Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
* inflyatsiya ideksi;
■ qayta moliyalash stavkasi;
likvidlilik;
ishsizlik ko(rsatkichi va boshqalar.
Kredit maijasining darajasi bank krediti bahosining arzon yoki qimmat bolishiga bevosita ta’sir qiladi. Kredit bahosi kredit xizmatlarini koTsatishda bank va mijoz ollasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq, bank tomonidan belgilangan qo'shimcha tolovlami ham o‘z ichiga oladi. Mazkur yondashuv bo^icha kredit bahosi hisoblanishini quyidagi formulada ifoda etamiz:
R=Dr+Do+P+S+A
bu yerda:
R - bank krediti bahosi;
Dr - bankning jalb qilingan resurslari bahosi;
Do - tijorat banki operatsion xarajatlari qismi;
P - kredit riski bo^icha ustama;
S - bank maijasi;
A- bank tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha tolovlar.
Tijorat banklarida kredit bahosi shakliani shiga bankning jalb qilgan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlaming ish haqi xarajatlari, kreditni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi, kreditlar bo^icha tashkil qilinishi mumkin bolgan maxsus zaxiralar bilan bogliq boshqa xarajatlar sezilarli ta’sir etadi. Shu bilan birga, tijorat banklari kredit portfeli tahlili asosida riskli tarmoqlar aniqlanishi va kredit riski bo^icha ustamaning kredit bahosi shakllantirilishida hisobga olinishi maqsadga muvofiq.
Kredit foiz stavkalari hisoblash usuliga muvofiq oddiy va murakkab foiz stavkalariga bolinadi. Oddiy foiz stavkasida foizlami hisoblash asosiy qarzning qoldiq summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Murakkab foiz stavkasida esa, hisoblangan foizlar asosiy qarz qoldig'iga qo‘shilib foizlar hisoblanadi.
To'lash shakliga ko‘ra, foizlar oddiy va diskontlangan shaklda bo lib, oddiy foizlarda kredit bo^icha foizlami
tolash olingan kreditni qaytarish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Diskontlangan foizlar esa, kredit berilgan vaqtda ushlab qolinadi va jadval asosida shartnomada qayd etilgan muddatda asosiy qarz summasi qaytariladi.
Inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda kredit foiz stavkalarini nominal va real foiz stavkalariga ajratamiz. Nominal foiz stavkasi rasmiy elon qilinadigan va shartnomalarda belgilanadigan foiz stavka bolib hisoblansa, real foiz stavkasida inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.
Tijorat banklari va mijozlar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida iqtisodiyotda yuz beradigan inflyatsion ta’sirini foiz stavkalarining o‘zgarishi hisobga olinishi lozim. Bu esa, tijorat banklari kreditlari va ulardan olinadigan foizli daromadlaming o‘zgarishiga ijobiy ta’sir koYsatadi. Suzib yuruvchi foiz stavkalami qollashni shartnoma shartlari sifatida kiritish orqali bank faoliyatida oid stavkalari o‘zgarishi riski kamaytiriladi va uni samarali boshqarishga yordam beradi.
Tijorat banklarida kreditlar bo^icha hisoblangan foizlami tolash davriyligiga muvofiq, antisipativ va dekursiv stavkalarga ajratiladi. Antisipativ foiz stavkasida kreditlar boyicha hisoblangan foizlar belgilangan davming boshida mijozlardan undirib boriladi. Antisipativ foiz stavkasi rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida inflyatsiya yuqori bolgan sharoitda kreditlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida qollaniladi. Jahon amaliyotida kredit foizlarini tolashda keng tarqalgan usullardan biri dekursiv stavkasi orqali amalga oshiriladi. Dekursiv foiz stavkasi qollanilganda hisoblangan foizlar belgilangan davr oxirida tolanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank kredit bahosi o‘ziga xos fiinksiyalami bajaradi.