Bobga oid testlar
1. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omil qanday javobda noto‘g‘-
ri keltirilgan?
A. Pulning sotib olish qobiliyati pasayadi.
B. Pul o‘zining qadrini yo‘qotadi.
D. Muomalada tovar va xizmatlar bahosi pasayadi.
E. Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat buziladi.
145
2. Inflyatsiya tushunchasi iqtisodiy oborotga qachon kirib kel-
gan?
A. 1861 yilda.
B. 1863 yilda.
D. 1864 yilda.
E. 1866 yilda.
3. Inflyatsiya bilan bog‘liq muammolar qachon vujudga kelgan?
A. Muomalada oltin tangalar amal qilgan davrda.
B. Muomalaga kumush tangalar kiritilganda.
D. Qog‘oz pullar to‘lov vosita sifatida amal qila boshlagandan.
E. Oltin va kumush tangalar hajmi kamaytirilganda.
4. Iqtisodiyotda inflyatsiya sharoitida qanday holat yuz bermay-
di?
A. Tovarlar va xizmatlar taqchilligi kuzatiladi.
B. Aholining xorijiy valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy
manfaatdorligi ortib boradi.
D. Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi barqa-
rorlashadi.
E. Mablag‘larni ko‘chmas mulklarga joylashtirish jarayoni
kuchayadi.
5. Quyidagilardan qaysi biri inflyatsiyaning shakliga kirmaydi?
A. Sudraluvchan inflyatsiya.
B. Shiddatli inflyatsiya.
D. Monopol inflyatsiya.
E. Giperinflyatsiya.
6. Giperinflyatsiya sharoitida pul muomalasi qanday holatda
bo‘ladi?
A. Pul muomalasi barqarorlashadi.
B. Pul muomalasi izdan chiqadi.
D. Pul muomalasini tartibga solish mumkin bo‘ladi.
E. Pul muomalasida o‘zgarish bo‘lmaydi.
7. Inflyatsiyani keltirib chiqaradigan omillar qanday javobda
noto‘g‘ri keltirilgan?
A. Muomalada oshiqcha pul massasining vujudga kelishi.
146
B. Milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi.
D. Tovar massasiga nisbatan pul massasining kamayishi.
E. Mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi.
8. Inflyatsiyaga qarshi qanday siyosat mavjud?
A. Umumiy talabni tartibga solish siyosati.
B. Muomaladagi pullarning hajmini oshirish siyosati.
D. Markaziy bank tijorat banklariga kreditlarni berish siyosati.
E. Majburiy zaxira siyosati stavkasini pasaytirish siyosati.
9. Sudraluvchi inflyatsiyaning yillik darajasi necha foizni tashkil
etadi.
A. 6-8 foiz.
B. 20-50 foiz.
D. 10-15 foiz.
E. 0-2 foiz.
10. Yevrohudud uchun EMB tomonidan belgilangan inflyatsiya
darajasining yillik normasini ko‘rsating.
A. Yillik 2 foiz.
B. Yilik 5 foiz.
D. Yillik 6 foiz.
E. Yillk 4 foiz.
11. XVF ekspertlarining fikriga ko‘ra inflyatsiyaning oylik
darajasi necha foizdan oshishi giperinflyatsiya deb hisoblanadi.
A. 50 foiz.
B. 100 foiz.
D. 75 foiz.
E. 70 foiz.
12. XTTB ekspertlarining fikriga ko‘ra inflyatsiyaning oylik
darajasi necha foizdan oshishi giperinflyatsiya deb hisoblanadi.
A. 50 foiz.
B. 100 foiz.
D. 75 foiz.
E. 70 foiz.
147
Do'stlaringiz bilan baham: |