Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Tovar-moddiy zaxiralarini aktiv sifatida tan olish mezonlari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
Tovar-moddiy zaxiralarini aktiv sifatida tan olish mezonlari 
Kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy nafning kelib tushishiga 
ishonch mavjudligi 


230 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
29-rasm. TMZlarni aktiv sifatida tan olish mezonlari 
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yuqorida keltirilgan aktivning qiymati 
ishonchli baholanishi mumkinligi sharti
 
buxgalteriya hisobi amaliyotida odatda oson 
qoniqtiriladi, chunki aktivni xarid qilish operatsiyasi natijasida uning qiymati 
aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy zaxiralar boshqa shaxslardan sotib olinayotganda 
ularning qiymatini baholashning asosiy ishonchli ko‘rsatkichi tovar-moddiy 
zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan 
bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar korxonaga bepul kelib tushganda 
baholashning asosini tegishli o‘tkazish hujjatlarida ko‘rsatilgan tovar-moddiy 
zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor qiymati tashkil kiladi. 
Bunda, agar aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan mustaqil yaratilgan 
bo‘lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish bo‘yicha tashqi 
tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-moddiy zaxiralarni yaratish 
(ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida ishonchli baholash mumkin. 
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning uchinchi sharti, ularga bo‘lgan mulkiy 
huquqining korxonaga o‘tganligi shundan kelib chiqadiki, ma’lum muddatga 
(masalan, moliyaviy hisobotni tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ixtiyorida bo‘lgan barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan bo‘lishidan qati 
nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi 
subyektning tovar-moddiy zaxiralariga o‘tkazishning hal qiluvchi mezoni bo‘lib 
uning mazkur buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki 
bo‘lgan buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan 
tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari 
rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan 
tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy 
zaxiralariga kirmaydi. 
Sotib olingan va hali yo‘lda bo‘lgan tovarlar, agar ularga bo‘lgan mulkiy 
huquq xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan bo‘lsa, uning tovar-moddiy zaxirasi 
hisoblanadi. Mulkiy huquqning berilishi sanasi odatda tovarlarni sotib olish 
shartnomasida belgilanadi.
 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralariga ta’minotchi 
tomonidan yuklab jo‘natilgan, mulkiy huquq xaridorga o‘tmagan, ammo qabul qilish 
paytida xaridor tomonidan yaroqsiz deb topilgan va kaytarilishi lozim bo‘lgan 
tovarlar kiritilmaydi. 
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega 


231 
hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash quyidagi 
ikki bahoning eng pasti bo‘yisa – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx 
bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha 
(sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Materiallari sotib olish bila bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan 
xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: 
-
materiallarning shartnoma qiymati; 
-
boj to‘lovlari va yig‘imlari; 
-
materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga 
to‘lanadigan kossiion haqlar; 
-
materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan 
o‘tkizish xarajatlari; 
-
transport-tayyorlov xarajatlari; 
-
transportirovka qilish tavakklchiliklarini sug‘urtalish xarajatlari. 
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi 
boshlang‘ich hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Xarid qilingan materiallarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv 
ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni 
chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha 
komissiya va boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha 
kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar 
hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar 
materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida 
xarajatlar sifatida tan olinadi.
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit 
(qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar uning hisobidan 
butkul yoki qisman sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha 
hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi: 
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul 
bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish). 
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarga 
ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va 
guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga 
muvofiq;
b)yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov 
xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga 
olib borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr 
xarajatlariga kiritish.
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va 


232 
tovar-moddiy zaxiraning chakana savdo usuli.
43
Ishlab chiqarish zaxiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning 
quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirishladi: 
1.
Donalab baholash.
2.
FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga). 
3.
O‘rtacha qiymat usuli (AVECO). 
Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida 
belgilanishi lozim. 
Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan mteriallar 
(qaimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi. Bunday materiallarning 
birligi odatda yagona namunada bo‘ladi.
Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida va 
boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan 
taxmindan kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul qo‘llanganda 
oyning oxiriga zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra oxirgi sotib 
olingan materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi, sotilgan tovarlar, 
mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval sotib olinganlarning 
tannarxi hisobga olinadi. 
O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning 
qiymati davr boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda davr 
mobaynida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning qiymatidan 
aniqlanadi. Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy hisob) yoki har 
bir qo‘shimcha yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) hisoblanishi mumkin.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish