Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


AYOQSHDA  YAST  bazasini  kamaytirish    tartibi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

AYOQSHDA  YAST  bazasini  kamaytirish    tartibi. 
Soliq  kodeksining  356-
moddasiga  ko‘ra,  AYoQSh  uchun  soliq  solinadigan  baza  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va 
gazning  AYoQShning  belgilangan  eng  yuqori  ustamadan  oshadigan  chakana  narxi  bilan 
olish  narxi  o‘rtasidagi  mahalliy  byudjetga  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan  farq  summasiga 
kamaytiriladi.  
 Soliq  kodeksining  Soliq  kodeksining  356-moddasi  ikkinchi  qismining  1-bandiga 
ko‘ra avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarida YaST hisob-kitobida soliq solinadigan 
yalpi tushum: 
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning AYoQShning belgilangan eng yuqori ustamadan 
oshadigan  chakana  narxi  bilan  olish  narxi  o‘rtasidagi  mahalliy  byudjetga  o‘tkazilishi 
lozim bo‘lgan farq summasiga; 
jismoniy  shaxslardan  transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga kamaytiriladi. 
Mintaqaviy  MOLIYA  organi  tomonidan  chakana  iste’molchilarga  realizatsiya 
qilinadigan neft mahsulotlarining bir tonnasiga so‘mda belgilanadigan eng yuqori ustama 
AYoQSh tasarrufida qoladi 
(VMning 1.07.2003 yildagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan 


 
81 
Neft  mahsulotlari  sotuvchi  korxonalarning  cheklangan  ustamalarini  shakllantirish 
to‘g‘risidagi  nizomning  11,  12-bandlari).
  Agar  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gazning 
chakana  narxi  bilan  olish  narxi  o‘rtasidagi  farq  belgilangan  ustamadan  oshib  ketsa, 
oshgan  summa  3  bank  kuni  davomida  mahalliy  byudjetga  o‘tkaziladi.  Avtomobilga 
yonilg‘i quyish shoxobchalarida YaST bo‘yicha soliq solinadigan baza ayni shu summaga 
kamaytiriladi 
(bundan keyin - oshgan summa). 
AYoQSh  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gaz  iste’moli  uchun  jismoniy  shaxslardan 
olinadigan  soliq  to‘lovchisidir.  Soliq  summasi  realizatsiya  narxida  hisobga  olinadi  va 
YaST hisob-kitobi paytida soliq solinadigan yalpi tushumdan ham chegirilishi kerak. 
Realizatsiyadan olinadigan yalpi tushum hamda SK 356-moddasi ikkinchi qismining 
1-bandiga  asosan  chegiriladigan  summalar  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  bo‘yicha 
belgilanadi. 
Yagona  soliq  to‘lovi  hisob-kitobini  to‘ldirish  chog‘ida  boshqacha  vaziyat 
shakllanadi, uning shakli avvalo YaST solinmaydigan summalarni kiritgan holda umumiy 
yalpi tushumni aks ettirishni nazarda tutadi. Hisob-kitobga zarur ilovalar to‘ldirilganidan 
keyin  esa  soliq  solinadigan  yalpi  tushumdan  jami  chegirmalar  summasi  (imtiyozlar 
summasi) belgilanadi.  
Chunonchi,  Hisob-kitobning  010-»Tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  realizatsiyasidan  sof 
tushum» satri bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishdan barcha pul 
tushumlari,  shuningdek  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gaz  iste’moliga  soliq  hamda  oshish 
summasini  ko‘rsatish  kerak.  010-satr  ma’lumotlari  Hisob-kitobning  040-satri  bo‘yicha 
soliq solinadigan yalpi tushum tarkibida hisobga olinadi. 
Soliq  solinadigan  yalpi  tushumdan  chegirmalar  summasini  belgilash  uchun  Hisob-
kitobga  3-»Soliq  solinadigan  yalpi  tushumning  kamayishi»  ilovasini  to‘ldirish  lozim, 
uning  0208-satrida  soliq  summasi,  0209-satrda  esa  oshgan  summa  ko‘rsatiladi. 
Chegirmalarning  umumiy  summasi  3-ilovaning  010-satrida  aks  ettiriladi,  YaST  hisob-
kitobining  0502-satriga  ko‘chiriladi  va  050-satrda  YaST  bo‘yicha  soliq  imtiyozlarining 
umumiy summasida ko‘rsatiladi. 
Shu tariqa, YaST hisob-kitobi shakliga ko‘ra, soliq solinadigan yalpi tushumni (040-
satr)  imtiyozlar  summasiga  (050-satr)  kamaytirish  yo‘li  bilan  soliq  solinadigan  baza 
aniqlanadi  (060-satr),  u  belgilangan  stavkaga  ko‘paytiriladi  va  byudjetga  to‘lanadigan 
YaST summasi hisoblab chiqariladi. 
Plastik  kartochkalarni  qo‘llagan  holda  tovarlarni  realizatsiya  qiladigan  korxonalar 
YaSTning belgilangan stavkasini 10%ga kamaytirishga haqli. Pasaytirilgan stavka benzin, 
dizel  yoqilg‘isi  va  gaz  iste’moliga  soliq  hamda  oshgan  summani  chegirgan  holda, 
terminal  bo‘yicha  to‘lanadigan  ulushda  to‘lov  terminallari  orqali  olingan  tushumga 
qo‘llanadi. 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish