Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
J EMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va yevrohudud hukumatlariga umuman boysunmaydi;
J EMB baholar barqarorligiga javob beradi;
J EMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o‘zgartirilishi mumkin emas.
EMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ко‘rib chiqish natijasida o‘zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo lib, barcha ishtirokchilaming roziligini olishni talab etadi.
AQSh FZTning ham siyosiy mustaqillik darajasi yuqoridir.
FZT Boshqaruvchilar kengashi a’zolari 14 yilga tayinlanadi. AQSh Prezidenti faqat 2 muddatga (8 yil) saylana oladi. FZT Prezidenti nomzodini AQSh Prezidenti
Senatga taqdim etadi, shuningdek FZT pul-kredit siyosatini amalga oshirishda mustaqildir.
Ammo FZTning siyosiy mustaqillik darajasi EMBnikidan past, chunki FZTga Kongress ta’sir ko‘rsata oladi.
Kanada va Angliya Markaziy banklarining siyosiy mustaqillik darajasi bundan ham pastdir.
Kanada Markaziy bankining Direktori Hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlay olmaydi.
Kanada Markaziy banki va Hukumati o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, Moliya vazirligi direktiva chiqarish huquqiga ega va Markaziy bank uni bajarishga majbur.
Ammo hozirga qadar Moliya vazirligi bironta ham direktiva chiqarmagan. Chunki, direktiva yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
O‘zbekiston Markaziy bankining siyosiy mustaqilligi: Markaziy bank Raisi hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi (1 ball).
Markaziy bank Raisi 5 yilga tayinlanadi (0 ball).
Boshqaruv a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi (1 ball).
Boshqaruv a’zolarining vakolat muddati belgilanmagan (0 ball).
Boshqaruvda hukumat vakillari ishtirok etmaydi (1 ball).
Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami Hukumat tomonidan mahqullanishi qonun hujjatlarida belgilanmagan (1 ball).
Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati Markaziy bankka majburiyat sifatida yuklanmagan (0 ball).
Markaziy bank va Hukumat o'rtasida qarama- qarshilik yuzaga kelganda, Markaziy bankning pozitsiyasini kusaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlari mavjud emas (0 ball).
Jami: 4 ball.
O‘zbekiston Markaziy bankining iqtisodiy mustaqilligi: Hukumatning avtomatik tarzda kreditlash jarayoni mavjud emas (1 ball).
Hukumatga bozor stavkalarida kredit berish Markaziy bank to‘gTisidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0 ball).
Hukumatga beriladigan kreditlar malum muddatga, kredit shartnomasi asosidaberiladi (1 ball).
Markaziy bank tomonidan hukumatga beriladigan kreditlar bo^dcha cheklovlar Markaziy bank to'gTisidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0).
Markaziy bank Hukumat qimmatli qog‘ozlari birlamchi bozorining ishtirokchisi emas (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 25-moddasi) (1 ball).
Markaziy bank о ‘zining foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 27- moddasi) (1 ball).
Markaziy bank tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi (0 ball).
Jami: 4 ball.
GMT indeksi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasi 8 ballni tashkil qilgan bo lib, bu koTsatkich oTta darajadagi mustaqillik darajasini anglatadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi malakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim о Tin tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan soliggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash koTsatkichini keltirish mumkin. Ushbu koTsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga jaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.