Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

1.3.1-chizma.  Soliq  stavkasi  turiari.


larini bir turi  sifatida ular orqali  ishlab  chiqarishni  rivojlan­

tirishga  rag‘batlantirish  rolidan  foydalaniladi.

Soliq  stavkalari  ikki  xil  ko‘rinishda:  qat’i  stavkalarda  va 

nisbiy  (foiz)  stavkalarda  ifodalanadi.  Soliq  stavkasi  qat’i 

stavkada  belgilangan  holda  soliq  obyektiga  nisbatan  qat’i 

so‘mda  belgilanadi.  Masalan,  yer solig‘ining  har bir gektari 

uchun  qat’i  so‘mda  soliq  miqdori  o‘matilgan.  Yuridik  va 

jismoniy  shaxslaming  daromadlariga,  mol-mulklariga  esa 

nisbiy  stavkada  yoki  foizda  soliq  miqdori  belgilangan.

Soliq  stavkasi  bilan  soliqqa  tortish  obyekti  o ‘rtasidagi 

bog‘liqlik  darajasiga  qarab  soliq  stavkalarini  proporsional, 

progressiv  va  regressiv  kabi  turlarga ajratish  mumkin.

Soliq  stavkalari  undirilishga,  mohiyatiga  va  amal  qilishi 

nuqtayi  nazaridan  bir necha  turlariga  ajratiladi  (1.3.1-chiz- 

ma).

Soliq  stavkalari  turlaridan  biri  -   bu  proporsional  soliq 



stavkalari  bo‘lib,  bu  soliq  stavkalarining  asosiy  mohiyati 

shundan  iboratki,  soliq  to‘lovchi  ega  bo'lgan  foyda  (daro­

mad),  dividend,  oborot  yoki  mol-mulk  qiymatining  hajmi 

(summasi)  qancha  bo‘lishidan  qat’i  nazar  bir  xil  tartibda, 

ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi.  Masalan, divi­

dend  uchun  barcha  soliq  to'lovchilari  soliq  stavkasi  10  foiz 

qilib belgilangan.  Bundan tashqari,  qo‘shilgan qiymat solig‘i 

stavkasi  ham  bugungi  kunda  proporsional  soliq  stavkasi 

hisoblanadi.  Har  qaysi  soliq  to‘lovchi  qancha  oborot  (rea- 

lizatsiya)ga  ega  bo‘lishidan  qat’i  nazar  20  foiz  stavka 

bo‘yicha  soliq  to‘laydi.  Shuningdek,  yuridik  shaxslardan 

olinadigan  mol-mulk  solig‘i  bo‘yicha  ham  proporsional 

soliq  stavkasi  qo'llaniladi.  Respublikamiz  soliq  tizimida 

amal  qiluvchi  yuridik  va jismoniy  shaxslaming  mol-mulki- 

ga  soliq  uning  obyekti  500  ming  so‘m  bo‘lganida  ham  800 

ming  so‘m  bo‘lganida  ham  soliq  stavkasi  o‘zgarmay  qola- 

veradi,  ya’ni  soliq  obyektining  o‘zgarishi  soliq  stavkasining 

o‘zgarishiga  ta’sir  qilmaydi.

Proporsional  soliq  stavkasi  o ‘zgarmas  soliq  stavkasi 

bo‘lib,  uning  miqdori  (foizi)  soliq  obyektining  hajmiga 

bog‘liq  bo‘lmaydi.  Bu  bir  tomondan  yuqori  daromadga 

(oborotga)  ega  boigan  soliq  to'lovchilar  uchun  qulay  soliq 

stavkalari  hisoblansada,  ayrim  soliq  to'lovchilar  uchun 

noqulaylik  tug‘dirishi  mumkin,  ya’ni  ushbu  soliq  stavkasi 

soliqlaming  rag‘batlantiruvchilik  rolini  bajarmaydi.



Soliq stavkalarining keyingi  turi progressiv soliq stavkasi 

hisoblanadi.  Progressiv  soliq  stavkasi  mohiyati  jihatidan 

proporsional  soliq  stavkasiga  nisbatan  teskari  holatda  amal 

qilib,  unga muvofiq soliq to'lovchilaming daromadlari,  foy- 

dasi yoki oboroti  ortib,  o‘sib  borishiga muvofiq tarzda soliq 

stavkasining  ham  ortib  borishi  tushuniladi.  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  soliq  tizimida  buni  jismoniy  shaxslardan  oli- 

nadigan  daromad  solig‘i  misolida  ko'rish  mumkin.  Bunga 

muvofiq,  jismoniy  shaxslaming  olgan  daromadi  oshib  bo­

rishi  bilan  birga  belgilangan  shkala  asosida  soliq  stavkasi 

ham  oshib  boradi.  Masalan,  jismoniy  shaxsning  umumiy 

olgan  daromadi  eng  kam  ish  haqining  olti  baravarigacha 

miqdoridan  13  foiz  stavkada,  eng  kam  ish  haqining  olti 

baravaridan  o ‘n  baravarigacha  bo‘lgan  qismidan  18  foiz 

stavkada,  eng  kam  ish haqining  o‘n baravaridan  ortgan  qis­

midan  esa  25  foiz  stavkada  soliq  undirilishi  belgilangan 

(2008-yil  uchun).

Demak,  bundan  ko‘rinadiki,  progressiv  soliq  stavkasida 

soliq  obyektining  oshib  borishiga  mutanosib  ravishda  soliq 

stavkasi  ham  oshib  boradi.  Qayd  etish  lozimki,  ko‘pgina 

iqtisodiy  adabiyotlarda  progressiv  soliq  stavkasi  deganda 

faqat  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i 

bo‘yicha  stavkalar  keltiriladi.  Bundan  tashqari,  progressiv 

soliq  stavkalaridan  davlat  tartibga  soluvchi  vosita  sifatida 

ham  keng  foydalanadi,  masalan,  respublika  soliq  qonun- 

chiligiga  muvofiq  me’yoriy  muddatlarda  o‘matilmagan 

yuridik  shaxslaming  mol-mulkiga  belgilangan  stavkaning 

ikki  baravari  miqdorida  soliq  undirish  belgilangan  bo'lib, 

2008-yildan  yuridik  shaxslar  mol-mulk  solig‘i  stavkasi  3,5 

foiz  bo'lgani  holda,  ulaming  me’yoriy  muddatlarda 

o‘matilmagan  mol-mulkidan  7  foiz miqdorida soliq undiri- 

ladi.


Progressiv  soliq  stavkasining  ikki  turi  mavjud:  oddiy 

progressiya  va  murakkab  progressiya.  Oddiy  progressiyada 

soliqning  orttirilgan  stavkasi  soliqqa  tortiladigan  barcha 

obyektga nisbatan  qo'llaniladi,  murakkab  progressiyada  esa 

soliqqa  tortish obyekti qismlarga bo‘linadi,  ulaming har biri 

o‘z  stavkasi  bo'yicha  soliqqa  tortiladi,  ya’ni  orttirilgan 

stavkalar  butun  obyektga  nisbatan  emas,  balki  bundan 

oldingi  bosqichdan  ortgan  qismiga  nisbatan  qo‘llaniladi. 

Jismoniy  shaxslaming  daromadiga  soliq  stavkalari  murak­

kab  progressiya  hisoblanadi.




Progressiv  soliq  stavkasining  kamchiligi  shundaki,  bu 

soliq  stavkalari  soliq  to'lovchilaming  daromad  olish  man- 

faatdorligini  rag‘batlantirmaydi,  shuning  uchun  progressiv 

soliq  stavkalarini  qo'llaganda  muayyan  chegaraga  qadar 

soliq  stavkasini  oshib  borishini  ta’minlagan  holda  so‘ngra 

regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to‘lovchilar man- 

faatlariga  mos  keladi.  Shuning  bilan  birgalikda  ta ’kidlash 

lozimki,  progressiv  soliq  stavkalari  davlat  tomonidan  iqti­

sodiyotni  soliqlar  vositasida  tartibga  solishda  alohida  aha- 

miyatga  ega.

Soliq  stavkalari  haqida  gapirganda,  proporsional  soliq 

stavkasi  uchun  neytral  holat  xarakterli  bo‘lsa,  progressiv 

soliq  stavkasi  soliqlaming  fiskallik  xususiyatini  xarakterlay- 

di,  ya’ni  progressiv  soliq  stavkalarida  budjet  manfaati 

ko‘proq yuzaga chiqadi.  Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik 

tamoyilining  amal  qilishini  ta’minlash  maqsadida  regressiv 

soliq  stavkalaridan  foydalaniladi.

Regressiv  soliq  stavkasida  soliq  to‘lovchining  soliqqa 

tortiladigan  daromadi,  oboroti,  mol-mulk  qiymati  kabi 

soliq  obyektining  ortib  borishi  bilan  soliq  stavkasining 

kamayib  borishi  ifodalanadi.  Bundan  ko‘rinadiki,  regressiv 

soliq  stavkasi  progressiv  soliq  stavkasiga  nisbatan  teskari 

hodisani  ifodalaydi.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  soliq  tizimida  regressiv  soliq 

stavkasi,  asosan,  soliqlaming  rag‘batlantiruvchilik  rolini 

oshirish  maqsadida  qo‘llanilib,  bu  asosan  korxonalaming 

mahsulot  (xizmat,  ish)ni  chetga  eksport  qilishini  rag'bat- 

lantirish  maqsadida joriy  etilgan.  Jumladan:

Foyda  solig‘i  bo'yicha:

Eksportchi  korxonalar  uchun  realizatsiyaning  umumiy 

hajmida  o‘zi  ishlab  chiqargan  tovarlar  eksportining  erkin 

konvertatsiyalanadigan  valutaga  eksport  qilish  ulushiga 

bog'liq  holda  daromadga  soliq  solishning  regressiv  shkalasi 

amal  qiladi.  Eksport  ulushi:

—  realizatsiyaning  umumiy  hajmida  15  foizdan  30 foiz- 

ga  qadar bo'lganida  belgilangan  stavka  30  foizga kamayadi;

—  realizatsiyaning  umumiy  hajmida  30  foiz  va  undan 

ko‘p bo‘lganida  belgilangan  stavka  2  baravarga  kamayadi.

Mol-mulk  solig‘i  bo'yicha,  ham  shu tartib  amal  qiladi.

Respublikamiz soliq tizimida eksport faoliyatini rag‘bat- 

lantirishga qaratilgan qator imtiyozlaming  mavjudligi  milliy



tovar  ishlab  chiqaruvchilami  o‘z  mahsulotlarini  eksport  qi- 

lishga  yo'naltiruvchi  asosiy  omil  bo‘lib  hisoblanadi.

Iqtisodiy  adabiyotlarda  uzoq  yillardan  buyon  yagona 

soliq  stavkalarini  joriy  etish  to‘g‘risida  bahsli  munozaralar 

davom  etib  kelayapti.

Bu  qarashlami  rus  olimlari  A.  Abalkin,  P.  Bunich  va 

boshqalaming  ilmiy  ishlarida  uchratish  mumkin.  Ulaming 

qayd  etishlariga  ko‘ra  korxonalar  foydasidan  olinadigan 

soliq  uchun  yagona  stavka joriy  qilish  bozor  munosabatla- 

riga  o‘tayotgan  davlatlar  uchun  maqbul  va  yagona  yo‘l 

ekanligini  ta’kidlaydi.  Fikrining  isboti  tariqasida  yagona 

stavkani joriy  qilishning  to'rt  sababini  ajratib  ko'rsatadi:

1.  Xo'jalik  mexanizmining  yagonaligi.

2.  Kapitalni  sarflash  sohalarining  soliq  munosabatlariga 

nisbatan  tengligi,  bu  kapitalni  erkin  harakat  qilishi  uchun 

asos  yaratadi.

3.  Barcha  korxonalaming soliq to‘lovchilar sifatida dav­

lat  oldida  teng  huquqliligi.

4.  Bozordagi  raqobat  kurashida  sharoitlaming  tengligi.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  bunga  qarama-qarshi  fikr-

lar  ham  mavjud.  Ana  shunday  fikrlaiga  ko‘ra,  barcha  kor­

xonalar  uchun  yagona  stavkada  foydadan  soliq  olish  maq- 

sadga  muvofiq  emasdir.  Korxonalaming  turlicha  moliyaviy 

sharoitda  bo'lgan  hozirgi  davr  holatida  yagona  stavkani 

qo‘llash  korxonaning  moliyaviy  ehtiyojlari  bilan  davlat 

manfaatlari  yuzasidan  keskin  qarama-qarshiliklami  yuzaga 

keltiradi.

Rivojlangan  va  rivojlanayotgan  davlatlar  soliq  tizimiga 

e’tibor qaratadigan bo‘lsak,  ular amaliyotida soliq stavkala­

rini  tabaqalashtirilgan  holda  qo‘llanilishini  guvohi  bo‘lish 

mumkin.

Chunki,  soliqlaming  rag‘batlantiruvchilik  rolini  yuzaga 

chiqishi,  asosan,  uch  xil  ko'rinishda  yuzaga  chiqadi.  Bular 

soliq  imtiyozlarini  amalga  oshirish  (soliq  obyektini  kamay- 

tirish),  soliq  to‘lovchilami  soliqdan ozod  etish  hamda  soliq 

stavkalarini tabaqalashtirish  hisoblanadi.

Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq 

tizimi  hamda  iqtisodiyotning  real  sektori  uchun  ham  foy- 

dali  bo'lsada,  ammo  bu  jarayonda  eng  asosiy  muammo 

soliq  stavkalarini  tabaqalashtirish  masalasi  hisoblanadi.

Agar,  soliq  stavkalarini  tabaqalashtirishda to‘g‘ri  va  egri 

soliqlar holatiga e’tibor beradigan bo‘lsa, egri soliqlarga nis-




batan  to‘g‘ri  soliqlarda  soliq  stavkalari  ko‘proq  tabaqalash- 

gan.  Buning  asosiy sababi,  soliqlaming  rag‘batlantiruvchilik 

roli,  asosan,  to‘g‘ri  va  egri  soliqlar  orqali  yuzaga  chiqishi, 

shunga  asoslangan  holda  soliq  stavkalarini  tabaqalashtirish- 

da  to‘g‘ri  va  egri  soliqlar  orqali  korxonalami  turli  xil  fao- 

liyat  bo‘yicha  rag‘batlantirish  hisoblanadi.

Suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  xo'jalik 

yurituvchi  subyektlardan,  asosan,  suv  manbalaridan  tejab- 

tergab  foydalanish  hamda  davlat  budjetini  daromad  bilan 

ta’minlash  sifatida  kiritilgan  bo'lib,  uni  tabaqalashtirishda 

ikki  xil  yondashuv  amalga  oshirilgan,  ya’ni  suv  resurslari­

dan  foydalanilganlik  uchun  soliq  stavkalari  sohalar  va 

suvlami  paydo  bo'lish  manbalariga  ko‘ra  tabaqalashtiril- 

gandir.


To‘g‘ri soliqlar jumlasiga kiruvchi  mol-mulk solig‘i  ham 

korxonalaming  o‘z  tasarrufidagi  va  foydalaniladigan  mol- 

mulklarining samarali foydalanishga undash va budjet  man- 

faati  nuqtayi  nazaridan  kiritilgan  bo‘lib,  mol-mulk  solig‘i 

bo‘yicha  soliq,  asosan,  proporsional  holda  o‘matilgan 

bo‘lib,  u  hozirgi  kunda  (2008-yilda)  3,5  foizlik  stavkada 

belgilangandir.

Shuningdek,  to‘g‘ri  soliqlardan  biri  hisoblangan  yagona 

soliq  to‘lovi  kichik  biznes  subyektlari  uchun  alohida  soliq 

turi  bo‘lib,  u  bo‘yicha  belgilangan  soliq  stavkalari  ham 

tabaqalashgan.  Bunda  soliq  stavkasining  tabaqalashtirish 

mezoni  asosan  korxonalaming  ishlab  chiqarish  faoliyati 

sohalari  bo‘yicha  berilgan.  Ya’ni,  tayyorlov  va  ta ’minot 

korxonalari  uchun yalpi daromadga nisbatan  33  foiz,  sanoat 

va  boshqa  sohalar  uchun  10  foiz,  qishloq  xo‘jaligi  korxo­

nalari  uchun  esa  6  foiz  qilib  belgilangan.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  soliq  tizimida  to‘g‘ri  soliqlar­

dan tashqari egri soliqlar ham amal qilib,  ushbu soliq turiari 

bo‘yicha  ham  tabaqalashtirilgan  soliq  stavkalari  qo‘llaniladi 

(1.3.2-chizma).

Qo'shilgan  qiymat  solig‘i  eng  asosiy soliq  turlaridan  biri 

bo‘lib,  bu  asosan,  oborotdan  olinadigan  va  sotuvdan  oli- 

nadigan  soliqlaming  o‘rniga  kiritilgan.  Qo‘shilgan  qiymat 

solig‘i  bo‘yicha  dastlabki  yilda  32  foizli  stavka  qo‘llanilgan 

bo‘lsa,  bugungi  kunda  umumiy  tartibda  20  foizlik va  nollik 

stavka bo‘yicha  soliq  undirilmoqda.

Egri  soliqlaming  yana  bir  turi  bo‘lgan  aksiz  solig‘i 

bo'yicha  ham tabaqalashtirilgan  soliq  stavkalari  qo‘llanilgan




bo‘lib,  bu  soliq  turida  soliq  stavkalarini  tabaqalashtirishda 

boshqa  soliqlardan  farqli  ravishda  soliq  stavkalari  soliq 

to‘lovchilaming  ishlab  chiqarish  faoliyati  sohalar  yoki  soliq 

to‘lovchilaming  joylanishiga  qarab  emas,  balki  aksiz  soli- 

g'iga  tortiladigan  tovarlar  ro‘yxati  bo'yicha  tabaqalashtiril­

gan.



Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish