1995 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, 1996 yil 25 aprelda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimining qonunchilik bazasini shakllantirish yo‘lidagi jiddiy qadam bo‘ldi. Pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, inflyasiya darajasini keskin pasaytirishga muvaffaq bo‘lindi. 1994 yilda inflyasiyaning yillik darajasi 1132 foiz bo‘lgan bo‘lsa (haqiqiy giperinflyasiya), 1997 yilda ushbu ko‘rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |