qiladi. 
Hisobot davrida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishdan tushumda eksportning 
hajmi  25%  (4  000/16  000  x  100%)ni  tashkil  qiladi.  Shunday  qilib,  korxona  imtiyozdan 
foydalanish va soliq stavkasini 30%ga pasaytirishga  haqli, bunda soliq stavkasi  2,45%ni 
(3,5 x 70%) tashkil qiladi.  
Imtiyozni hisobga olgan korxona hisobot davri uchun mol-mulk solig‘ini 147 (6 000 
x 2,45%) ming so‘m miqdorida to‘lashi kerak.  
Shunga  e’tibor  berish  kerakki,  realizatsiya  oborotlari  yil  davomida  o‘sib  boruvchi 
yakun  bilan  aniqlanadi.  Shuning  uchun  imtiyozlarni  hisobga  olib,  yakuniy  hisob-kitobni 
yil oxirida qilish mumkin. 
Soliq  davri  mobaynida  soliq  to‘lovchilar  har  oyda  joriy  to‘lovlarni  to‘laydilar, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to‘lovlar summasi tegishli yil 
uchun  mol-mulkning  o‘rtacha  yillik  qoldiq  qiymatidan  va  belgilangan  stavkadan  kelib 
chiqqan  holda  hisoblab  chiqarilgan  mol-mulk  solig‘i  yillik  summasining  o‘n  ikkidan  bir 
qismi  miqdorida  belgilanadi.  Joriy  to‘lovlar  miqdorini  hisoblab  chiqarish  uchun  soliq 
to‘lovchi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan 
shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 10 yanvarigacha taqdim etadi.  
Byudjetga  joriy  to‘lovlarni  to‘lash  har  oyning  10-kunidan  kechiktirmay  amalga 
oshiriladi.  
Mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq 
xizmati  organlariga  ortib  boruvchi  yakun  bilan  yilning  har  choragida  hisobot  davridan 
keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari  bo‘yicha  esa  yillik  Moliyviy 
hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. 


 
93 
To‘lanishi  lozim  bo‘lgan  mol-mulk  solig‘i  summasi  hisob-kitoblarni  topshirish 
uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  norezidentlari  bo‘yicha  mol-mulk  solig‘ini  hisoblab 
chiqarish  soliq  solinadigan  bazadan  va  belgilangan  stavkadan  kelib  chiqqan  holda 
quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi: 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
mamlakatimiz  norezidenti  doimiy  muassasaning  soliq  bo‘yicha  hisobga  olish  joyidagi 
davlat  soliq  xizmati  organiga  soliq  solinadigan  mavjud  mol-mulk  to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomani  hisobot  yilidan  keyingi  yilning  25  yanvaridan  kechiktirmay  taqdim 
etishi shart. Taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi mol-mulk 
solig‘i  summasi  hisob-kitobini  o‘n  kun  ichida  amalga  oshiradi  va  to‘lov  xabarnomasini 
yozadi;  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish