156
IX BOB. KREDITNING ZARURLIGI, FUNKSIYALARI,
SHAKLLARI VA TURLARI
9.1. Kreditning zarurligi va mohiyati
Jamiyatda tovar – pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan
muhim ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari
hisoblanadi.
Kredit bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida tuzilgan ssuda
bitimiga asosan, kreditor tomonidan kredit oluvchilarga pul yoki tovar
shaklidagi moddiy ne’matlarni ma’lum bir muddatga uning qiymatini
qaytarib berishi va foydalangan davri uchun qo‘shimcha to‘lov (foiz)
to‘lanishini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlardir. Demak, bu
sharoitda kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib kreditor va kredit
oluvchilar hisoblansa, uning obyekti bo‘lib tuzilgan bitimga binoan
ma’lum muddatga foydalangani uchun berilgan pul yoki tovar
shaklidagi moddiy buyumliklar hisoblanadi. Kreditning maqsadi bo‘lib
foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish hisoblanadi.
Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, pul mablag‘larining
samarali ishlashiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxs-
larning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarf qilmasdan qo‘shimcha pul
mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy
adabiyotlarda
kredit
munosabatlarining
yuzaga
kelishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar aks ettirilgan.
Birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida kapitalning aylanish
davrining turlichaligi. Ma’lum bir tovarni ishlab chiqarish davri bir
necha soatni tashkil etsa, boshqa bir tarmoqda bu davr (P–T–I/Ch–T
1
–
P
1
) bir necha oylar hattoki yillarni tashkil etishi mumkin. Bu sharoitda
qaysi tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish davri qisqa bo‘lsa ular
bozorda sotuvchi sifatida tayyor, lekin boshqa bir tarmoqda ishlab
chiqarish davri uzoqroq davom etsa ular bozorda sotib oluvchi sifatida
tayyor bo‘lmaydi. Bu sharoitda ular tovarlarni kredit hisobidan sotib
olishga yoki banklardan kredit olib mahsulot sotib olishga maj-
burdirlar.
157
Ikkinchidan, kapitalizmga kelib ishlab chiqarilgan tayyor mahsu-
lotlar hajmining keskin oshishi. Masalan, mehnat taqsimotining
dastlabki davrlarida bir etikdo‘z bir juft etik tiksa uni kreditsiz bemalol
sotishi mumkin edi. Biroq kapitalizm sharoitida oyoq kiyim fabrikasida
bir kunda bir necha yuz minglab etik ishlab chiqarila boshladi. Bu esa
o‘z navbatida mahsulotning bir qismini kreditga sotish zaruriyatini
vujudga keltirdi.
Uchinchidan, kapitalizm davrida mahsulot ishlab chiqaruvchilar
va iste’molchilar orasidagi masofaning uzayishi. Avvallari etikdo‘z
tikkan etigini shu kunning o‘zida sotgan bo‘lsa, endi bir mamlakatda
ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa davlatlarda sotilmoqda. Bu esa
o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqaruvchining mahsuloti sotilgunga
qadar (T
1
–P
1
) ma’lum bir davrni talab etadi. Bu davrda ishlab
chiqaruvchi tovarlarni sotguncha o‘z faoliyatini yuritib turishi uchun
kreditdan foydalanishga majbur bo‘ladi.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo‘g‘inlarida
bevosita yoki bilvosita alohida ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida
o‘rganiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so‘zi lotincha “creditum” –
ssuda, qarz so‘zidan paydo bo‘lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi
olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd
etadi
42
. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan subyekt-
larning bir – biriga bo‘lgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda
kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan
“ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun
birgina ishonchning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Kredit va kredit
munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday
bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o‘rtasida o‘zaro
iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz
oluvchi nuqtai nazardan ko‘radigan bo‘lsak, kreditorni ushbu muno-
sabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik,
ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish
jarayonini uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaat-
dorlikka erishishdir.
42
Деньги, кредит, банки: Учебник/Под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. М.: ТК Велби,
Проспект, 2008. С.410.
158
Bundan ko‘rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini
vujudga kelishi va rivojlanishida har ikkala tomonning ham iqtisodiy
manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |