Nazorat vazifalari. Nazorat vazifalari quyidagilardan iborat -loyiha bajarishning holati xaqida zarur ma’lumotlarni olib, ularni rejadagi ko’rsatgichlar bilan taqqoslash va rejadan chetga chiqishni belgilash natijasida bitim tuzish xaqida signal deb nomlangan ishlanma tayyorlanadi. Nazorat ushbularni ta’minlashi zarur:
- monitoringni (loyiha amalga oshirilishinipg barcha jarayonlarni muntazam va rejali ko’zatish);
- taqvimiy rejalarda, byudjetlarda, mehnat ashyoviy, moliyaviy me’yoriy harajatlarga hisobiy ehtiyojlarda jamlangan qator kriteriy va cheklovlar yordamida loyiha amalga oshirilish maqsadlaridan chetlashishlarni aniqlashni;
- yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bashoratini;
- loyihaga o’zgartirish kiritish bo’yicha qarorni zaruratini asoslashni.
Loyihaning ro’yobga chiqishi borasida raxbarlar uning ishga tushirilishini doimo nazorat qilishadi. Ular loyiha bo’yicha qilingan ishlar va uning rejaga mos kelishini ko’rib chiqib, ular orasida jiddiy tafovut yo’qligini aniqlashadi. Loyiha boshqaruvida bu tafovutlar chetga chiqish deb ataladi. Afsuski, chetga chiqish ko’pchilik hollarda ro’y beradi. Bizlar hozircha bashorat san’atini mukammal egallamaganmizki, kelajakda nima yuz berishini aniq tasavvur qila olmaymiz, kelajak bizning tasavvurimizda mavxum tutun xolida ekan, bizning loyiha rejalarimiz nomukammal bo’lib qolaveradi. Shuning uchun loyihani nazorat qilaturib, o’zimizga ushbu savolni bermaymiz; «Loyihadan chetga chiqish mavjudmi?» Bizning savolimiz ko’pincha quyidagicha ohang beradi; «Chetga chiqishlar shu darajada ozmiki, ularni e’tiborga olmasak?».
Chetga chiqish darajasi chetga chiqishning maqbul darajalari loyiha boshlanishidan aniqlanishi zarur. Masalan, tipovoy qurilish loyihasida maqbul chetga chiqish darajasi oz, chunki quruvchi katta ish tajribasiga ega bo’lib, qanday qilinganda ishni muddatida va sifatli bajarish mumkinligini biladi. Bundan tashqari uylar ma’lum bir narxga quriladi (ya’ni quruvchilar o’z xizmatini ma’lum bir bahoga oldindan sotishga rozilik berishadi). Agar chetga chiqish harajatlar bo’yicha juda ko’payib ketsa, jiddiy serharajatlarga olib kelib, quruvchilar zarar ko’rishadi. Shunday qilib, quruvchilar loyihadan chetga chiqishni past darajada to’tishga qiziqishadi.
Tadqiqot loyihasida maqbul chetga chiqishlar ancha ko’p, masalan, 20 % chamasini tashkil etishi mumkin. Tadqiqotlar o’zida ma’lum ulush noaniqlikka ega bo’lgani tufayli, izlanishlar rejasi so’zsiz taxminiy bo’ladi. Bizlar o’z tadqiqotlarimiz natijasi to’g’risida eng taxminiy tasavvurga ega bo’lgan xolda, ish yakuni dastlabki takliflarimizdan katta chetga chiqishlar bo’lishiga ko’nikishimiz zarur.
Nazorat jarayoni asosida loyihaning surilishi xaqida ma’lumot to’plash va ko’rib chiqish yotadi. Bunday axborot mavjud bo’lgan xolda loyiha raxbarlarida navbatdagi xarakatlar va quriladigan choralarni tanlash imkoniyati bo’ladi. Masalan, grafikdagi rejadan orqada qolish maqbul chegaradan oshib ketsa, ular ma’lum sonli juda zarur topshiriqlarni bajarilishini tezlashtirishga qaror qilib, zarur qo’shimcha hajmdagi mablag’ ajratishi mumkin. Agar ma’lum gurux topshiriqlarda ularning xodimlari rejadagidan 40 % kam mablag’ sarflashganini aniqlashsa, raxbarlar so’zsiz bu chetga chiqishni taftish qilinishiga qaror qilishadi, zero mablag’ tejalishi ko’pincha ma’lum ishlar umuman bajarilayotganidan yoki ishda «burchaklar kesilayotgan» idan dalolat beradi.
Nazoratni boshqaruv faoliyati sifatida xisob va statistik nazorat bilan aralashtirish to’g’ri emas, shu bilan birga xisobot va statistika organlari amaliyot uchun muhim masalalarni xal qiladi.
Hisob kuzatish, o’lchash, qayd etish, saqlash, ma’lumotlarga ishlov berish bilan cheklanadi. Hisoblash vazifasiga u yoki bu kriteriylar bo’yicha chetga chiqishga baho berish kirmaydi.
Nazoratning mavzusi dalillar va voqealar, muayyan qarorlarning bajarilishini tekshirish, chetga chiqish sabablarini oydinlashtirish, axvolni baholash, oqibatlarni bashorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |