Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.)



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.) 
Birinchi  jahon  urushi  natijasida  jahon  valyuta  tizimi  inqirozga 
uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta – 
pul  tizimini  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  oltin  standartini  joriy  qilishning 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O‘sha davrda 
yuzaga  kelgan  vaziyat  shuni  taqozo  etar  ediki,  Yevropa  mamlakatlari 
pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari 
o‘rtasidagi  nisbatni  pul  taklifi  va  narxlar  darajasiga  bog‘liq  ravishda 
qaytadan o‘rnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt 
sterling 4,86 dollarga teng bo‘lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo‘lsa, 
urush so‘ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning 
kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu 
tariqa  qadrsizlangan  edi.  Shuning  uchun  Buyuk  Britaniya  oltin 
standartiga  qaytadigan  bo‘lsa,  funtning  haqiqiy  qiymati  3,50  dollar 
nisbatida belgilanishini talab etar edi. O‘z navbatida oltin standarti amal 
qilishi  uchun  barcha  davlatlar  ushbu  holatga  rozi  bo‘lishi  kerak  edi. 
Lekin  bu  borada  mamlakatlarning  bir  to‘xtamga  kelishi  qiyin  bo‘ldi. 
Masalan,  Buyuk  Britaniyaning  kamchiligi  shunda  ediki,  nafaqat  oltin 
standartini qayta tiklash, balki funtning avval amalda bo‘lgan 4,86 dollar 
darajadagi kursiga qaytarish edi.
91
  
Buyuk  Britaniyaning  bunday  siyosati  dunyoning  moliyaviy 
markazi  bo‘lgan  Londonning  obro‘sini  saqlashga  qaratilgan  edi.  Buni 
amalga  oshirish  uchun  Buyuk  Britaniya  eng  avvalo  pul  taklifini 
kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, 
funt  kursi  4,86  dollarga  tenglashgan  holda  Buyuk  Britaniya 
tovarlarlarini  jahon  bozoridagi  narxi  ortib  raqobatbardoshligiga  salbiy 
ta’sir  ko‘rsatar  edi.  Kasaba  uyushmalari  ta’sirining  ortishi  va  davlat 
tomonidan  ishsizlik  uchun  nafaqalarni  joriy  qilinganligi  pul  taklifini 
kamaytirish  imkonini  bermas  edi.  Deflyatsiyani  amalga  oshirish  (pul 
taklifini  kamaytirish  bilan  aholi  nominal  daromadlarini  pasaytirish) 
uchun  Buyuk  Britaniya  ijtimoiy  himoyaga  asoslangan  davlat  qurish 
nazariyasidan  voz  kechishi  yoki  ayrim  “ijtimoiy  kafolat”larni 
muzlatishi  kerak  edi.  Buning  o‘rniga  Buyuk  Britaniya  ijtimoiy 
himoyaga  asoslangan  davlat  dasturlarini  bajarish  maqsadida  pul 
taklifini  yanada  orttirib  bordi,  o‘z  navbatida  inflyatsiya  darajasi  ham 
o‘sib bordi.  
                                           
91
 О принципиальной ошибке Великобритании и ее последствиях, приведших к депресии 1929 г. 
см.: Robbins L . The Great Depression. New York: MacMillan, 1934.  


328 
Yigirmanchi  asrning  20  yillarga  kelib,  Buyuk  Britaniyada 
inflyatsiya  va  ishsizlik  darajasi  yuqori  nuqtaga  kelgan,  mamlakat 
eksport  hajmi  ham  tushib  ketgan  edi.  Bu  davrda  boshqa  Yevropa 
davlatlarida iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk 
Britaniyada  qabul  qilingan  qarorlardan  voz  kechmagan  holda  yuzaga 
kelgan  vaziyatdan  chiqish  muammosi  ko‘ndalang  turgan  edi.  Shu 
maqsadda  1922  yili  Genuya  shahrida  bo‘lib  o‘tgan  konferentsiyada 
Buyuk  Britaniya  yangi  pul  standarti  bo‘lgan  oltindeviz  standartini 
taklif qildi.  
Dunyo  mamlakatlari  ichida  AQShda  klassik  oltin  standarti 
saqlangan  bo‘lib,  Buyuk  Britaniya  va  boshqa  Yevropa  mamlakatlari 
1926  yilga  kelib  klassik  oltin  standartiga  tenglashtirilgan  yangi  pul 
tizimiga o‘tishdi.  Unga ko‘ra Britaniya funti va boshqa valyutalar oltin 
tangalarga  emas,  balki  faqatgina  yirik  tashqi  savdoni  amalga 
oshiruvchilar  uchun  oltin  quymalarga  ayriboshlanar  edi.  Buyuk 
Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda 
oltin  tangalardan  foydalana  olmas  edilar.  Bu  bank  kreditlarini  va 
inflyatsiyani  rag‘batlantirishga  xizmat  qilar  edi.  Yangi  oltindeviz 
standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so‘ndirishda oltin bilan birga 
dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valyutalarini 
oltinga  emas,  funtga  ayirboshlar  edilar.  Shu  yo‘l  bilan  aksariyat 
mamlakatlarda  milliy  valyutalar  kursi  sun’iy  oshirildi  va  oltin 
standartiga  qaytishdi.  Natijada  oltinga  asoslangan  moliyaviy  piramida 
tashkil  topdi.  Uning  asosini  qisman  funt  bilan  ta’minlangan  Yevropa 
mintaqasi  valyutalari,  qisman  dollar  bilan  ta’minlangan  funt,  qisman 
oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu “oltindeviz standarti” 
deb ataldi, dollar va funt esa “tayanch valyutalar” hisoblangan.  
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining 
ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday 
vaziyatda oltin standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo‘ydi. 
Oltindeviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish 
va  inflyatsiya  darajasini  oshishiga  sharoit  yaratgan.  Yevropaning 
boshqa  davlatlari  funtni  oltin  bilan  qoplashni  talab  qilmas  edi.  Shu 
tariqa  Yevropa  va  Buyuk  Britaniyada  inflyatsiya  darajasi  tobora 
chuqurlashayotgan,  tashqi  savdo  kamomadi  ortib  borayotgan  edi. 
Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib 
ketishini oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar 
taklifini oshirishiga erishgan edi.  


329 
Oltindeviz  standartining  alohida  xususiyati  shunda  ediki,  u  uzoq 
muddat  amal  qilishi  mumkin  emas  edi.  Chunki  ushbu  moliyaviy 
piramidaning  izdan  chiqishi  qochib  bo‘lmas  haqiqat  bo‘lgan.  AQSh, 
Fransiya 
va 
boshqa 
davlatlar 
iqtisodiyotida 
katta 
hajmda 
ta’minlanmagan  Buyuk  Britaniya  funt  sterlingi  yig‘ildi.  1931  yilda 
Yevropa  mamlakatlarida  inflyatsiya  darajasi  yuqoriligidan  Fransiya 
"qattiq  pul"  siyosatini  olib  bordi  va  Buyuk  Britaniyadan  iqtisodiyotda 
yig‘ilgan funt sterling o‘rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa 
banklarini  bankrot  bo‘lishiga  olib  keldi.  Bu  esa  Buyuk  Britaniyani 
butunlay  oltin  standartidan  voz  kechdi.  Buning  natijasida  barcha 
Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb e’lon qildilar.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish