1-rasm.
28
Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. М.: Мир энциклопедий Аванта+,
Астрель, 2009. 184 с.: ил. Самые красивые и знаменитые. С. 14.
28
Agar Yevropada bolta juda keng tarqalgan to‘lov vositasi
hisoblansa, Rossiyada iste’mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida
juda keng tarqalgan. Masalan, iste’mol tovarlari ichida buqalar asosiy
to‘lov vositasi sifatida tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto
yerlar ham buqalar bilan o‘lchangan.
Manbalarga ko‘ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar
chorvachilik bilan shug‘ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin
Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to‘lov vositasi sifatida
qo‘ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi natijasida
bug‘doy o‘lchov birligi vositasida foydalanilgan. Bug‘doyni uzoq
saqlash imkoniyati bo‘lmaganligi, u ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‘onoqlari, tosh bolta va
shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga
qarang.
2-rasm.
Qadimda natural pullar turli ko‘rinishda bo‘lib (2 – rasmga
qarang), ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar
ta’sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‘lgan
buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni yetishtirishning murakkablik
darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
29
Metall pullar. Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining
tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmi-
ning ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi
natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat
qurollarini yasab kundalik hayotda foydalandilar. Shu bilan birga,
ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyin-
chalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu-
larning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib
kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin
tayyorladi.
Metalldan yasalgan mehnat qurollarining to‘lov vositasi sifatida
foydalanganligining xususiyati shunda ediki, kishilar metaldan
tayyorlangan bolta va shunga o‘xshash narsalardan to‘lov vositasi
sifatida foydalangan bo‘lsada, ular boshqa maqsadda, ya’ni kundalik
hayotda foydalanish uchun yaratilgan edi. Masalan, kishilar metaldan
yasalgan boltadan ayirboshlash vositasi sifatida keng foydalangan,
lekin u to‘lov vositasini bajaradigan tanga ko‘rinishiga ega bo‘lmagan.
Odamlar stixiyali ravishda metalldan yasalgan boltani to‘lov vositasi
o‘rnida foydalanishgan.
Pulning natural ko‘rinishidan metall tanga shakliga o‘tishi,
yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari quyidagi omillar muhim ahamiyat
kasb etgan.
1. Kishilar metallarga turli shaklda ishlov berishni kashf etilishi.
Ta’kidlaganimizdek, bolta va shunga o‘xshash temir qurollardan pul
vositasi sifatida foydalanilgan, lekin ularni puldan foydalanishning
metall davri deb yurita olmaymiz. Chunki, ushbu mehnat qurollarining
funksiyalari boshqa bo‘lgan. Kishilar metalni kashf qilganlaridan keyin
oradan juda ko‘p davrlar o‘tishi bilan unga ishlov berish yo‘llarini
o‘rgandilar. Bu o‘z – o‘zidan metall tangalarni zarb etishga turtki
bo‘ldi.
2. Davlatchilikning paydo bo‘lishi. Metall kashf etilib,
odamlarga unga ishlov berish yo‘llari ma’lum bo‘lgandan so‘ng,
ma’lum hudud va qabilalar alohida kishilarning hukmronligi, xonligi
va qirolligi ostida boshqarila boshlandi. Bu o‘z o‘zidan o‘sha davrning
hukmroni, xoni yoki qirolining maqeini oshirish, o‘zining chegaralarini
mustahkamlash va qonunlarini yuritish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Bularning barchasi turli tasvirlar va yozuvlar tushirilgan tangalarni
zarb etishga asos bo‘ldi.
30
3. Kishilar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining ortib borishi
natijasida ushbu jarayonning murakkablashuvi. Masalan, dehqon bir
qop bug‘doyni bitta boltaga ayirboshlashi uchun temirchi kosibning
xohishi dehqonning xohishiga mos kelishi lozim. Ya’ni mazkur
holatda, temirchining bir qop bug‘doyga ehtiyoji bo‘lishi kerak. Biroq,
temirchiga bir qop bug‘doy emas, balki bitta qo‘y kerak bo‘lsa, u holda
dehqon bug‘doyni qo‘yga almashtirishi, so‘ngra qo‘yni temirchiga olib
kelib bitta boltaga almashishi zarur bo‘lar edi. Ko‘rinib turibdiki,
kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ayirboshlash
hajmining ortishi natural pullarni to‘lov vositasi sifatidagi vazifasini
amalga oshirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi.
4. Natural shakldagi pullarni saqlash va olib yurishning
qiyinligi. Alabatta, o‘sha paytlarda pulning vazifasini bajargan bolta
yoki boshqa mehnat qurollarini saqlash qiyin bo‘lmagan bo‘lsada, lekin
ularni olib yurish va xavfsizligini ta’minlash odamlarga turli
noqulayliklarni keltirib chiqargan. Pulning vazifasini bajargan
bug‘doy, jun, qo‘y yoki boshqa shunga o‘xshash narsalar esa vaqt
o‘tishi bilan buzilgan, o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotgan. Shu
bilan birga, ularni olib yurish, ayniqsa saqlash ham odamlarga
qo‘shimcha tashvish keltira boshlagan.
Bularning barchasi natural pullar o‘rniga metall pullarni
muomalaga to‘lov vositasi sifatida kirib kelishiga zamin yaratdi.
Dastlab metall tangalar qora rangli temirlardan slitka
ko‘rinishida
tayyorlangan
bo‘lsa,
keyinchalik
to‘rtburchak,
uchburchak, yumaloq ko‘rinishdagi tanga shaklini olgan.
3-rasm.
Vaqt o‘tishi bilan temir tangalar o‘rnini bronza, kumush va oltin
egalladi, 3-rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‘lov
vositasini bajarganda ularning baho masshtabini tanganing og‘irligi
31
bilan aniqlangan. Keyinchalik bronza, mis va oltin tangalar to‘lov vo-
sitasini bajarganda esa baho masshtabi qimmatbaho metallarning
nafaqat og‘irligi, balki ularning xossalari orqali ham aniqlanadigan
bo‘ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning
vazifasini bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga
ehtiyoj bo‘lmaydi. Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega
bo‘lgan asl pul hisoblanib, uning hajmi tovar massasasiga nisbatan
avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi. Ya’ni, agar iqtisodiyotda
tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam bo‘lsa muo-
maladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi.
Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga
nisbatan kam bo‘lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‘lar
muomalaga chiqarish orqali o‘zaro muvozanat ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |