VI BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA
UNING ELEMENTLARI
6.1. O‘zbekiston pul tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi
O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta
so‘mning muomalaga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy
valyuta so‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda
mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli ravishda uchta
bosqichga guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
Birinchi bosqich. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil
sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Ushbu davrda O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita
bog‘liq edi. Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi
muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya
rubli bilan amalga oshirilar edi. Bu davrda pul – kredit tizimi o‘z
boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.
“Mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy
va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli,
biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan
siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy
qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki
sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat
edi”
32
.
Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining
birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi:
– banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan
ta’minlashdagi muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki “rubl
zonasida”gi mamlakatlarga berayotgan har bir rublini 25 foizi
miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 100 rublning 25 rublini
qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo‘lsa, asta sekin bu
to‘lov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq –
ovqat mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi sababli o‘zidan
32
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 33 b.
119
olib kelayotgan mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini
qo‘ydi. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi olib ketayogan qadrsizlangan qog‘oz
pullar o‘rniga jahon bozorida qiymati oltin bilan o‘lchanadigan paxta
tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi
33
;
– sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida iqtisodiy munosabat-
larning uzilishi bilan bog‘liq, shuningdek, hisob – kitoblarni amalga
oshirishda vujudga kelgan muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan
bo‘lsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar o‘rtasidagi mavjud
iqtisodiy aloqalarni birdan to‘xtatib qo‘yishning imkoniyati mavjud
emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob –
kitoblarni tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal
qilgan rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob –
kitob ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlarni amalga oshirishni
qiyinlashtirib yubordi. Shu bois ham, 1993 yil may oyidan mamlaka-
timiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari
va O‘zbekiston o‘rtasidagi tuzilgan bitimlarni qayta ko‘rib chiqib,
tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag‘ini chetlab o‘tib,
to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi;
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit
siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil
topishining birinchi bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi,
chunki muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki
tomonidan amalga oshirilib, ularni tartibga solish imkoniyati mavjud
emas edi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank
tizimida, balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham
qator ijtimoiy – iqtisodiy muammolar vujduga kela boshladi. Natijada
ular 1992 yilning may – iyun oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini
muomalaga kirita boshladi.
Quyidagi jadvalda milliy valyutalarni muomalaga kiritgan
mamlakatlar va ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Buning natijasida, o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda
sobiq Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar qadrini
yo‘qotgan “oddiy qog‘oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi,
bu jarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda
katta hajmda chetga oqib ketishi ro‘y berdi.
33
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 38 b.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |