o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aktsiyadorlari
bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan dividentlar sifatida qaytadi.
sohada davlat olgan daromadini transfert to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish,
byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi
bu yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy
valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki
bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish
«b» va «d» sohalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo’lib, bu
tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:
mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi,
davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida
mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k.
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab chiqaruvchilarini
chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda,
mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug’diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda
ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining
himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha
(tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni tarifli himoyalanishining
haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan, O’zbekistonda yangi mashinalar
uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur
bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida
o’rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil
uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo’shilgan qiymat esa 3000 dollarni
tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 4000
dollarga o’sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli
tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi.
Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa
2250 dollarga (4000 - 1750 q 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so’ng mahsulot
birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 Q 2250 q 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: