Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Talaba portfoliosining turlari 
1. Hujjatlar portfoliosi - ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan 
sertifikatlangan hujjatlar to‘plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar, 
guvohnomalar va b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va soniy jihatdan ob’ektiv 
baholash imkonini beradi. Materiallar jadval ko‘rinishida bosqichlarga bo‘linib, ball 
hisobida baholangan holda beriladi. Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova sifatida 
keltirilishi mumkin. 
Ushbu variantning afzalliklari: YAkuniy ball tizimi portfolioni talabaning 
ta’lim faoliyati bo‘yicha reytingini aniqlashning asosiy mexanizmi, talaba umumiy 
reytingining asosiy tashkil etuvchisiga aylantiradi. 
Cheklanishlari, kamchiliklari: bunday tipdagi portfolio faqat talaba faoliyati 
natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. U talabaning shaxsiy rivojlanish jarayonini, 
uning turli sohalar bo‘yicha ijodiy faolligini, o‘qish uslubini va qiziqishlarini aniqlash 
imkonini bermaydi. 
2. «Ishlar portfoliosi» - talabaning turli, jumladan ijodiy, loyihaviy, ilmiy-
izlanish va boshqa sohalardagi ishlari, uning o‘quv va ijodiy faoliyatining asosiy 
shakl va yo‘nalishlari, ilmiy anjumanlar, tanlovlar, o‘quv oromgohlari, turli 
kurslardagi ishtiroki, turli amaliyotlar, sport va badiiy sohalardagi muvaffaqiyatlari 
aks etadi. Bunday portfolio talabaning ijodiy kitobi sifatida yuritiladi va talabaning 
turli sohalardagi ishlarining namunalari matn ko‘rinishida, elektron versiyalar, 
rasmlar, video yozuvlar shaklida ilova qilinadi. 
Afzalliklari: Bunday tipdagi portfolio talabaning o‘quv va ijodiy faolligi 
dinamikasi, uning qiziqish yo‘nalishi, kasbga tayyorgarlik xarakteri to‘g‘risida keng 
tasavvur beradi. 
Cheklanishlari, kamchiliklari: Portfolioning sifat jihatidan baholanishi yakuniy 
attestatsiya natijalarini to‘ldiradi, lekin talabaning umumiy ta’lim reytingida asosiy 
tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi. 
«Ishlar portfoliosi»ni to‘ldirishning namunaviy varianti 

Loyiha ishlari. Loyihaning mavzusi, qisqa mazmuni hamda ilova sifatida 
rasmlar, ishning bosma yoki elektron variantlardagi matnlari keltiriladi. 

Tadqiqot ishlari va referatlar. Referat mavzusi, hajmi (necha bet), 
illyustratsiyalar va b. 

Texnik ijod. Model, maket, asboblar. Aniq ishlar va ularning mazmuni 
(tuzilishi, ish prinsipi, texnik tavsifi) bayon etiladi. 

Ijodiy faollikning boshqa shaklllari. 

Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o‘qish shakli 
ko‘rsatiladi. 

Turli xil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o‘rganish, pedagogik, malakaviy 
va b. Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi. 

Qo‘shimcha ta’lim muassasalari va turli xil o‘quv kurslaridagi mashg‘ulotlar. 
Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o‘qish muddati va natijalari keltiriladi. 

Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o‘tkazilgan vaqti va 
talabaning natijasi qayd etiladi. 


285 

Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. Tadbir mavzusi, tadbirni o‘tkazgan 
tashkilot, o‘quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli. 

Sport bo‘yicha natijalari. Sport musabaqalaridagi ishtiroki, sport razryadining 
mavjudligi. 

Boshqa faoliyat turlari. 
3. Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo‘yicha o‘qituvchi, 
ota-onasi, kursdoshlari, qo‘shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning 
xulosalari, taqrizlari hamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo‘yicha o‘z 
tahlillaridan iborat bo‘ladi. 
Afzalliklari: Bu portfolio talabani o‘quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o‘z-o‘zini 
baholash mexanizmini yaratib beradi. 
Cheklanishlari, kamchiliklari: To‘plangan materiallarni bir shaklga keltirish va 
hisobga olishning murakkabligi. 
Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi: 

bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha taqrizlar; 

qo‘shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-
amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo‘yicha taqrizlar. 

talabaning o‘z faoliyati bo‘yicha xulosalari, baholari; 

keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o‘qishni qanday tashkil etish 
bo‘yicha talabaning o‘z xulosalari; 

amaliyotlar bo‘yicha tavsiya xatlar; 

boshqa sohalar bo‘yicha taqriz va xulosalar. 
Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o‘rgangan 
holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, 
ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin. 
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
4. «Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan 
iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va 
ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, 
lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv 
materiallari kiradi. 
5. «Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, 
axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini 
mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash 
jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha 
bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga 
oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak. 
6. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi 
ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba 
o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov 
yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi 
mumkin. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish