Yakuniy bosqich
Auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbari (raisiga)ga topshirish.
Тekshiruv chog’ida auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisobga oladigan schyot bo’yicha qoldiqni Bosh daftar ma’lumotlari bilan solishtirish;
foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bo’yicha qarzlar qoldiqlari bo’yicha hisob-kitobini tayyorlash va qoldiqlarni chiqarish;
mijoz-korxona tomonidan qilingan foyda solig’i hisob-kitobini va foyda solig’ining haqiqiy va hisob-kitob summalari o’rtasidagi barcha katta farqlarni tahlil qilish;
foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisob-kitob qilishga ta’sir ko’rsatgan omillarni mijoz bilan muhokama qilish. Haqiqiy va hisob-kitob qilingan summalar o’rtasidagi farqlar izohlanishi va hujjatlarda aks ettirilishi lozim;
summalarni jamlashning to’g’riligini tekshirish va qayta hisoblash;
foyda solig’i bo’yicha bo’naklarni va yakuniy soliq summasini solishtirish.
Hisobot davri uchun hisob-kitoblarda tayyorlangan choraklik bo’nak to’lovlarini tahlil qilish choraklik to’lovlarni bank ko’chirmasi bo’yicha solishtirish, soliqlarni dastlabki hisob-kitob qilish hujjatlari va keyinchalik jarimalar va penyalar to’lashdan qutulish uchun bo’naklarning o’z vaqtida to’lanishini tahlil qilishga asoslanishi lozim.
Muomalalar natijalari asosida foyda solig’ining haqiqiy qarzini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
foyda va zararlar schyoti bo’yicha soliqqa tortilgungacha foydani tekshirish;
foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bo’yicha qarzlarni yakuniy soliq hisoboti ma’lumotlari bilan solishtirish;
bir yillik foyda solig’ining to’g’riligini, soliq stavkasini qo’llash va imtiyozlardan foydalanishning to’g’riligini, soliqlarni to’lash muddatlarining muvofiqligini ko’rsatgan holda qayta hisoblash va tekshirish.
Auditor foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchi sub’ektning maqomini, uning asosiy va qo’shimcha faoliyat turlarini, ichki va alohida ajralib chiqqan bo’linmalari hamda hamkorlarini aniqlashi zarur. Foyda solig’i korxonalarda turli stavkalar bilan hisoblanishini, uni to’lash yil davomida joriy to’lovlar tartibida amalga oshirilib, chorak, yarim yil, to’kkiz oy va yil oxirida haqiqiy olingan foydaga nisbatan qayta hisoblanishini, to’lovchilarga esa har xil imtiyozlar berilishini nazarda to’tib, auditor soliqqa tortish bazasini tekshirishda, avvalo yalpi foydani so’ngra uning bevosita soliqqa tortiladigan qismini hisobga olishning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi lozim. SHundan so’ng, auditor birinchi navbatda, foyda haqidagi balans ma’lumotlarini 9900 «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyoti bo’yicha bosh daftarda, jurnal orderlarda, mashinagrammalardagi va «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» (2 shakl) bo’yicha bir-biriga taqqoslab, ularning o’zaro mos kelishini aniqlashi kerak.
Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi paytda balans foydasi yil davomida aks ettiriladi: passivda olingan foyda, aktivda esa uning ishlatilishi. Yil yakunida aniqlangan foydaning ishlatilgan summasiga 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan to’lanadigan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarini kreditlab 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotini debetlab to’g’rilanadi (korrektirovka qilinadi). Foydaning taqsimlanmay qolgan qismi esa 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti debetiga va 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotining kreditiga yozilib, hisobdan o’chiriladi.
Haqiqiy foydani tahlil qilishda 9010-«Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Тovarlarni sotishdan olingan daromad», 9030-«Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130-«Bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxi», 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotlarining krediti va debetida aks ettirilgan barcha yozuvlarning ishonchliligi haqida isbotga ega bo’lish zarur. Soliq kodeksiga muvofiq soliqqa tortiladigan foydaumumiy daromad bilan belgilangan chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Auditor umumiy daromad va undan chegiriladigan chegirmalar tarkibiga kiruvchi har bir modda bo’yicha ma’lumotlarni sinchiklab tekshirish kerak.
Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bo’yicha soliqdan to’liq ozod qilish, vaqtincha ozod qilish va soliqqa tortiladigan daromadni (foydani) kamaytirish yo’li bilan beriladigan imtiyozlar ko’zda tutilgan. Auditor imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligi tekshirishi lozim.
Bu imtiyozlar asosan nogironlar va nafaqaxo’rlar mehnatidan foydalanish; tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga kapital sarflar qilish, sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha muassasalar, madaniyat va sport ob’ektlari, uy- joy fondini saqlash xarajatlari bilan; korxonani rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta qurollashtirishni investitsiyalash (mablag’ bilan ta’minlash), ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik ishlarini o’tkazish; kichik biznesni rivojlantirish va boshqalar bilan bog’liq. Lekin barcha imtiyozlar ularning berilishi hamda umumiy summasi bo’yicha ma’lum darajada chegaralangan. Auditor korxona tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishning barcha hollari bo’yicha tuzilgan maxsus hisob - kitobning amaldagi qonunchilikka mos kelishini diqqat bilan tekshirishi lozim.
Bundan tashqari taxmin qilinayotgan foyda va soliqlarning joriy to’lovlari haqidagi ma’lumotnoma ham tekshirilishi kerak. Soliq to’lovchi soliq summasini mustaqil aniqlashda, o’zi soliq bo’yicha beriladigan imtiyozlarni hisobga oladi va soliqlarning o’z vaqtida hamda har xil darajadagi byudjetlarga to’lanishi uchun javobgardir.
Auditor korxona shtatidagi xodimlardan, shuningdek pudrat shartnomasi va mehnat bitimi bo’yicha ishga jalb qilingan shaxslardan daromad solig’i olishning to’g’riligini tanlov usuli bilan tekshirishi kerak. Auditning maqsadi O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi talablariga rioya qilinayotganligini tekshirish va yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklarni tugatish bo’yicha tavsiyalar berishdan iborat. Yillik umumiy daromad bilan chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadini tashkil qiladi. Ko’pchilik hollarda jami daromadni hisoblash va imtiyozlarni qo’llashda xatolarga yo’l qo’yiladi. Ko’pgina hollarda xizmat safari xarajatlarini qoplash normalaridan oshgan summalar va natural shaklda olingan daromadlar soliqqa tortiladigan daromadga kiritilmay qoladi. Natural shaklda olingan daromadlar yillik jami daromad tarkibida davlat bahosi bo’yicha hisobga olinishi lozim, ular bo’lmaganda esa daromad olingan kundagi bozor bahosi bo’yicha hisobga olinishi kerak.
b. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini auditi. Auditor korxona shtatidagi xodimlardan, shuningdek pudrat shartnomasi va mehnat bitimi bo’yicha ishga jalb qilingan shaxslardan daromad solig’i olishning to’g’riligini tanlov usuli bilan tekshirishi kerak. Auditning maqsadi O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi talablariga rioya qilinayotganligini tekshirish va yo’l qo’yilayotgan xato-kamchiliklarni tugatish bo’yicha tavsiyalar berishdan iborat. Yillik umumiy daromad bilan chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromad jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |