Kredit pullar. Kredit pullar tovar ishlab chiqarishni jarayonining
rivojlanishida vujudga kelgan bo‘lib, tovarning oldi-sotdisi uchun
to‘lovni kechiktirish (kreditga berish) tarzida amal qiladi. Kredit
pullarini vujudga kelishining maqsadi va zarurligi iqtisodiyotda tovar-
pul aylanmasini tezlashtirish va osonlashtirish bo‘lib, tovar
aylanmasida to‘lovlarni haqiqiy pullar bilan emas, balki ularning
o‘rinbosarlari orqali amalga oshirishga qaratilgan. Keyinchalik tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida kredit pullari o‘zining
dastlabki mohiyatini anchagina yo‘qotdi. Kredit pullarning rivojlanish
jaryoni va shakllari quyidagicha bo‘lgan: veksel, akseptlangan veksel,
banknota, chek, kredit kartochkalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |