Ta’lim yo’nalishlari:
|
5230200 – Menejment (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)
5231500- Baholash ishi
|
Toshkent – 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil “___” _____dagi ___ -sonli buyrug’i (buyruqning ___ -ilovasi) bilan tasdiqlangan “Pul va banklar” Fan dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining
2019 yil “___”__________ dagi “____” - son bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
|
|
|
Qulliyev I.Y
|
−
|
AT Xalqbanki departament direktori o’rinbosari, i.f.n.(kadrlar buyurtmachisi)
|
G’aniyeva.U.A
|
−
|
TMI,“Bank hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi (tayanch OTMdan.)
|
Axmedova.D.E
|
−
|
TMI,“Bank hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi(tayanch OTMdan.)
|
Taqrizchilar:
|
|
|
Salomov.I.T
|
−
|
Turonbank ATB hodimlar bilan ishlash departamenti direktori i.f.n. (kadrlar buyurtmachisi)
|
Toymuxammedov.I
|
−
|
TDIU, “Bank ishi” kafedrasi dotsenti (turdosh OTMdan);
|
Fanning ishchi o’quv dasturi kafedraning 2019 “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, “Bank ishi” fakultet Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Bank hisobi va auditi” kafedrasi mudiri
2019 yil “___”_____ _______________ i.f.n., dots. Z.Umarov
Fanning ishchi o’quv dasturi “Bank ishi” fakulteti Kengashining 2019 yil “____” _____________ dagi ___- sonli majlisida muhokama etilib, O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Bank ishi” fakultet dekani i.f.n., dots. R.Saidov
Fanning ishchi o’quv dasturi institut O’quv-uslibiy Kengashining 2019 yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash kotibi:
2019 yil “___”_____ _______________ i.f.n., dots. T.M.Baymuratov
Kirish
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni rivojlantirish banklarning moliyaviy barqarorligi oshishi hamda ular tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash negizida taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini oshiradi.
Pul va banklar uzoq muddatli tadrijiy rivojlanishi davomida zamonaviy tsivilizatsiyaning muhim ajralmas qismiga aylandi.
Shu bois, ushbu fan pul va bank kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, pul aylanmasiing talqini, pul muomalasi va pul tizimining mazmuni va tashkil qilish asoslari, inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari, kredit kategoriyasi va uning zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, kredit munosabatlari yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastlabki operatsiyalari, Markaziy bankning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyati asoslari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya institutlari faoliyatiga doir g’oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, konseptsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo’sinlar va boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan.
“Pul va banklar” fani “iqtisod” ta’lim sohasi yo’nalishlari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fani sanaladi. Mazkur fanni o’rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to’lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyatiga daxldor qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o’rganishning shakllari va usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativlar asosida hisob-kitobni amalga oshirish, baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank faoliyatida ish yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo’yiladi. Bu fan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblangan bank tizimiga, shuningdek moliya-iqtisod sohalariga raqobatbardosh kadrlar etkazib berishda muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |