ikki kun davomida
to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda bir kunda ikki
soatdan) va
yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim (O‘zR Mehnat
kodeksining 125-moddasi). Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat
bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan
tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt
tungi vaqt deb hisoblanadi
(O‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar xodim uchun belgilangan kundalik
ish(smena) muddatining
kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti
muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Tungi vaqtdagi ishning
har bir soati uchun kamida
bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi, ya’ni tungi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori
soat stavkasining 50%dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Xodimlarga
o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy
ta’til beriladi. Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar
bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va
Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb
hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik
ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy
ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi.
Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq quyidagilarga
uzaytirilgan asosiy ta’til berilishi shart:
– o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
– ishlayotgan 1 va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun.
Ta’tillarga haq to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitobi belgilangan
tarifikatsiya yoki hisob-kitob kunidagi lavozim maoshidan kelib chiqib hisob-kitob
davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan ortiq
summaning bir qismini bir yil ishlaganlar uchun 1/12ga (to‘liq olti oy ishlaganlar
uchun 1/6ga, to‘liq etti oy ishlaganlar uchun 1/7ga va h. k.) oshirib amalga oshiriladi.
Tarif bo‘yicha haqdan ortiq summalarga ishbay ishlab topilgan pul, mukofotlar,
qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblab
yoziladigan boshqa to‘lovlar kiradi.
Ta’tillarga haq to‘lash uchun summalarni hisoblayotganda yoki olti kunlik ish
haftasi hisobida foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lashda o‘rtacha oylik
muddat