4. Byudjet nazoratini tashkil qilishning maqsadi va
vazifalari.
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga
oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy
axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga
oladi:
1. Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2. Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri xujjatlashtirilishini
aniqlash;
3. Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va xarajtlarini
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash;
4. Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish
holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;
5. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;
6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy
natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini
tekshirish;
7. Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;
8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari
yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida davlat budjetining ijrosini
nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1. Budjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;
2. Budjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan,
davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi;
3. Budjet tashkilotlaridan budjet va budjetdan tashqari mablag’larning
tushumi va sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
4. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag’lari harakati
to’g’risida ma’lumotlar oladi;
5. Budjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini
auditdan o’tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan
dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda
quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
- smeta-moliya hujjatlarini, bunda budjet mablag’laridan qonunchilikka va
budjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga
erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga
oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar
smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish
bo’yicha ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish;
- daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu
mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda,
budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar
smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini
e’tiborga olish;
- smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor
holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan
ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar
bergan holda o’z vaqtida budjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari
va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani
rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi,
qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha takliflar berilishi va aniqlangan
ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar smetasi bo’yicha
tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va
o’z vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam
umumlashtiradi va ko’rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada
takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |