Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Valyuta  kelishuvi  –  eksporter  va  importeriga  to‘lov  vositasining 
qadrsizlanishidan  himoya  qilish  bo‘lib,  to‘lov  valyuta  kursining 
o‘zgarishi  natijasida  vujudga  keladigan  farqni  proporsional  tarzda 
to‘lab berish haqidagi kelishuvdir.  
Akkreditiv.  Xalqaro  hisob  –  kitoblar  ichida  akkreditiv  juda  ko‘p 
qo‘llaniladigan  pul  o‘tkazmalarining  shakli  hisoblanadi.  Akkreditiv 
bilan hisob – kitobda importer benefitsarning nomiga akkreditiv ochish 
yuzasidan topshiriq beradi, akkreditiv summasi benefitsarning tovarlar 
etkazib  berganligi  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatganligini  tasdiqlovchi 
hujjalari asosida uning hisobiga o‘tkaziladi. 
Xalqaro  akkreditiv  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda 
quyidagi tomonlar ishtirok etadi: 
  importer, bankka akkreditiv ochish uchun murojaat qiluvchi; 


346 
  emitent – bank, akkreditiv ochuvchi bank; 
  avizo  qabul  qiladigan  bank,  ushbu  bank  importer  bankida 
benefitsar  nomiga  akkreditiv  ochilganligi  haqida  xabarni  eksporterga 
etkazadi va to‘lovni amalga oshiradi; 
  benifitsar – eksporter, uning hisobiga akkreditiv ochiladi. 
Xalqaro hisob – kitoblarning akkreditiv shakli eksporterga to‘lovni 
kafolatlashi  bilan  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  eksporter  va 
importer  o‘rtasida  tuzilgan  shartnoma  summasi  oldindan  eksporterga 
xizmat  ko‘rsatadigan  bankning  akkreditiv  hisobvarag‘iga  o‘tkazib 
beriladi.  Shuning uchun  eksporterlar  xalqaro  hisob –  kitoblarda  to‘lov 
qobiliyati  nisbatan  past  importerlar  va  siyosiy  –  iqtisodiy  jihatdan 
beqarorlik  mavjud  bo‘lgan  mamlakat  eksporterlari  to‘lovlarni  amalga 
oshirishda ushbu shakldan foydalanishni afzal ko‘radi.  
Akkreditiv  qo‘llanilishi  darajasiga  qarab  quyidagi  turlarga 
bo‘linadi. 
1.  Emitent  –  bank  akkreditivning  shartlarini  o‘zgartirish  nuqtai 
nazaridan,  chaqirib  olinadigan  va  chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv-
dan  iborat.  Agar  importer  va  eksporter  o‘rtasida  tuzilgan  shartnomada 
chaqirib  olinadigan  akkreditiv  ko‘zda  tutilgan  bo‘lsa,  shartnomda 
kelishilgan  muddat  ichida  importerning  tovarlarni  sotib  olish  yoki 
xizmatlar  bo‘yicha  qarori  o‘zgarsa  benifitsar  foydasiga  o‘tkazilgan 
shartnoma  summasini  to‘liq  yoki  qisman  chaqirib  olinishi  mumkin. 
Chaqirib  olinadigan  akkreditivda  esa  importerga  bunday  huquq 
berilmaydi. 
2.  Sharnomada  ko‘rsatilgan  summani  benifitsarning  akkreditiv 
hisobvarag‘iga  o‘tkazishi  nuqtai  nazardan,  ta’minlangan  yoki  ta’min-
lanmagan  akkreditivga  bo‘linadi.  Ta’minlangan  akkreditivda  importer 
shartnomada  kelishilgan  summa  to‘liq  benefitsarning  bankida  depo-
nentlanadi,  ta’minlanmaganda  esa  ushbu  summa  importerning  banki 
tomonidan kafolatlanadi.  
3.  Akkreditiv  shartnomasida  ko‘rsatilgan  summa  bo‘lib  –  bo‘lib, 
bir  necha  marta  benefitsarning  bankida  ochilgan  akkreditiv  hisob-
varag‘iga  o‘tkazilishi  mumkin,  akkreditivning  bu  turi  to‘ldirib  bori-
ladigan  yoki  revolver  akkreditiv  deb  yuritiladi.  Akkreditivning  ushbu 
shakli  odatda  ishlab  –  chiqarish  jarayoni  bir  –  biriga  bog‘liq  bo‘lgan 
eksporter va importerlar o‘rtasida qo‘llaniladi. 
Xalqaro hisob – kitoblarda qo‘llaniladigan akkreditivning afzallik 
jihatlari ko‘proq eksporterga tegishli bo‘lib, unga jo‘natilgan tovar yoki 


347 
ko‘rsatilgan  xizmat  uchun  to‘lov  kafolatlangan.  Biroq,  importer 
benifetsar  uchun  ochilgan  akkreditiv  hisobvarag‘iga  mabalag‘ni 
o‘tkazishi  natijasida  uning  ixtiyoridagi  mablag‘  ma’lum  muddatga 
chetlashishiga sabab bo‘ladi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish