Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Qurilish ishlarida tender o’tkazishdan maqsad



Download 0,85 Mb.
bet94/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

Qurilish ishlarida tender o’tkazishdan maqsad belgilangan muddat va qiymat doirasida qurilish, montaj, remont ishlarini sifatli amalga oshiruvchi qurilish tashkilotini konkurs asosida tanlab olishdan iborat.

“O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to’g’risida”gi Nizomda muvofiq tender savdolarini o’tkazish tartibini ko’rib chiqamiz:

Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.

Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:



  • talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishdi;

  • rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o’tkazish shakli, turi va sanasini belgilaydi;

  • mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang’ich qiymatini belgilashi mumkin.

Tanlov savdolari quyidagilarga bo’linadi:

  1. Ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi;

  2. Yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi.

  3. Ikki bosqichli tanlov savdolari:

Ochiq tender o’tkazilganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha sub’ektlar qatnashishi mumkin, ochiq tenderlar o’tkazilishidan 1 oy oldin e’lon qilinadi, e’lonlar chop etiladigan davriy nashrlar ro’yxati Davarxqurilish qo’mitasi bilan kelishib olinadi. Odatda e’lonlar “Xalq so’zi”, “Narodnoe slovo”, gazetalarida chop etiladi.

Yopiq tanlov savdolari o’tkazish to’g’risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi va yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi (yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (etkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin bo’lgan hollarda tashkil etiladi.

Yopiq tanlov savdolarini o’tkazishda tanlov savdolari tashkilotchisi pudratchilar (etkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan etarlicha malaka ma’lumotlariga ega bo’lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.

Agar pudratchilar (etkazib beruvchilar)ning umumiy soni ikkitadan ortiq bo’lmasa, u holda taklifnoma ularning har ikkalasiga yuboriladi va tanlov savdolari ularning ishtirokida o’tkaziladi.

Yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet qatnashchini taklif qilishi shart.

Yopiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda e’lon berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar o’rtasida o’tkaziladi.

Ikki bosqichli tanlov savdolari buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o’ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lmaganda va buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar o’tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo’lgan hollarda o’tkaziladi.

Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o’tkaziladi:



  • birinchi bosqichda kontseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo’lgan, tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi ko’rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari bo’yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo’l qo’yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yo’l qo’yiladigan ofertalar tanlab olinadi;

  • ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko’rsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o’tgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.

Ikki bosqichli tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish qonun hujjatlariga muvofiq "Davarxitektqurilish" qo’mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish