Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
Valyuta va depozit siyosati.Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bolgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o‘zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari boyicha siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bulaming ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning tolov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari boyicha ichki va tashqi pul-kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini takidlash mumkin.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalami bajaradi: Vakolatli tijorat banklarining o‘zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlaming majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi; Tijorat banklarida chet el valyutasi va tolov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi;
Vakolatli banklarda norezedentlaming O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob - varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;
Vakolatli banklarda resident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlami ochish va yuritish tartibini belgilaydi;
O'zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlaming chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi;
Investitsion loyihalami erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi.
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta interven siyasidan keng miqyosda foydalandi. Valyuta intervensiyasi -bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bogliq operatsiyasidir.
Markaziy bank depozit siyosatiorqali mamlakat resurs bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko'rsatadi. Odatda tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha asosiy mezonlami aniqlab beradi. Bundan tashqari, Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini o‘zgartirish orqali depozitlaming ko'payshi va qisqarishiga ta’sir qilishi mumkin. Umuman olganda Markaziy bank o‘zining valyuta va depozit siyosatiga orqali muomaladagi pul massasi hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.
2017 yil 13 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda mamlakatimizda Markaziy bankningmonetarsiyosatiniyanadatakomillashtirish borasida quyidagi vazifalar belgilab qoyilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlaming barqarorligini ta’minlashda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish prinsip va mexanizmlarini xorijiy markaziy banklari tomonidan qollaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga olish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yilning 1 martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishning o^rta muddatli konsepsiyasini harnda 2018-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish boyicha «yol xaritasini» ishlab chiqish va tasdiqlash;
umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy o'sish, davlat byudjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar darajasining barqarorligi boyicha o‘zaro harakatlar va maqsadlaming kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;
likvidlikni ta’minlash va jalb qilish operatsiyalari boyicha pul-kredit siyosatining samarali qollaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytirish;
tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda, shu jumladan, kreditlar boyicha bozor mexanizmlarini keng joriy etish;
ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni takomillashtirish;
olib borilayotgan pul-kredit siyosatining, jumladan amalga oshirilayotgan siyosatda qollanilayotgan instrumentlar va yakuniy maqsadlar to‘g‘risida axborot yetkazib berish yoli bilan, shaffoflik va oldindan bashorat qilish imkoniyatini oshirish.
Qarorda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishi kelgusida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, Markaziy bank pul-kredit siyosatini yanada takomillashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar
miqdorini aniqlash asoslari
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi, bu - muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim ЬоЧдап naqd pul miqdorini aniqlashdan iboratdir. Ushbu vazifa muomala uchun zarur naqd pul mablaglariga bolgan talabni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Malumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun tolovlarda qollaniladi. Yoki, naqd pul aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida koYsatilgan naqd pulli tolovlaming jami tolovlardagi ulushi bilan aniqlanadi.
Demak, naqd pulga bolgan talab umumiy pul massasiga bolgan talabning bir qismidir. Lekin, umumiy pul massasiga nafaqat tovarlar va xizmatlar hajmi, balki pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. Ushbu omillar nazariy jihatdan olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan va bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlaming iqtisodiyotini boshqarishda pulga bolgan talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qollanilmoqda. Fanda bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi) nomi bilan mashhur bo lib ketgan.
Bunda shuni qayd etib olish lozimki, klassik - dastlabki monetarizm asoschilari muomala uchun zarur bolgan pul miqdorini asosan muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli tolovlar yiglndisidan kelib chiqqan hold a aniqlashga uringanlar.
Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari muomaladagi pul miqdorini belgilovchi yangi obyektiv omillar vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, pul muomalasi banklar tomonidan tartibga solina boshlangandan so‘ng pulga bolgan talab va taklif banklaming ssuda foizlari darajasiga ko‘proq boglanib borishi kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan
pulga bolgan talab va taklifni boshqarish bilan bogliq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.
Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul miqdorini aniqlash bo^icha olimlar tomonidan bugungi kungacha yaratilgan barcha nazariyalami taxlil qilib chiqish mumkin emas. Lekin, Markaziy banklar tomonidan arnalga oshirilayotgan zamonaviy naqd pul siyosatining negizini chuqurroq tushunish uchun ulaming ayrimlarini keltirib o^amiz.
Masalan, ingliz iqtisodchisi U.Petti (1623-1687) muomala uchun zarur bolgan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi uchun tolanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yiglndisiga teng bolishi lozim deb hi soblagan.
Ingliz faylasufi J.Lokka (1632-1704) muomala uchun zarur bolgan naqd pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara haqining to'rtdan bir qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yiglndisi sifatida topishni taklif qilgan.
Ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) muomala uchun zarur bolgan naqd pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar qiymatining to'qqizdan bir qismi yoki yer ijarasi uchun tolanadigan haqning uchdan bir qismiga teng bolishi lozimligini e’tirof etadi.
Shotland iqtisodchisi A.Smitt (1723-1790) ushbu ko‘rsatgichni aniqlash mumkin emas deb hisoblagan bolsa ham, lekin ko‘pgina olimlar uni yillik umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining beshdan, o‘ndan, yigirmadan va olitizdan bir qismiga teng bolishini takidlaganlarini eslatib oladi.
Agar, e’tibor berilgan bolsa yuqorida sanab olilgan nazariyalar klassik, ya’ni dastlabki monetarizmga taalluqli ekanligini sezish qiyin emas.
Zamonaviy monetarizm nazariyasining ilk namoyondalaridan bolgan ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842 - 1924) muomala uchun zarur bolgan naqd pullar miqdori aholining qolida pul ushlab turish istagi va
ulardan daromad ololmaslik xavfi bilan olchanishini o‘rtaga tashlagan. Yoki, A. Marshall fikricha odamlar qolidagi ortiqcha naqd pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala uchun zarur bolgan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil bolib hizmat qiladi.
Miqdoriy pul nazariyasining yorqin namoyondalaridan bolgan mashhur ingliz olimi J. Keyns (1883 - 1946) ilk bor muomala uchun zarur pul miqdorini bank foizlari darajasi bilan bogliq ekanligini aniqlashga muvaffaq boldi. Uning fikricha bank foizlari stavkasi tushib ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan ko‘ra o‘z qollarida ushlab turishni ma’qul koYadilar va muomalada pulga bolgan talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi koYarilsa, odamlar qolidagi pullarini daromad olish maqsadida banklarga qoyishdan manfaatdor boladilar va muomalada pulga bolgan talab pasayib ketadi. Ko‘rinib turibdiki, J. Keynsning pulga bolgan talabni aniqlash talimoti uchun “foizlar nazariyasi” asos bolib xizmat qilgan.
Shundan kelib chiqqan holda J. Keyns, muomala uchun zarur bolgan pul miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan tortib to ellikdan bir qismigacha bolgan oraliqda olchanishi mumkin deb hisoblagan. J. Keynsning bu fikrini inkor qilib bolmasada, lekin uning nazariyasiga koYa muomala uchun zarur bolgan naqd pulning aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi.
Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini qidirish boyicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi olimlar tomonidan pul miqdorini aniq koYsatkichlariga erishish boyicha bir qancha yangi nazariyalar yaratildi.
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va J.Tobinlar tomonidan bir-biriga bogliq bolmagan holda yaratilgan “portfel tanlovi” nazariyasidir.
Ushbu nazariyaga asosan bitimlami amalga oshirish uchun naqd pulga bolgan talab odamlaming kassa shaklida (qolida) saqlanadigan naqd pullar boyicha vujudga keladigan altemativ xarajatlarini (bank foizlari sifatida olinishi mumkin bolgan daromadlarini yo‘qotilishi nazarda tutilmoqda) hisobga olgan holda aniqlanadi. Yoki, mualliflar yil davomida baholar barqaror va xarajatlar bir xil bolgan hollarda, odamlar rejalashtirilgan tolovlami amalga oshirish uchun qancha naqd pullami o‘z qolida saqlab turishlari maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo^yishgan va uni quyidagi formula orqali ifodalashgan:
N= 4iY / 2F
burtda:
N - bankka tashriflar soni;
F - har bir tashrifning xarajatlari qiymati;
Y - qoldagi naqd pullar miqdori (aniq kassa qoldiqlari);
i - omonat boyicha tolanadigan bank foiz stavkasi.
Bunga koYa, bankka tashriflar soni oshgan sari xarajatlar ko'payadi va odamlar qolidagi pul miqdori oshib boradi, ayni paytda esa bankdan olinishi mumkin bolgan foizlar koYinishidagi daromadlar kamayib boradi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida bizning Respublikada ham boshqa barcha sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakatlar qatori muomala uchun zarur bolgan pul miqdori sobiq “SSSR Davlat banki” qollagan kassa rejasini tuzish usuli bilan aniqlanib keldi. Malumki, ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuliga asoslangan sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va pulli hizmatlar narhi hamda unga asosiy qarama-qarshi koYsatgich bolgan ish haqi miqdori deyarli oYgarmasdi. Bu esa, bank kassalaridan beriladigan va kelib tushadigan naqd pullar miqdorini aniq belgilash imkonini berardi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari tola shakllanib ulgurmagan sharoitda bizning Respublikada ham kassa aylanmalarini homchoY qilish orqali naqd pul muomalasini tartibga solish usulidan foydalanilmoqda. Tijorat banklari kassa aylanmalarini xom - choli faqat choraklik davrlar uchun qollanilmoqda.
OYbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pulga bolgan talab va taklifni oYganish maqsadida statistika
organlaridan olingan malumotlarga asosan quyidagi ishlami amalga oshiradi:
xalq iste’mol mollarining umumiy hajmi, turlari boyicha ishlab chiqarilishi, chiqarilayotgan mahsulotlar aholi talablariga mos bolishi borasida doimiy monitoring olib boradi, tayyor sanoat mahsulotlarining qoldig‘ini, savdoning ahvoli va tovar zahiralarining holatini, chakana savdo tarmogldagi tovar zahiralari tarkibini tovar aylanma- sining moljaldagi hajmining bajarilishini tahlil qiladi;
aholining tovarlar va xizmatlarga bolgan ehtiyoji qanday qondirilayotganini o‘rganadilar hamda ana shu o‘rganish natijalaridan aholining tolovga qobil talabini qondirishni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
pul muomalasining holatini hamda uning tavsiflovchi ko^satkichlami tahlil qilish asosida tegishli idoralar bilan birgalikda pul muomalasini barqarorlashtirish, tashkilotlaming naqd pulga bolgan ehtiyojlarini uzluksiz qondirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib, joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga qo^yadilar.