Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tay-
yorlash muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me’-
yorini ko'rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida quri
lish muddati me’yori ko'rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi
loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo'yicha qurilish
muddatining me’yori to'g'risida xulosa olishga majbur.
Me’yordagi muddatda o'matilmagan uskunalar uchun
mol-mulk solig'ini to'lovchilar bo'lib kapital mablag'lar
hisobiga qayta jihozlanadigan obyektlarda montaj qilish
talab qilinadigan va o'matishga belgilangan texnologik,
energetik va ishlab chiqarish uskunalari bo'lgan yuridik
shaxslar hisoblanadi.
Me’yordagi muddatda o'matilmagan uskunalar uchun
soliq solish obyekti bo'lib o'rnatishga belgilangan uskunalar
qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab
qiladigan, faqat qismlarini yig'ish va poydevorga yoki
ustunlarga, polga, qavatlararo to'siqlarga va boshqa bino va
inshootlami ko'tarib turuvchi konstruksiyalarga o'matiladi-
gan uskunalar hamda uskunalami hisobga olish hisob
varag'ida hisoblanadigan shunday uskunalaming ehtiyot
qismlar to'plami (me’yordagi muddatda o'matilmagan
uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga
o'matiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun bel
gilangan nazorat-o'lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar
ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlan
gan qurilish muddati va tayyorlab qo'yilgan zaxiralar me’-
yoriga muvofiq har bir obyekt bo'yicha texnologik yoki
boshqa uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish jadvali
belgilangan bo'lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan
uskunalami yetkazib berish va montaj qilish jadvalida
quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:
• yirik texnologiya va energetika uskunalari — ulami
nomma-nom ro'yxatlari bo'yicha montaj qilish va yetkazib
berish jadvallarining rejadagi muddati o'tib ketgandan
keyin;
• texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, quril-
malar va boshqa umumzavod uskunalari — uskunalami
montajga topshirishining rejadagi muddati o'tgandan keyin,
lekin olti oydan ortiq bo'lmagan muddatda;
• komplekt import uskunalari — ulami montajga top-
shirishning rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin
bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga, agar texnik shart-
sharoitlariga ko'ra uskunani qismlar bo'yicha montaj qilish
mumkin bo'lmasa, ularni montajga topshirish muddati
uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan
hisoblanadi;
•
qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek,
kabel mahsulotlari, simlar va troslar — ularni montajga top-
shirishning rejadagi muddati o'tgandan keyin, lekin olti
oydan ortiq bo'lmagan muddatda.
Uskunalami montaj qilish va o'matish uchun me’yorlar
va jadvallar bo'lmaganida soliq quyidagi muddatlarda
to'lanadi:
— ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo'yicha
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan
uskunalaming o'matilmaganligi uchun — sotib olinganiga
bir yillik muddat to'lganidan keyingi oydan boshlab;
— noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo'yi
cha — sotib olinganiga olti oy tugagandan keyin.
Uskunalami yetkazib berish va montaj qilishning
yuqorida ko'rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun kor
xona va tashkilotlar, O'zbekiston Respublikasi qonun huj
jatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk
solig'ini ikki baravar ko'paytirilgan stavka bo'yicha to'lay
dilar.
Do'stlaringiz bilan baham: