Mahsulotlarni sertifikatsiyalash
Chet el sertifikat protsedurasi maqsadi ishlab chiqarish va tayyorlash korxonalariga mahsulotiga muvofiq ma’lum bir turdagi monogrammali foydalanish uchun beriladi.
Sertifikatlashtirish tartibini Amerika neft instituti misolida ko’rib chiqamiz.(API)
API kleymasida foydalanishga ruxsat etiladigan litsenziyaga ega bo’lish uchun quyidagi talablar bajarilishi shart:
Ishlab chiqaruvchi litsenziya bo’lmaganda API boshlang’ich ma’lumotini so’raydi texnik talablarni qamrovchi litsenziyani olish va API monogrammadan foydalanish uchun.
API litsenziyani olishda zaruriy talablarni etkazib beradi;
Ishlab chiqaruvchi API ga rasmiylashtirilgan hujjat paketini jo’natadi va zaruriy to’lovni amalga oshiradi.
API hamkorlari ishlab chiqaruvchi rahbariyat jo’natgan sifat dasturi xaqidagi ma’lumotni o’rganadilar va qabul qiladilar yoki rad etadilar.
API inspektsiyaga xayat tayinlaydi. Har bir xayat a’zolari API tomonidan oldindan attestatsiya qilingan bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchi shaxsan API inspektsiya haftasi va xayat a’zolarining rahbarlarining familiyalari bilan xabarlantiriladi.
API xay’at a’zolari rahbarlariga sifat dasturi bo’yicha tasdiqlangan boshqarilmani topshiradi. Keyinchalik xay’at a’zolarini rahbari korxona inspektsiyasining rejasini tuzadi.
API xay’at a’zolari korxona xodimlari bilan grafik bo’yicha kelishilgan yoki API xatida belgilan bo’yicha muloqat o’tkazadilar.
Ishlab chiqaruvchi korxona inspektsiyasining maqsadi: sifat dasturi ishlayotganligini, shuningdek API tasdiqlagan sifat dasturiga muvofiqliligini oldindan API tekshirishga berganlikni aniqlash hisoblanadi.
Tekshirish tugagandan so’ng xay’at ishlab chiqaruvchi xodimlar bilan o’zining oxirgi uchrashuvini o’tkazadi va ularga sifat tekshirishning hisobot nusxasini beradi.
Xay’at a’zolari API ga ijobiy ko’rsatkichlar ishlari o’tkazilganligi haqida xabar beradi.
API boshqarma sifat tekshiruv hisobotida ko’rsatilgan ijobiy ko’rsatkichlarga baho beradi.
Agarda API ga ishlab chiqaruvchi sifati qoniqtirsa imzo chekadi va u monogrammadan foydalanishga 3 yilgacha litsenziya tasdiqlanadi. Litsenziyada API korxonasiga tegishli sertifikat raqami ko’rsatiladi. Bu raqam monogramma yoniga tasdiqlangan buyumlarga bosiladi.
API tomonidan tekshiruv ogohlantirilmagan holda har yili o’tkaziladi, litsenziyaning kelishuvga asosan ikkinchi va uchinchi yilida o’tkaziladi.
API qo’shimcha inspektsiya o’tqazishi mumkin, agarda unga oldindan litsenziya bo’yicha sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarayotganligidan xabar berilsa;
3 yillik muddat tugagach litsenziya uz kuchini yo’qotadi.
Sertifikatlashtirishning asosi bo’lib aholini xavfsizligi va atrof muxitning saqlanishlari qadimiy yoki chet el standartlari hisoblanadi.
Tizimdagi qabul qilingan eng asosiy sxemalar Sertifikatlashtirishda quyidagilar hisoblanadi:
A) maxsulot turi buyicha turli sinash o’tkazish va kelgusida uni Sertifikatlashtirishgan sifatini nazorati;
B) oldindan ogohlantirilib tekshirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yuqori sifatliligini va Sertifikatlashtirishgan mahsulotni sifatliligini ta’minlashdan iboratdir.
Sertifikatlashtirishni o’tkazish va tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi:
- normativ texnik hujjatlarni Sertifikatlashtiriladigan mahsulotga muvofiq tanlash;
- berilgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi bo’yicha hujjatni o’rnatilishi, shuningdek uni o’tkazish sxemasi tuziladi;
- Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni oldindan ogohlantirilgan holda ishlab chiqarishni tekshirish;
- Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotni tekshirish yoki sinash;
- chet el va xalqaro organlarida mahsulot sertifikatlashtirish kelishuvini tuzish;
- Sertifikatlashtirilgan mahsulot sifatini va ishlab chiqarish holatini kuchaytirish;
- sertifikatlashtirish natijasi xaqida ma’lumot;
Bu barcha ishlarni o’tkazilishi RFning boshqarilayotgan hujjatlariga muvofiq o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |