6. Soliq summasi qaysi formula yordamida topiladi?
7. Soliq summasi jismoniy shaxslardan qaysi vaqtlarda undiriladi?
8. Soliq to'lovchilar soliq idoralariga jismoniy shaxslardan trans
port vositalari uchun benzin, dizel yonilg'isi va gaz iste’moliga solig’i
bo'yicha qaysi muddatda hisobot topshiradi?
9. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel
yonilg'isi va gaz iste’moliga soliq tushumi qaysi budjetga tushadi?
10. Soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotla-
ridagi ma’lumotlaming haqqoniyligiga kim javobgar hisoblanadi?
4.4.1. M ahalliy yig‘im
(Ayrim turdagi tovariar bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlami ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im)
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra ayrim turdagi
tovariar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xiz
matlami ko'rsatish huquqi uchun yig'im mahalliy soliqlar
va boshqa majburiy to'lovlar tarkibiga kiradi va u mahalliy
budjet daromadlaridan biri hisoblanadi.
Ayrim turdagi tovariar bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlami ko'rsatish huquqi uchun yig'im-
ning to'lovchilari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi hududi
da ushbu tovariar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda
chakana savdoni amalga oshiradigan va ayrim turdagi xiz
matlami ko'rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisobla
nadi.
Ushbu yig'im ayrim turdagi tovariar bilan chakana sav
doni amalga oshirish va ayrim turdagi xizmatlami ko'rsatish
huquqini olish uchun to'lanadi. Ayrim turdagi tovariar
bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlami
ko'rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ruxsat guvohnomasi joylardagi mahalliy hokimiyat organ
lari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
Ayrim tovar turlarining va xizmatlaming ro'yxati O'zbe
kiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
Ayrim turdagi tovariar bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlami ko'rsatish huquqi uchun ruxsat
guvohnomasi yuridik shaxs yoki yakka tartibda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarga o'z
arizalarida ko'rsatilgan muddatlarga, lekin ushbu muddat
qonunchilikda nazarda tutilgan muddatdan ortiq bo‘lmagan
muddatga beriladi. Jumladan, yuridik shaxslarga ko‘pi bi
lan — 3 yil, jismoniy shaxslarga — 2 yil.
Yig‘imlar o‘matilgan minimal ish haqi miqdoriga nis
batan belgilanadi. 2009-yil 1-yanvardan boshlab ayrim
tovar turiari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun
yig‘im alkogolli mahsulotlar uchun — 1 oylik savdo uchun
eng kam oylik ish haqi miqdorining 5 baravari miqdorida,
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan
buyumlar uchun — 1 oylik savdo uchun eng kam oylik ish
haqi miqdorining 3,5 baravari miqdorida belgilangan.
Avtotransport vositalarini parkovka qilish (saqlash) bo‘yicha
pullik xizmatlami ko‘rsatganlik uchun yig‘im har oyda 8
minimal ish haqi miqdorida undiriladi. Ushbu yig‘imlar har
oyda hisobot oyining 25-kuniga qadar budjetga to‘lanadi.
Mahalliy yig‘imning o‘z vaqtida to‘lanishi, qonun huj
jatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik yig‘imni to‘lov-
chilar zimmasiga yuklanadi.
Davlat soliq xizmati organlari esa o‘zlariga berilgan
vakolat doirasida qonun hujjatlariga muvofiq yig‘imni
to‘lovchilaming budjet oldidagi majburiyatlarini bajarilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |