Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Investitsion loyiha varinatlarini ishlab chiqish



Download 0,85 Mb.
bet46/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

3. Investitsion loyiha varinatlarini ishlab chiqish.
Odatda, barcha investitsiya loyihalari ham bir xil ko’rsatkichlarga ega bo’lavermaydi. Ayrim ko’rsatkichlar bir loyihada yuqori ijobiy bo’lsa, boshqa loyihada esa aksincha bo’lishi mumkin va yana bir ayrim ko’rsatkichlari esa bir loyihada boshqa loyihadagiga nisbatan pastroq miqdorga ega bo’lishi mumkin. Bir sohaga xos bo’lgan loyihalarning bunday (o’zaro ziddiyatli) ma’lumotlarga ega bo’lishi, ular o’rtasidagi raqobatni vujudga keltiradi. Investitsiya qarorlarini qabul qilish, ayniqsa, raqobatli investitsiyalar sharoitida birmuncha qiyin vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

Investitsiya loyihalari o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi:

1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi va yuqori foyda keltirishi.

2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi.

Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o’zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda, eng avvalo:

- ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;

- vaqt omiliga;

- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga;

- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda);

- moliyaviy ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz stavkalari darejalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim.

Investitsiyalarning muqobil variantlarini ishlab chiqish ularning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Muqobil loyihalar ichida afzali deb topilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish investor xarajatlarini samarali tashkil etish, investitsiya xarajatlarining tezroq qoplanishi va yuqori foyda olish imkonini ta’minlaydi. Investitsiya loyihasining hayotiylik davri ancha uzoq bo’lgan davrda investitsiya xarajatlarining qisqa vaqt ichida to’liq qoplanishi qolgan davr mobaynida loyihadan katta foyda olishga imkon beradi va investitsiyalarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.

Amaliyotda shunday holatlar ham yuz beradiki, bunday paytlarda investitsiyalashning qaysi variantlarini qabul qilish masalasi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Masalan, transport kompaniyasi foydalanilgan, lekin yana 3-4 yil xizmat qilishi mumkin bo’lgan yuk tashish mashinasini yoki xizmat muddati 8-10 yil bo’lgan yangi yuk tashish mashinasini sotib olishi mumkin. Bunday paytda kompaniya investitsiyalashning qaysi varianti afzal ekanligini aniqlash uchun ularni qanday taqqoslash lozimligi muhim vazifa hisoblanadi.

Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur.

Odatda, ob’ektni ishga tushirishning birinchi bosqichining o’zidayoq to’liq loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi noreal hisoblanadi. Sababi, turli xil texnologik, ishlab chiqarish va tijorat qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyova ishchi kuchi ta’minotidagi nomuvofiqliklar va shu kabilar) loyihalar ishlab chiqilgan rejalariga mos kelmay qolishligi mumkin. Ayniqsa, bunday holat loyiha quvvatining birinchi yilining o’zidayoq to’liq o’zlashtirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida kuzatilishi mumkin. Chunki, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish ishlarida ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan loyiha rejasini ishlab chiqishda uni loyihaning to’liq quvvatiga erishishini investitsiya ob’ektini ishga tushirgan vaqtning uchinchi-to’rtinchi yillariga kelib, yirik va murakkab loyihalarda esa 4-7 yillar ichida o’zlashtirishga moslashtirishga harakat qilinadi. Odatda, bunday rejalashtirish soha, loyiha xususiyatlaridan, ishlab chiqarishning turlaridan, bozor holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi va mahsulotning uzluksiz va maksimum imkoniyatlar bilan sotilishiga qaratilgan bo’ladi. Loyihalardagi bu va boshqa jihatlar ular ichidan eng samaralisini tanlashda ziddiyatli holatlarni keltirib chiqarishi sababli to’g’ri qaror qabul qilish muammosi har doim dolzarb masala hisoblanadi.

Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar bir vaqtning o’zida bir necha xil loyihalarni moliyalashtirish imkoniga ega bo’ladilar. Bunday paytda ushbu kompaniya bir qancha investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va tanlashga qabul qiladi. Bunda kompaniya ularning eng samaralilarini tanlab oladilar. Tanlab olingan investitsiya loyihalarining qiymati esa o’zining kapital byudjetiga (moliyalashtirish imkoniyatiga) mos qilib olinadi va ularni amalga oshirishdan ko’radigan foydani hisoblaydi.

Loyixa maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning operativ vazifalarini aks ettiradi. Masalan, transport soxasi bo’yicha loyixa maqsadi transport qatnovi samaradorligini ta’minlash, sanoat loyixasining maqsadi esa ma’lum turdagi maxsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’lishi mumkin.

Muqobil variantlarni ko’rib chiqish loyixani tayyorlash va uni ishlab chiqishning muxim qismi xisoblanadi. Texnik, muqobil variantlar (ya’ni yoqilg’i uchun yo ko’mir yoki gazni qo’llash, temir yo’lni uzaytirish yoki yangi avtomobil shossesini qurish)ni bir-biri bilan taqqoslash va eng maqbulini tanlab olish kerak. Agar xamma variantlar miqdor va sifat jixatdan bir xil natija bersa, xam investitsiya, xam ekspluatatsiya xarajatlarini xisobga olganda eng kam xarajat talab etiladigan loyixa tanlanadi.

Loyixa bilan va loyixasiz vaziyatlarni solishtirish loyixani amalga oshirish natijasida olinadigan qo’shimcha va o’sgan daromadlarni xisoblashning asosiy uslubidir. Loyixasiz vaziyatlarni istiqbolga baxolashda xarajatlarning taxmin qilinayotgan o’suvi yoki daromadlarning pasayishiga nisbatan reaktsiyani xisobga olish kerak. Bu loyixani amalga oshirish yuzaga keltiradigan o’zgarishlarni to’liq aks ettirish imkonini beradi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish