Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
Klassik oltin standarti (1815-1914 y.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrni tom ma’noda g‘arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standarti hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham tolov vositasini baj argan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob- kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standard ostida birlashgan edi.
Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini olchov birligi bo lib xizmat qilgan. Masalan, dollaming nomlanishi - 1/20 unsiya oglrlikka teng bolgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa - oltinning j unsiya oglrligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari olchov birligiga bogliq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (olchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin olchov birligi) 4,86 dollarga teng bolgan.
Xalqaro oltin standard insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini о lagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yedshining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollaming tolov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, xalqaro kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda kolishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqdsodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus tovar” sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu jarayonlardagi о‘mi unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun’iy infly at siyani yuzaga kelishiga yol qo^masligi bilan birga, mamlakat tolov balansining muvozanatini ta’minlagan.
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O‘z navbatida
aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past boladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan qisqaradi. O‘z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu о‘tinda aytish joizki, bank depozitlarining sun’iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin - valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlami oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me’yorini saqlash lozim boladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta’minlanadi. Bu esa eksport haj mini oshirish ehtiyojini tug‘diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat o'zaro savdo - iqtisodiy munosabatda bolgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.
O‘z davrida davlatning oltin standard pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalami zarb etish ustidan davlat nazoratini o^matilishi, qonuniy tolov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo^dlganligi, qog‘oz pullami joriy etilishi va inflyatsiyani raghatlantirilishi kabi yotialishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.