Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasini
emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni
chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank
amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha
aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qiymatliklar bilan ta’min-
lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |