Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
7.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari 
  
Inflyatsiya  –  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi,  iqtisodiyotda 
tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida 
vujudga  keladi.  Inflyatsiyani  vujudga  kelishiga  qator  omillar  ta’sir 
qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.  


140 
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, mil-
liy  valyutaga  nisbatan  ishonchning  pasayishi,  mamlakatning  nomu-
tanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin.  
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtiso-
diy  inqirozlar,  moliya  va  fond  bozorlarida  indekslarning  o‘zgarishi 
kabilarni keltirish mumkin. 
Ta’kidlash  joizki,  oltin  va  kumush  tangalar  pul  vazifasini  bajar-
gan  davrda  iqtisodiyotda  inflyatsiya  muammosi  mavjud  bo‘lmagan. 
Metall  pullar  o‘rnini  qog‘oz  va  tanga  pullar  egallagandan  so‘ng 
iqtisodiyotda  inflyatsiya  bilan  bog‘liq  ziddiyatli  holatlar  vujudga  kela 
boshladi.  Chunki,  qog‘oz  va  tanga  pullar  o‘zida  haqiqiy  qiymatni  aks 
ettirmaydi.  Dastlabki  davrda  ushbu  pullar  oltin  va  kumush  metallar 
hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. 
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishiga  muomala  va  ishlab  chiqarish 
sohasi,  shuningdek,  mamlakatdagi  iqtisodiy  –  siyosiy  omillar  ham 
sabab bo‘ladi.  
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishida  pul  muomalasi  omillariga 
byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda 
chiqarilgan  pullar,  iqtisodiyotda  asossiz  ravishda  berilgan  kreditlar 
hajmining  ortib  borishi,  mamlakat  pul  –  kredit  siyosatiga  aholi  ishon-
chining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy  siyosiy  omillarga  mamlakatda 
import  hajmining  eksport  hajmidan  ortib  ketishi,  tovarlar  va 
ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  va  sifatining  pastligi,  byudjet  –  soliq 
siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy munosabatlar doirasida 
amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Inflyatsiyaning  vujudga  kelishining  asosiy  sabablaridan  biri 
iqtisodiyotdagi  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o‘rtasidagi  muvozanatning 
buzilishidir.  Inflyatsiya  sharoitida  kapital  ishlab  chiqarish  doirasidan 
muomala  doirasiga  oqib  o‘ta  boshlaydi,  chunki  ishlab  chiqarish 
jarayoni  iqtisodiy  jihatdan  samarasiz  sohaga  aylanib  boradi.  Muomala 
jarayoni  ko‘p  vaqtni  talab  etmaganligi  bois,  dastlabki  bosqichlarda 
uning  ishtirokchilariga  ma’lum  miqdorda  iqtisodiy  foyda  keltiradi, 
lekin  inflyatsiya  jarayonlarini  tezlashtirishga  xizmat  qiladi.  Inflyatsiya 
mexanizmi  o‘z  –  o‘zidan  rivojlanib,  barcha  soha  va  tarmoqlarni  qam-
rab  oladi,  uning  ta’sirida  jamg‘armalar  hajmi  qisqaradi,  kredit, 
investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.  


141 
Inflyatsiyani  keltirib  chiqaruvchi  birinchi  sabab  –  mamlakatda 
bozor  mexanizmlarining  to‘liq  joriy  etilmasligi,  davlatning  byudjet 
daromadlari  va  xarajatlari  ustidan  monopol  tartibni  joriy  etishi  hisob-
lanadi.  Bunda  davlat  byudjetining  daromadlaridan  ortiqcha  bo‘lgan 
xarajatlar,  ya’ni  byudjet  taqchilligi  muomalaga  qo‘shimcha  pullar 
chiqarish  yo‘li  bilan  qoplanadi.  Byudjet  taqchilligini  qoplash  uchun 
muomalaga  chiqarilgan  pullar  tovar  moddiy  qiymatliklari  bilan 
ta’minlanmaganligi  oqibatida  mamlakatda  inflyatsiya  darajasining 
ortishiga olib keladi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish