Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
3.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respubli-
kasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston 
Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  to‘g‘risida»  gi  60  –  sonli 
nizomga asosan tashkil etiladi.  
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, 
umumiy  talab  va  qoidalarini  belgilash  hamda  nazorat  qilish  Markaziy 
bank tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston  tijorat  banklari,  tegishli  qonuniy  va  me’yoriy 
hujjatlar asosida  mulkchilik shaklidan qa’tiy  nazar xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga  quyidagi  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  shakllarini 
amaliyotga joriy etadi: 
 to‘lov topshiriqnomalari; 
 to‘lov talabnomalari;  
 akkreditiv; 
 inkasso topshiriqnomasi; 
 hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. 
O‘zbekistonda  bozor  munosabatlarining  tobora  chuqurlashib 
borishi  tijorat  banklari  xizmatlarining  turlarini  oshib  borishiga  turtki 
bo‘lmoqda.  Mana  shunday  xizmatlardan  biri  naqd  pulsiz  hisob  – 
kitoblarni  plastik  kartochkalar  orqali  amalga  oshirish  bo‘lib,  hozirgi 
paytda  hisob  –  kitoblarning  ushbu  shakli  asosan  aholi  va  xo‘jalik 
subyektlari  o‘rtasida  qo‘llanilmoqda.  Ta’kidlash  lozimki,  plastik 
kartochkalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  juda  qulay  va 
oson  bo‘lib,  kelgusida  aholi  tomonidan  to‘lovlarni  amalga  oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. 
Yuqorida  qayd  etilgan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga 
oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: 
 – to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan 
tovarlar  yoki  xizmatlar  uchun  o‘z  hisobvarag‘idan  mablag‘ni  to‘lash 
haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi; 


76 
 –  to‘lov  talabnomasi,  ushbu  hujjat  asosida  mijoz  jo‘natgan  mol 
yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib 
berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi; 
 –  inkasso  topshiriqnomasi,  ushbu  hujjat  asosida  Markaziy  bank 
tomonidan  belgilab  qo‘yilgan  tashkilotlar  to‘lovchining  hisobvarag‘i-
dagi  mablag‘ni  uning  roziligini  olmasdan  tegishli  manzilga  o‘tkazib 
berish  haqida  bankka  topshiriq  beradi,  agar  to‘lovchining  hisobva-
rag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi 
kartoteka 2 da hisobga olib boriladi; 
 –  akkreditivga  ariza,  mijoz  sotib  oladigan  tovarlar  va  xizmatlar 
uchun  to‘lanadigan  mablag‘larni  deponentlash  haqida  o‘z  bankiga 
taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; 
 – hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashki-
lotlari  o‘rtasida  qo‘llaniladigan  hujjat  bo‘lib,  uchinchi  shaxs,  asosan 
savdo  tashkilotlari  chekdagi  mablag‘ni  talab  qilib  o‘z  bankiga  taqdim 
etadi; 
 –  memorial  order,  ushbu  hujjat  bankning  ichki  operatsiyalarini 
bajarishda,  shuningdek,  shartnomada  ko‘rsatilgan  hollarda  mijozlar-
ning  hisobvaraqlaridan  mablag‘larni  ko‘chirishda  bank  tomonidan 
qo‘llaniladi.
 
 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish