Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Soliqqa  tortishning tad- 

Solkl  tizimi  xo‘jalik  yurituvchi 



birkorlik va  investitsiya- 

subyektlami,  jumladan,  chet  el 



larni  rag'batlantirish 

subyektlarini,  ishlab  chiqarishni 



tamoyili 

rivojlantirish,  uskunalar  va  za-

monaviy  texnologiyalar  sotib  olish  uchun  mablag*  yo‘nal- 

tirishni,  ya’ni  kapital  jamg'arish  va  shu  yo‘l  bilan  texno- 

logiyalami  takomillashtirish,  raqobatbardosh  mahsulotlar 

ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirishi  lozim.

Soliq  tizimi  resurslarning  samarali  taqsimlanishiga 

to‘sqinlik  qilmasligi  hamda  xo'jalikni  mustaqil  yuritish 

omillarini  cheklab  qo'ymasligi  lozim.  Agar  soliqlar  katta 

bo‘lgani  uchun  tadbirkorlaming  ishlab  chiqarishni  ken- 

gaytirishdan,  boshqa turdagi  iqtisodiy faoliyat  ko‘rsatishdan 

manfaatdorligiga  putur  yetkazsa,  mamlakat  iqtisodiyoti 

pastga  qarab  ketishi xavfi tug'iladi.  Soliqlar miqdori  haddan 

tashqari  katta  qilib  belgilansa,  ishlab  chiqarish  hajmlari 

kamayib  ketadi,  bu jarayon  zaxiralar,  banklardagi  pul  mab- 

lag'larining  barakasi  uchishiga,  ilgari  to‘plangan  mablag4- 

laming  yeyilib  ketishiga  olib  keladi.



Soliqqa  tortish,  agar  u,  birinchidan,  ishchi  kuchini  ish­

lab  chiqarish  uchun  talab  qilinadigan  darajada  saqlab  tu- 

rishga zarur bo‘lgan  iste’molning  minimal  hajmlariga  salbiy 

ta’sir  etsa,  ikkinchidan,  mehnatga  nisbatan  iqtisodiy  va 

moddiy  rag‘batlaming  harakat  doirasini  toraytirib  qo‘ysa, 

uchinchidan,  jamg‘arma  miqdorini  kamaytirsa  va  mablag'- 

ning  to* planish  jarayonini  sekinlashtirsa  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlarini  yomonlashtirib  yuborishi  mumkin.

Soliqqa tortish  bazasi  va  uning  hajmlarini  noto‘g‘ri  bel­

gilash  xodimlaming  malaka  oshirishga,  ratsionalizatorlik va 

ixtirochilik  faoliyati  bilan  shug‘ullanishga  va  boshqa  soha- 

larga  bo‘lgan  intilishiga  salbiy  ta’sir etadi.

Soliqqa  tortishning  iqtisodiy  omillarga  ta’siri  ikki  xil 

ko‘rinishda bo‘ladi,  ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati 

shaklida  ifodalanadi.  Qiyosiy  oqibat  mehnat  natijalari, 

jamg‘arish,  investitsiyalash,  yangi  g'oyalami  joriy  etish  va 

ishlab  chiqarish  faoliyatining  boshqa  xil  ko'rinishlari  bilan 

shug‘ullanish  uchun  nisbatan  kamroq  darajada  rag‘bat- 

lantirishda  namoyon  bo'ladi.  Ayniqsa,  progressiv  (oshib 

boruvchi)  soliqqa  tortishda  bunday  oqibatning  rag‘bat- 

lantirishga  zid  ta’siri  yaqqol  ifodalanadi.

Dunyodagi  bir  qator  mamlakatlarda  kapitaldan  kelgan 

daromad va iste’molga qarab soliqqa tortishni  ko‘zda tutgan 

soliq  islohoti  o‘tkazilmoqda.  Soliqqa  tortishning  salbiy 

ta’sirini  silliqlash  maqsadida  ishchi  kuchini  taklif  etish 

sohasida  ish  haqi  ko'rinishidagi  daromadlardan  olinadigan 

soliqlaming  eng  yuqori  qilib  belgilangan  stavkalari  pasayti- 

rilmoqda. Jamg'arish va investitsiyalashga soliqlaming ta’sir 

etishi  borasida  ham  muayyan  natijalarga  erishilmoqda.

Soliqlaming  ta’siri  investitsiyalar  tarkibida  ham  yaqqol 

seziladi.  Turli  ko‘rinishdagi  aktivlar uchun joriy  etilgan  har 

xil  soliq  tartiblari  investitsiya  imkoniyatlari  va  sarmoyador- 

laming  portfeli  tarkibida  sezilib  qoladi.  Soliq  tizimidagi 

kamchilik va  nuqsonlar  iqtisodiy o'sish  sur’atlarining  pasa- 

yib  ketishiga  olib  kelishi  mumkin,  bu  hoi  pirovard  natijada 

davlat  budjeti  daromadlarining  o‘zgarishiga  ham  ta’sir 

etmay  qolmaydi.

Soliqqa  tortishning  adolatlilik




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish