Toshkent moliya instituti “бухгаалтерия ҳисоби, ИҚтисодий таҳлил ва аудит” кафедраси


Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni rivojlantirish istiqbollari



Download 190,78 Kb.
bet18/25
Sana31.03.2022
Hajmi190,78 Kb.
#519934
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
KORXONANING RENTABILLIK

Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy
tahlilni rivojlantirish istiqbollari.
Hozirgi davrda Iqtisodiy tahlil kichik tizimi
axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida to‘la ma’noda
rivojlanayotgani yo‘q.
Yuqorida bayon etilgan axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv
tizimida mazkur tizimning o‘rni, roli va mazmuni asosan nazariy bilimlar hamda
shu bilan birgalikda amaliy tajribalarga asoslanib yoziladi. Iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining iqtisodiy
tahlil funksiyalari hamda uni keng yoyish – uning yaqin kelajakdagi rivojlanish
yo‘nalishi hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilish tizimini sifat jihatdan tinimsiz takomillashtirib borish ham ustuvor
ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, bu bilan uning tobora samarali ishlashi
ta’minlanadi.
Agar axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining rivojlanishi
ikkinchi yo‘nalishdan borsa, u holda boshqaruvchi tizim (KIT) o‘z mohiyatini
saqlab qolgan holda o‘zgaradi.
Ayni davrda axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining
tarkibida texnologik jarayonlarning axborot texnologiyalarga asoslangan
boshqaruv tizimi (TJITABT) shaklining qo‘llanilishi ko‘proq samara bermoqda.
Biroq bu xo‘jalik faoliyatini boshqarishning axborot texnologiyalarga
asoslanishining bir tomoni bo‘lib, unda yangitdan yaratilayotgan iste’mol
qiymatini tabiiy buyumlashgan jihati ifodalanadi. Lekin, mazkur jarayon aniq
mahsulot qiymatini shakllanishi bilan chambarchas bog‘lanlangan va barcha sarflar
xarajat ko‘rinishida hisobga olinadi. Shuning uchun axborot texnologiyalarga
asoslangan boshqaruv tizimini takomillashtirishning navbatdagi bosqichi
TJITABTni xo‘jalik jarayonining iqtisodiy tarkibiy qismi, deb qaralib, butun
boshqaruv obyektining muhim elementi tarzida faoliyati ta’minlanadi.
Boshqaruvning samaradorligiga ko‘p jihatdan ijtimoiy masalalar ham jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur obyektni ham axborot texnologiyalarga
asoslangan boshqaruv tizimiga kiritish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan korxonani
ijtimoiy-iqtisodiy masalalari o‘rganib boriladi.
TJITABT bilan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish kichik tizimlarining
birlashtirilishi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini
rejalashtirish, hisob, tahlil, tartibga solish va ularning boshqaruv funksiyalari bilan
birgalikda rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv
tizimidagi Iqtisodiy tahlil tizimida «Moliyaviy tahlil» qismini ham alohida obyekt
sifatida tashkil etish shart. Chunki moliyaviy tahlil ma’lumotlari istalgan paytda
foydalanuvchiga yetkazilishi yoki o‘rganilishi zarur bo‘lib qoladi. Bu bir tomondan
tezkorlikni ta’minlasa, ikkinchi tomondan tahlil ishlarini osonlashtiradi.
Axborot texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada
rivojlantirish ishlarida mutaxassislar roli ham juda katta. Shuning uchun
korxonalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil qila oladigan, uni
samarali ishlashini ta’minlaydigan, ilg‘or yangiliklarni joriy etadigan
mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini ham har doim bajarilishi lozim.
Metod – grekcha «methodos» so‘zidan olinib nazariya, ta’limot va
amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘lidir. Keng ma’noda metod tabiat va
jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o‘zaro
bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuningdek, haqiqatni bilishning vositalari,
uslublari va yo‘llari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning metodi – korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa
faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik
yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish
maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi
sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisobkitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir.
Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri
korxonalar faoliyatida iqtisodiy-matematik usullardan hamda bu boradagi ilg‘or
axborot texnologiyalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishdir. Ushbu
tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga tatbiq etilishi iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini
oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa
muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Natijada korxona iqtisodiy
faoliyatidagi juda ko‘plab omillar topiladi hamda o‘rganiladi, iqtisodiy
resurslardan foydalanishning eng maqbul yo‘llari tanlanadi, qabul qilinadigan
boshqaruv qarorlari ilmiy jihatdan asoslanadi hamda faoliyat samaradorligini
oshiruvchi zaxiralar aniqlanib, ular maqsadga muvofiq yo‘naltiriladi.
Matematik usullar iqtisodiy tahlil vazifalarining ilmiy tasnifi hamda
iqtisodiy-matematik modellashtirish metodologiyasiga asoslangan holda
qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil qilishda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida
qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari
quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga
asoslangan tizimga moslashtirish, iqtisodiy-matematik modellarni ishlab chiqish,
korxonaning axborot manbalarini takomillashtirish, korxonani zamonaviy
kompyuter vositalari bilan ta’minlash, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Iqtisodiy tahlil maqsadiga ko‘ra matematik usullar turli xil bo‘ladi. Misol uchun,
integral, logarifm, korrelyatsiya, regressiya, matematik dasturlash, nazariy o‘yin va
shu kabilar.


Download 190,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish