10. Yagona soliq to'lovini budjetga kechiktirib to'lash tartibi qan
day?
11. Qanday holatlarda yagona soliq to'lovini budjetga kechiktirib
to'lashni soliq organlari rad etishi mumkin?
3.2.2. Savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalarini soliqqa tortish
Savdo va umumiy ovqat-
Ma’lumki, savdo va umumiy ov-
ianish korxonalari uchun
qatlanish korxonalari 2007-yil 1-
yagona soliq to'lovining
yanvarga qadar budjetga to‘lab
joriy e
I
is
I
kelgan yalpi daromadidan yalpi
daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, tovariar aylanmasidan
Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg'armasiga
hamda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga maj
buriy to'lovlar to‘lash o‘miga O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi «0 ‘zbekiston Res
publikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkich-
lari prognozi va Davlat budjetining parametrlari to'g'risi-
da»gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq 2007-yil 1-yanvardan
boshlab yagona soliq to'lovini to'lashga o'tkazildi.
2006-yil yakuni bo'yicha asosiy (profil) faoliyat turi
savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat)
hisoblangan yuridik shaxslar belgilangan tartibda hisobot
yili boshidan boshlab yagona soliq to'lovlarini to'lashlari
shart qilib belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2007-yil 28-martda 1668-son bilan ro'yxatga olingan
«Yagona soliq to'lovini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi
to'g'risida»gi Nizomga muvofiq savdo va umumiy ovqat
lanish korxonalari uchun soliqqa tortishning quyidagi tar
tibi belgilangan. Jumladan, Nizomda savdo faoliyati (umu
miy ovqatlanish sohasidan faoliyat) hisoblangan yuridik
shaxslar uchun 2007-yildan boshlab yagona soliq to'lovini
to'lash tartibi belgilangan.
Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxo
nalari uchun:
— bojxona to'lovlari (bojxona bojlari va yig'imlari, aksiz
solig'i va tovarlami (ishlami, xizmatlami) import qilishda
qo'shilgan qiymat solig'i);
— davlat bojlari;
— ayrim turdagi tovariar bilan chakana savdo qilish
va ayrim turdagi xizmatlami ko'rsatish huquqi uchun
yig'im;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yuridik
shaxslami ro'yxatdan o'tkazganlik uchun yig'im va atrof
tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilami O'zbekiston
Respublikasi hududiga joylashtirganlik uchun kompensa-
tsiya to'lovlarini to'lash tartibi saqlab qolingan.
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakuni bo'yicha savdo
(umumiy ovqatlanish) korxonasiga mansub bo'lmasa, kel-
gusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan tartibda soliqlar
va boshqa majburiy to'lovlar to'lashga o'tishlari shart, soliq
solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofir
malar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Yagona soliq to'lovi to'lashga o'tish savdo (umumiy
ovqatlanish) korxonalari umumbelgilangan tartibda soliqlar
va boshqa majburiy to'lovlar to'lashga o'tgan birinchi
hisobot choragi uchun foyda solig'i, obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i va yuridik shaxs-
larning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha joriy
to'lovlami to'lamaydilar.
Ishchilar sonidan qat’i nazar ulguiji, chakana savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalari (shu jumladan, kichik
korxonalar va mikrofirmalar) yagona soliq to'lovini to'lov-
chilari hisoblanadi.
Yagona soliq to'lovi to'lovchisini aniqlashda asosiy
mezon bo'lib, yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazgan-
lik to'g'risidagi guvohnomada ko'rsatilgan korxona faoliya-
tining kodi hisoblanadi.
Bunda korxonaning ixtisoslashishi XXTUT asosiy kodga
to'g'ri kelishi kerak. Agar korxonaning faoliyati XXTUT
kodiga to'g'ri kelmasa, o'z faoliyati kodini qonun hujjatlari-
da belgilangan tartibda statistika organlarida qayta ro'yxat
dan o'tkazishga va ushbu toifadagi korxonalar (faoliyati tur
iari) uchun belgilangan tegishli soliqlami to'lashga majbur.
Yagona soliq toiovida realizatsiya (tovaroborot) umu
miy yillik hajmida tushum ulushi aksariyat qismini tashkil
etgan faoliyat turi asosiy (profil) faoliyati turi hisoblanadi.
Agar joriy yil yakuni bo'yicha realizatsiya (tovar aylan-
ma)ning umumiy yillik hajmida tushum ulushi faoliyati
turiari bo'yicha bir xil miqdomi tashkil etsa, asosiy (profil)
faoliyat turi o'tgan hisobot yil yakuni bo'yicha aniqlanadi.
Savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalariga, soliq solish
maqsadida, o'tgan hisobot yili yakuni bo'yicha asosiy (pro
fil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish soha
sidagi faoliyati) hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi.
Savdo faoliyati deganda qayta sotish maqsadida xarid
qilingan tovarlami sotish bo'yicha faoliyat tushuniladi.
Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
— o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovar
lami realizatsiya qilish, jumladan, ulami mustaqil yuridik
shaxs hisoblanmaydigan firma do'konlari orqali realizatsiya
qilish;
— komissioner (ishonchli vakil) tomonidan komissiya
(topshiriq) shartnomalari bo‘yicha tovarlami realizatsiya
qilish, jumladan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-
mulkni realizatsiya qilish;
— tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyati bilan shug'ul-
lanadigan korxonalar tomonidan tovarlami realizatsiya qi
lish.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kuli-
nariya, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyor-
lash, realizatsiya qilish va ulami is’temol qilishni tashkil
etish bo'yicha faoliyat tushuniladi.
Yagona soliq to'lovini hisoblashda soliq solish obyekti
bo'lib, aksariyat hollarda yalpi tushum hisoblanadi, lekin
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi
tushum bo'lib tovariar aylanmasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, savdo korxonalarining asosiy faoliyat
dan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan
daromadlari va O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga
muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar yalpi tushum
tarkibiga kiritiladi.
Shuningdek, yagona soliq to'lovi hisob-kitob bazasini
aniqlashda tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi:
a) qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari uchun qo'shil-
gan qiymat solig'ini;
b) davlat subsidiyalarini;
d) davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha daromadlar;
e) to'lov manbayida ushlab qolinishi lozim bo'lgan div
idendlar va foizlar ko'rinishidagi daromadlar;
0 o'tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav ka-
pitalini oshirishga yo'naltirishda aksiyador qo'shimcha
aksiyalarining qiymati yoki aksiyalaming nominal qiymati-
ni ko'paytirish tarzida olingan daromadlari;
g)
hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi foyda.
Mazkur daromadlar qaysi davrda paydo bo'lgan bo'lsa,
o'sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi
soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblami
o'tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi;
h) olingan grantlar. Grant deganda — ijtimoiy aha-
miyatga ega maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiyotni rivojlan
tirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlami bajarish
uchun korxonaga davlat (hukumat), shuningdek, nodavlat,
xorijiy, xalqaro tashkilotlar va
jam g'arm alar
tomonidan
ko‘rsatiladigan tekin, gumanitar mablag'li yoki moddiy-
texnik yordam tushuniladi. Grant mablag'lari qat’i ravishda
belgilangan maqsadlaiga ishlatiladi;
i) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar
uning qiymati tovar (ish, xizmat)lami realizatsiya qilishdan
tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa;
j) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chegirmalar.
1024-sonli qaroriga muvofiq 2009-yildan boshlab savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan
qat’i nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan)
quyidagi stavkalarda yagona soliq to'lovi to'lash joriy qi-
lindi:
— umumiy ovqatlanish korxonalari uchun
— 10%;
shundan: umumta’lim maktablari, maktab-intematlar,
o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga
xizmat ko'rsatuvchi korxonalar uchun
— 8%.
Savdo korxonalari uchun:
— shaharlarda aholi soni 100 ming va undan ortiq
— ulguiji savdo korxonalari (Ulguiji savdo korxonalari
uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan
ulguiji baza — kontoralari va ulaming hududiy baza lari
bundan mustasno. Ular uchun O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi «Ixtisoslashtirilgan
ulguiji baza — kontoralami soliqqa tortish tartibini takomil
lashtirish to‘g‘risida»gi PQ-374-son qarori bilan nazarda
tutilgan soliq solish tartibi saqlab qolinadi)
— 5%;
Ulguiji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi dorixo-
nalar uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |