Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Yuridik shaxslaming quyidagi foydasi yuridik shaxslardan 

olinadigan foyda  solig'ini  to‘lashdan  ozod qilinadi:

1)  protez-ortopediya  buyumlari,  nogironlar  uchun 

inventarlar  ishlab  chiqarishdan,  shuningdek,  nogironlarga 

ortopedik  protezlash  xizmati  ko'rsatishdan,  nogironlar 

uchun  mo'ljallangan  protez-ortopediya  buyumlari  va 

inventarlami  ta’mirlash  hamda  ularga  xizmat  ko'rsatishdan 

olingan  foydasi;

2)  shahar  yo'love hilar  transportida  (taksidan,  shu jum­

ladan,  yo'nalishli  taksidan  tashqari)  yo‘lovchilami  tashish 

bo'yicha  xizmatlar  ko'rsatishdan  olingan  foydasi;

3)  tarix  va  madaniyat  yodgorliklarini  ta'mirlash  hamda 

qayta  tiklash  ishlarini  amalga  oshirishdan  olingan  foydasi;

4)  investitsiya  fondlarining  xususiylashtirilgan  korxo­

nalar  aksiyalarini  sotib  olishga  yo'naltiriladigan  foydasi;

5)  Xalq  banki  tomonidan  fuqarolaming  shaxsiy 

jamg'arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlaridagi  mablag'- 

lardan  foydalanishdan  olingan  foydasi.

Soliq  kodeksining  159-moddasiga  ko ‘ra  yuridik  shaxs­

laming soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga  kamayti- 

riladi:

1) ekologiya,  sog'lomlashtirish va xayriya jamg'armalari, 

madaniyat,  xalq ta’limi,  sog'liqni  saqlash,  mehnat  va aholi- 

ni  ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muas- 

sasalariga,  fuqarolaming  o'zini  o'zi  boshqarish  organlariga 

beriladigan  badallar  summasiga,  biroq  soliq  solinadigan 

foydaning  bir foizidan  ko'p  bo'lmagan  miqdorda;

2)  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

qarori  asosida  kollejlar,  akademik  litseylar,  maktablar  va 

maktabgacha  tarbiya  ta’lim  muassasalari  qurilishiga  yo'nal- 

tirilgan  mablag'lar  summasiga,  lekin  soliq  solinadigan  foy­

daning  30  foizidan  ko'p bo'lmagan  miqdorda;




3)  asosiy  ishlab  chiqarishni  yangi  qurilish  shaklida 

kengaytirishga,  ishlab  chiqarish  maqsadida  foydalaniladigan 

binolar va  inshootlami  rekonstruksiya  qilishga,  shuningdek, 

ushbu  maqsadlar  uchun  olingan  kreditlarni  uzishga 

yo‘naltiriladigan  mablag'lar summasiga,  tegishli  soliq  davri­

da  hisoblangan  amortizatsiyani  chegirib  tashlagan  holda, 

biroq  soliq  solinadigan  foydaning  30  foizidan  ko'p  bo'lma­

gan  miqdorda;

4)  ishlab  chiqarishni  modemizatsiyalashga,  texnik  va 

texnologik  jihatdan  qayta  jihozlashga,  yangi  texnologik 

jihozlar  xarid  qilishga,  ushbu  maqsadlar  uchun  berilgan 

kreditlarni  uzishga,  lizing  obyekti  qiymatining  o'rnini  qop- 

lashga,  tegishli  soliq  davrida  hisoblangan  amortizatsiyani 

chegirgan  holda  yo'naltiriladigan  mablag'lar  summasiga.

Soliq  solinadigan  bazani  kamaytirish  yuqorida  ko'rsatib 

o'tilgan  xarajatlar  amalga  oshirilgan  soliq  davridan  e’tibo- 

ran,  texnologik jihozlar  bo'yicha  esa  u  foydalanishga  top- 

shirilgan  paytdan  e’tiboran  uch  yil  ichida  amalga  oshirila- 

di.  Yangi  texnologiya jihozlari  ular  olingan  (import  qilin­

gan)  paytdan  e’tiboran  uch  yil  ichida  realizatsiya  qilingan 

yoki  tekin  berilgan  taqdirda,  mazkur  imtiyozning  amal  qi­

lishi  foydadan  olinadigan  soliqni  to'lash  bo'yicha  majbu- 

riyatlar  tiklangan  holda,  imtiyoz  qo'llanilgan  butun  davr 

uchun  bekor  qilinadi;

5)  yosh  oilalar  toifasiga  kiruvchi  xodimlarga  ipoteka 

kreditlari  badallari  to'lashga  va  (yoki)  mulk  sifatida  uy-joy 

olishga  tekin  yo'naltiriladigan  mablag'lar summasiga,  biroq 

soliq  solinadigan  bazaning  10  foizidan  oshmagan  miqdor­

da;

6)  diniy  va  jamoat  birlashmalarining  (kasaba  uyush- 



malari,  siyosiy partiyalar va  harakatlardan tashqari),  xayriya 

jamg'armalarining  mulkida  bo'lgan  korxonalar  foydasidan 

shu  birlashmalar  va jamg'armalarining  ustavda  belgilangan 

faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  yo'naltiriladigan  ajrat- 

malari  summasiga.

hisobini  ro'yxatdan  o'tgan joydagi  soliq  idoralariga  yilning 

har  choragida  hisobot  choragidan  keyingi  oyning  25 

kunidan  kechiktirmay,  yil  yakunlari  bo'yicha  esa,  yillik

Tadbirkorlik  faoliyatini  amalga

gan  foyda  solig'i  bo'yicha  soliq




moliyaviy  hisobot  taqdim  etiladigan  muddatda  taqdim  eti­

ladi.


Yuridik  shaxs  tugatilgan  taqdirda  soliq  organi  soliq 

to‘lovchidan  kamroq  bo'lgan  davr  uchun  hisobotlar,  soliq 

hisobini  taqdim  etishni  yozma  xabamoma  topshirish  yo‘li 

bilan  talab  qilib  olishi  mumkin.  Xabamomada  buning 

sababi  hamda  hisobotlar,  soliq  hisobi  qachon va  qaysi  davr 

uchun  taqdim  etilishi  lozimligi  ko'rsatiladi.

Yuridik  shaxsni  tugatish  haqida  belgilangan  tartibda 

qaror qabul  qilingan taqdirda tugatish komissiyasi  (tugatuv- 

chi)  5  kunlik  muddatda  bu  haqda  soliq  organini  yozma  ra­

vishda  xabardor qiladi.

Yuridik shaxsni tugatish  haqida qaror qabul  qilingandan 

so‘ng  soliq  toiovchi  15  kun  ichida  soliq  organiga  hisobot­

lar,  soliq  hisobini  taqdim  etishi  shart.

Foyda  solig'i  bo'yicha  hisobotlar,  hisob-kitoblar  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  shakl  (1-ilova)  va  tartibda  taqdim 

etiladi.


Yuridik  shaxslar  foyda  solig'ini  foyda  solig'i  bo'yicha 

hisoblami  topshirish  uchun  belgilangan  kundan  boshlab  5 

kun  ichida  to'laydilar.

Yilning  hisobot  choragida  tovarlami  (ishlami,  xizmat­

lami)  sotishdan  eng  kam  ish  haqining  200  barobaridan 

ko'proq  miqdorda foyda olgan yuridik shaxslar foyda solig'i 

bo'yicha  joriy  to'lovlami  har  oyning  15-kunida  yilning 

choragi  bo'yicha  foyda  solig'i  summasining  uchdan  bir 

qismi  miqdorida  to'laydi.

Yuridik  shaxslar  avans  to'lovlar  summasini  hisoblab 

chiqarish  uchun  yilning  joriy  choragi  birinchi  oyining  5- 

kunigacha  soliq  ro'yxatdan  o'tgan  joydagi  soliq  organiga 

yilning tegishli  choragida  taxmin  qilinayotgan  foyda  hamda 

belgilangan  foyda  solig'i  stavkasi  asosida  ma’lumotnoma 

(2-ilova)  taqdim  etadilar.

Joriy  to'lovlar  belgilangan  muddatlargacha  budjetga 

to'lanmasa  ularga  nisbatan  soliq  qonunchiligida  ko'zda 

tutilgan  har bir  kechiktirilgan  kun  uchun  hisoblangan  soliq 

summasiga  nisbatan  0,05  foiz  miqdorida  penya  (moliyaviy 

jarima)  qo'llaniladi.

Taxmin  qilinayotgan  soliq  solinadigan  foydadan  kelib 

chiqqan  holda  hisoblab  chiqarilgan  yuridik shaxslardan  oli­

nadigan  foyda  solig'i  summasi  hisobot  davri  uchun  budjet­

ga to'lanishi lozim bo'lgan foyda solig'i summasiga nisbatan




10  foizdan  ko'proq  kamaytirilgan taqdirda,  davlat  soliq xiz- 

mati  organi joriy  to'lovlami  foyda  solig'ining  haqiqiy  sum- 

masidan  kelib  chiqib  penya  (0,05  foiz)  hisoblagan  holda 

qayta  hisoblab  chiqadi.

Hisobot  davrida  tovariar  (ishlar,  xizmatlar)ni  sotishdan 

olgan  foyda  200  karrali  minimal  ish  haqidan  kam  bo'lgan 

korxonalar chorakda  bir  marta  soliq  to'laydilar.  Ular  avans 

(joriy)  to'lovlarni  to'lamaydilar.  Avvalgi  choraklarda 

to‘lagan  soliqlari  esa  hisobga  olib  boriladi.

Soliq to'lovchilar birinchi chorak,  yarim yil va yil  o'tishi 

bilan  yil  boshidan  hisoblangan  yakun  bilan  soliqni  haqiqiy 

olingan  foydadan  kelib chiqib foydaga soliqni  mustaqil  o'z- 

lari  hisoblab  chiqadilar.  Yil  mobaynida  to'lagan  soliqlari 

hisobot  yilida  hisoblangan  soliq  summasidan  hisobga  oli- 

nadi.

Haqiqiy  olingan  foydaga  qarab  hisoblangan  soliq  sum- 



masi  (farqi)  budjetga  choraklik  va  yillik  moliya  hisoboti 

topshirish  mo'ljallangan  kungacha  to'lanadi.

Ortiqcha  to'langan  soliq  summasi  kelgusi  to'lovlarga 

o'tkaziladi  yoki  soliq  to'lovchiga  boshqa  soliqlar va boshqa 

majburiy  to'lovlardan  qarzi  bo'lmasa  undan  yozma  ariza 

olgan  kundan  boshlab  30  kun  ichida  korxonaga qaytariladi.

Foydadan soliqni  hisoblash va budjetga o'tkazish javob- 

garligi  foydalaridan  soliq  to'lashni  amalga  oshiruvchi  yuri­

dik shaxslar  zimmasiga  tushadi.

Dividend  va  foizlar  to'lovchi  yuridik  shaxslar  quyidagi 

shaklda  (3.1.2-jadval)  soliq  hisobini  topshiradilar  va  to'lov


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish