Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish tartibi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
11.4. Banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish tartibi
Xo‘jalik subyektlarida mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va 
ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z 
vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 16 
martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida 
ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan banklarda 


172 
schyot ochiladi. 
Banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlari ochish mumkin: 
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari; 
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; 
c) muddatli depozit hisobvaraqlari; 
d) ssuda hisobvaraqlari; 
e) boshqa depozit hisobvaraqlari. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi 
marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning 
asosiy hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini 
ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib 
olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i 
shartnomasi tuziladi. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib 
tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish, mijozning 
hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish 
shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari 
uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag‘iga kelib 
tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik 
haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka 
tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab 
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar 
taqdim qilinadi: 
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi 
tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi 
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 
nusxasi; 
c) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
e) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar 
tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va 
ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
f) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega 
shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). 
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan 
nusxa olinadi.
Mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini 
amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi. 


173 
Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi 
hollarda bekor qilinishi mumkin: 
1) mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank 
qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar 
bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab bir 
oyda tiklanmasa; 
2) bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan 
bo‘lsa.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish