Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)
1970 yillarning boshida AQSh iqtisodiyotida inflyatsiya
darajasining yuqoriligi Bretton – Vuds tizimi faoliyatini davom
ettirishiga ham jiddiy xavf sola boshladi. Inflyatsiyani oldini olish
maqsadida 1971 yilning 15 avgustida AQSh Prezidenti Nikson barcha
ish haqi va narxlarni muzlatdi, shuningdek, Bretton – Vuds tizimi
qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi.
Xususan, AQSh Yevropa mamlakatlari Markaziy banklari
hisobvaraqlarida yig‘ilgan dollarni oltin bilan so‘ndirish xususidagi
talabini qondirishdan bosh tortdi. AQSh Prezidenti oltin standartidan
butunlay voz kechganligi to‘g‘risida axborot berdi. Jahon pul tizimi 30
yillarning tartibsizligiga qaytdi.
1930 yillarda AQShda dollarni oltinga bog‘liqligini saqlanishi,
jahon pul tizimidagi tartibsizliklarni chuqurlashib ketishini oldini olgan
edi. Endilikda, dollar oltin bilan ta’minlanmagan oddiy qog‘oz pulga
aylangan edi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy salbiy oqibatlarni: valyuta
to‘siqlari, devalvatsiyaning ortishi xalqaro savdo va investitsiya
faoliyatini to‘xtashi kabi moliyaviy, iqtisodiy “urush”ni yuzaga
kelishiga, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi bo‘lishiga jiddiy xavf
tug‘dirdi.
Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy – iqtisodiy inqirozni
oldini olish uchun turli chora – tadbirlar loyihalarini ishlab chiqdi.
336
1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh
tomonidan ilgari surilgan taklif Yamayka konferentsiyasida muhokama
qilindi va tasdiqlandi. Ushbu kelishuvga asosan jahon valyuta tizimi
oltin bilan ta’minlanmagan bo‘lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu
davrdan boshlab, oltin milliy valyutalarning ta’minlanganlik vazifasini
bajarishni to‘xtatdi.
AQSh Prezidenti Nikson tomonidan jahon valyuta tizimiga
kiritilgan yangilik, amaldagi Bretton – Vuds tizimi yoki 20 yillarning
oltindeviz standartidan ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan
mamlakatlar qat’iy belgilangan valyuta kurslarini saqlashi bilan birga,
yangi tizimga ko‘ra valyutalar oltin yoki boshqa jahon pullari bilan
ta’minlanmaganligi bekor qilindi. Yevropa valyuta kurslari sun’iy
ravishda baholandi.
AQSh dollarining kursini doimiy 35 doll darajada bo‘lishini
ta’minlashi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan dollarning devalvatsiyasi
38 dollar qilib belgilandi.
Yangi valyuta tizimida valyutalarning yagona ayriboshlash
qoidalarining mavjud emasligi, ularni qat’iy ayriboshlash kursini amal
qilishida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, Smitson
kelishuvida AQShdagi inflyatsiyani, dollar kursi va tashqi savdo
kamomadini tartibga soluvchi qoidalarning yo‘qligi, iqtisodiy vaziyatni
yanada chuqurlashtirdi.
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida “yevrodollar” massasini
muntazam o‘sishi, oltinga ayriboshlash shaklining barham topishi
natijasida erkin bozordagai oltinning bahosi 215 dollargacha ko‘tarildi.
Mamlakatlar valyuta ayriboshlash kurslari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklarni kelib chiqishi, dollarga yuqori baho berilganligi va Yevropa,
Yaponiya davlatlari valyutalari sun’iy baholanganligidan dalolat
bergan edi. Buning natijasida 1973 yilning fevral – mart oylarida jahon
moliya bozori ishtirokchilari sarosimaga tushdi. Chunki, dollarga
ishonchsizlikni yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan
bosh tortdi. Shunday qilib, Smitson kelishuvi imzolanishidan bir yil
o‘tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham topdi.
Smitson kelishuvida belgilangan qoidalarni o‘zini to‘liq oqlama-
ganligi dollarga bo‘lgan ishonchsizlikni yanada kuchaytirdi. Moliya
bozoridagi tartibsizliklar dollar dealvatsiya qilinishini talab etdi.
Qog‘oz pullarning suzib yuruvchi kursida, valyuta kurslari talab va
taklifdan kelib chiqib erkin aniqlandi. Bu esa, Yevropa valyuta
337
birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi, Shveysariya franki
va Yaponiya iyenasi kabi qattiq valyutalarni qadri ko‘tarilishiga olib
keldi. Shu qatorda yevrodollar muammosining barham topishi bilan
AQSh to‘lov balansi kamomadi ham me’yorlashdi. Chunki, dollar
kursi tushishi, AQShning jahon bozoridagi tovarlari bahosiga ijobiy
ta’sir qildi va Amerika eksportini o‘sishini ta’minladi. O‘z navbatida
valyuta bozorini tartibga solish uchun vaqti – vaqti bilan davlat
tomonidan valyuta interventsiyasi o‘tkazilishi, valyuta bozorini erkin
faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar
mavjudiligi ayon bo‘ldi. Chunki, qattiq valyutaga ega bo‘lgan
mamlakatlar milliy valyutasining qadrini o‘sishi iqtisodiyotga salbiy
ta’sir ko‘rsata boshladi. Ya’ni milliy valyutaning uzoq vaqt o‘sish
tendentsiyasiga ega bo‘lishi, milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini
narxini o‘sishiga, iste’mol tovarlari bozorini Amerika tovarlari bilan
to‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda shu kabi holatlarni oldini olish
maqsadida boshqa davlatlar 1930 yillarda bo‘lgani kabi, turli
valyutaviy nazoratlar, valyuta devalvatsiyasi va boshqa iqtisodiy
me’yorlar joriy qilindi. Shuni ta’kidlash joizki, dollarning
qadrsizlanishi, Amerikada import tovarlarining bahosini o‘sishiga ta’sir
ko‘rsatdi. Boshqa davlatlarda arzon amerika tovarlariga bo‘lgan talab
yanada ortadi. AQSh bozorlarida esa eksport tovarlarini hajmini
kamayishi, ichki bozorda bunday tovarlarning (go‘sht va bug‘doy)
bahosini o‘sishiga olib keldi. Aytish joizki, dollarning qadrsizlanishi
eksporterlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bu – inflyatsiya
solig‘ini to‘layotgan iste’molchilar to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatgan.
AQShning 1971 yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan
voz kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib yuruvchi valyuta kurslarini
joriy qilinishi, jahon valyuta tizimida uzoq vaqt inflyatsiyani
saqlanishiga sabab bo‘ldi. Qog‘oz pul nazariyasi tarafdorlari bo‘lgan
keynschilar va Milton Fridman kabi iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi
natijasida dollarni oltinga nisbatan kursi 8 – 10 dollargacha tushishini
taxmin qilishgan edi. Amaliyotda esa Bretton – Vuds tizimi joriy
etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida
umuman pasaymadi. Aksincha, 1971 yillarga kelib oltinning bozor
bahosi bir necha marta oshib ketdi. Fransiyaning davlat maslahatchisi
Jak Ryueff tomonidan 50 – 60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar
338
miqdoridagi narx taklif qilinishi, AQShning qarshiligiga sabab bo‘lgan
edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning erkin bozordagi bahosi 70
dollardan bir necha marta oshdi.
1973 yilda butun davlatlar iqtisodiyotida hukm surayotgan
inflyatsiyani ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari tobora chuqurlashib bordi.
Erkin bozorda narxlarni shakllanishida noaniqliklar va beqarorlik
yuzaga keldi. Bu jahon valyuta tizimini qat’iy valyuta kurslariga va
paritetiga asoslangan Bretton – Vuds tizimi qoidalaridan chiqish bilan
izohlanadi.
Ya’ni amaliyotga valyutalarning suzib yuruvchi kurslarini
kiritilganligi, oltinning rasmiy qiymatini yo‘qolganligi va AQShning
boshqa davlatlar Markaziy banklari hisobvarag‘larida yig‘ilgan
“yevrodollar”larni oltinga ayriboshlashdan bosh tortishi, Bretton –
Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan
95
.
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo – iqtisodiy munosabatlarni va
investitsiya oqimini qayta tiklash maqsadida 1976 yil Kingston
(Yamayka) shahrida bo‘lib o‘tgan konferentsiyada Xalqaro valyuta
fondi tomonidan yangi valyuta tizimi taklif qilindi. 1978 yilning apreli
oyida ratifikatsiya qilingan Yamayka kelishuvi, valyutalarni qat’iy
belgilangan kurslarini bekor qildi. Shu bilan birga, oltin likvid aktiv
sifatida Markaziy banklarda tayanch valyuta bo‘lib qoldi. Xalqaro
valyuta jamg‘armasi Yamayka kelishuvi doirasida davlatlarga valyuta
kurslarini aniqlash qoidalarini tanlash xuquqini berdi. Yamayka
kelishuviga asosan oltin demonetizatsiyasi
96
ko‘zda tutilgan. Ya’ni:
- ikki davlat valyutalari nisbatida – oltin va oltin paritetining
rasmiy qiymati bekor qilindi;
- davlat organlari va Markaziy banklar dollarni oltinga ayribosh-
lash to‘xtatildi;
95
1967 йилда Франция Марказий банки ҳисобварағида йиғилган 4,704 млрд долларни 4,2
минг тонна олтинга айрибошланиши ва олтинга эркин конвертирланадиган франкни жорий
қилиши, кейинчалик Германиянинг ҳам шундай йўл тутиши, 1971 – 1973 йилларда Бреттон –
Вудс тизимини инқирозга учратди. Чунки АҚШ нинг олтин захиралари 12,5 минг тоннагача
камайиб кетиши натижасида Р.Никсон раҳбарлигидаги Президент маъмуриятини олтинни эркин
айрибошланишига чек қўйишига сабаб бўлди. Долларнинг 10 % га девальвация бўлиши
натижасида олтиннинг баҳоси кўтарилди. Валюта инқирози НАТО таркибидаги АҚШ, Франция
ва Германия ўртасида келишмовчилик келтириб чиқарди. (Шавшуков В.М. Система глобальных
финансов и ее современное состояние // Проблемы современной экономики. 2002. № 2. С. 46)
96
Олтинда, пул функцияларини йўқолиши юридик ва реал жараёнлар билан изоҳланади.
Ямайка валюта тизими қоидаларига асосан олтин демонетизацияси юридик мустаҳкамланди.
Лекин Халқаро валюта жамғармаси низомида олтинни халқаро захира активи эканлиги ман
этилмаган, шунинг учун хақиқатда олтин демонетизацияси тугатилмаган.
339
- oltinni bozor bahosida sotish va sotib olishga ruxsat berildi;
- mamlakatlarga valyuta kurslarini aniqlash rejimlarini tanlash
xuquqi berildi;
- valyuta kurslarini qat’iy belgilangan kursi o‘rniga suzib
yuruvchi valyuta kurslari joriy etildi;
- xalqaro valyuta jamg‘armasiga, a’zo mamlakatlar valyuta
siyosati ustidan nazorat qilish vakolati berildi.
Suzib yuruvchi valyuta kurslarining doimiy o‘zgaruvchanligi,
ularning barqaror faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatishini oldini olish
uchun a’zo mamlakatlar, valyuta tizimida qabul qilingan qoidalar
to‘g‘risida o‘z vaqtida Xalqaro valyuta jamg‘armasini ogohlantirish
majburiyatini oldi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi, a’zo davlatlardan
batafsil olingan ma’lumotlarga asosan, mamlakatlarni valyutalarning
uch kategoriyasidan biriga kiritadi:
-bir yoki bir necha valyutalarga bog‘langan valyuta;
-ayriboshlash kursi bir yoki bir necha valyutalarga nisbatan
egiluvchan bo‘lgan valyutalar;
-egiluvchanligi yuqori bo‘lgan valyutalarning ayriboshlash kursi.
Ta’kidlash joizki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatlarni,
uchta kategoriya bo‘yicha guruxlashtiradi va bu har yili o‘zgarib turishi
mumkin. Masalan, 1983 yilda jahonning 38 mamlakati o‘z
valyutalarini dollarga bog‘lagan, 1985 yilda ularning soni 31 tagacha,
1990 yilda 28 tagacha kamaydi. Aksariyat davlatlar qattiq valyuta
siyosati yuritib, valyuta tizimi kuchli nazorat ostiga olgan. Shu o‘rinda
mamlakat
valyuta
ayriboshlash
tizimini
litsenziyalashtirilishi
97
natijasida valyutalar to‘liq konvertatsiya qilinmaydi.
Yamayka valyuta tizimi Bretton – Vuds valyuta tizimiga nisbatan
egiluvchan bo‘lib, mamlakatlar to‘lov balansi va valyuta kurslari
beqarorligiga moslashuvchan hisoblanadi. Shu bilan birga, Yamayka
valyuta tizimini amal qilishi jarayonida, bir qator murakkab
muammolar mavjudligi ko‘zga tashlandi. Xususan, SDR standartining
samarasizligi
98
, yuridik jihatdan oltin demonetizatsiya qilinishi va
97
Бунга асосан Марказий банк томонидан қатъий айрибошлаш курслари белгиланади ва
экспортни амалга оширувчи хўжалик юритувчи субъектлари, валюта тушумлари бўйича
белгиланган курсда айрибошлаш мажбуриятини олади.
98
СДР стандарти мукаммал эмас. Чунки, СДР ни амал қилиш доираси Халқаро валюта
жамғармасининг операциялари доирасида чегараланган. Жаҳон валюта тизимида доллар
стандарти амалий жиҳатдан сақланиб қолди. СДР нинг валюталар саватчасида долларнинг
улуши 2001 – 2005 йилларда 39 – 45 % дан ортиб кетди.
340
xaqiqatda esa, uning jahondagi likvid aktiv sifatida zaxirada
shakllantirilayotganligi, suzib yuruvchi kurslar tizimining mukammal
emasligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |