2.3-rasm. Strategik rejalashtirish funktsiyalari
1. Rasurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa rasurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki rasurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham mustahkamlanadi. Shu bois biznesning turli sohalari o’rtasida rasurslarni samarali taqsimlash, ulardan ratsional foydalanish yo’llarini axtarish strategik rejalashtirishning muhim funktsiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |