Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 


46 
 
 
 
II BOB. PUL NAZARIYALARI  
 
2.1. Pul nazariyasining mohiyati  
 
Pul  nazariyasining  olamshumul  ilmiy  ahamiyati  shundaki,  u 
barcha  iqtisodiy  fanlarning  asosi  hisoblanadi.  Haqiqatda  ham  birorta 
iqtisodiy  adabiyot  mavjud  emaski,  agar  pul  yoki  u  bilan  bog‘liq 
munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.  
Pulning  nazariy  tabiati  bir  nechta  bo‘lib,  qator  konsepsiyalarda 
uning  mavjudligini  tabiiy  asoslari  va  amal  qilishining  sabablari 
keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga 
ajratish mumkin
30
.  
Tovarli  konsepsiyada  pulning  qimmatliligini  aniqlashda  asosiy 
e’tibor  real  foydali  hisoblangan  ichki  qiymatiga  qaratiladi.  Bu  borada 
juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. 
Pulning  tovarsiz  konsepsiyasida  uning  tovarni  sotib  olish 
huquqini  beruvchi  qiymati,  simvoli,  ieroglifi,  umumiy  ko‘rinishi  kabi 
belgilariga e’tibor qaratiladi.  
Albatta,  pul  nazariyasining  ko‘p  qirraliligi  va  uning  iqtisodiy 
kategoriya  sifatida  amal  qilishi  juda  ko‘p  iqtisodchi  olimlar, 
mutaxassislar,  ekspertlar  tomonidan  e’tirof  etilgan.  E’tiborli  jihati 
shundaki,  iqtisodchi  olimlar,  ekspertlar  va  mutaxassislarning  pul 
nazariyasi  va  uning  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  amal  qilishi  haqidagi 
qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq 
qiladi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri,  bizning  nazarimizda,  iqtisodiy 
nazariyachi  olimlar,  mutaxassislar  va  ekspertlarning  pul  nazariyasi 
haqidagi  asarlarining  turli  vaqtda,  turlicha  ishlab  chiqarish  sharoitida 
va turli hududlarda yaratilganligidir. 
Jamiyatda  mehnat  taqsimotining  mavjudligi,  kishilarni  bir  – 
biriga  bog‘lab  turadi,  ular  o‘rtasida  mahsulotlar  va  resurslar 
almashinuvini  ta’minlaydigan  mexanizmga  amal  qilishini  talab  etadi. 
Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi 
va  ularning  manfaatlarini  bir  –  biriga  mos  kelishini  ta’minlaydi. 
                                           
30
  Деньги, кредит,  банки: Учебник /  Под  ред.  В.В.Иванова,  Б.И.Соколова. М.: ТК  Велби,  Прос-
пект, 2008. С. 224. 


47 
Kishilar  faoliyatini  harakatga  keltiruvchi,  ular  o‘rtasidagi  ayirbosh-
lashni  ta’minlovchi  va  ularning  manfaatlarini  tartibga  soluvchi  vosita 
sifatida pul maydonga chiqadi. 
Ma’lumki,  jamiyatda  ayirboshlash  munosabatlarining  dastlabki 
davrlarida  kishilar  barterdan  juda  keng  ravishda  foydalangan, 
keyinchalik  ular  barter,  ya’ni  tovarni  –  tovarga  almashtirish  jarayoni 
ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor 
ishtirokchilari pulni kashf etdilar. 
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga 
chiqadigan  “maxsus  tovar”  bo‘lib,  uning  yordamida  barcha  tovarlar 
qiymati  o‘lchanadi.  Pulning  jamiyatda  amal  qilishi  va  uning  evolyut-
siyasi  bilan  bog‘liq  masalalar  iqtisodiy  adabiyotlarda  pul  nazariyasi 
sifatida talqin etiladi.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish