Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

Qog‘oz  pullar.  Qog‘oz  pullarning  muomalaga  kiritilishi 
jamiyatda ijtimoiy  – iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan 
birgalikda  qator  muammolarni  keltirib  chiqardi.  Bu  muammolarning 
asosiysi  inflyatsiya  hisoblanadi.  Qog‘oz  pullarning  muomalaga 
chiqarilishi  natijasida  inflyatsiya  muammosining  paydo  bo‘lishini 
asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, 
ya’ni  haqiqiy  pullarning  o‘rinbosarlari  hisoblanadi.  Qog‘oz  pullarda 
aks  ettirilgan  nominal  qiymati  ularning  haqiqatdagi  qiymatidan  juda 
yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning haqiqiy qiymati juda past.  
Mazkur  darslikning  birinchi  bobi  1.1–paragrafida  oltin  tanga-
larning o‘rniga qog‘oz pullarning kirib kelishi bilan bog‘liq tavsilotlar 
atroflicha  bayon  etilgan.  Ularni  qaytarilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  maq-
sadida,  oltin  tangalarni  saqlovchilar  va  oltinni  saqlashga  beruvchilar 
o‘rtasida  o‘zaro  munosabatlar  natijasida  qog‘oz  pullarni  muomalaga 
chiqarish bilan bog‘liq jarayonni qisqacha  bayon etmoqchimiz. Ushbu 
jarayon Yevropaning ayrim mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‘oz 
pullarning kirib kelish tajribasida ro‘y bergan.  
Chunki,  ushbu  mamlakatarda  qog‘oz  pullar  Xitoy,  Turkiston, 
Rossiya  malakatlaridan  keyin  muomalaga  kiritilgan  bo‘lsada,  oltin 
tangalarni  muomaladan  chiqib  ketishi  natijasida  ularning  o‘rniga 
qog‘oz  pullarni  kirib  kelishi  stixiyali  tarzda  ro‘y  bergan.  Manabalarga 
ko‘ra,  dastlabki  qog‘oz  pullar  Xitoy,  Turkiston  va  Rossiya  davlati 
tomonidan muomalaga chiqarilgan. 


32 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi na-
tijasida, kishilar o‘rtasida ayirboshlash hajmi  misli ko‘rilmagan darajada 
o‘sib  bordi.  Bu  jarayon  oltinlarni  saqlash  va  ularning  xavfsizligini 
ta’minlash  borasida  bir  qator  muammolarni  keltirib  chiqara  boshladi. 
Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad 
oluvchilar paydo bo‘ldi
29
. Oltin saqlovchilar asta – sekinlik bilan odam-
larning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik bo‘sh oltin 
tangalarini  ma’lum  haq  to‘lash  evaziga  ularga  topshira  boshladi.  Oltin 
saqlovchi  oltinlarni  saqlar,  ularning  xavfsizligiga  javobgar  edi,  shuning-
dek,  kimga,  qachon  va  qancha  oltin  kerak  bo‘lsa  tegishli  yozuvlarni 
(oltinni olganligini tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.  
“A”  shaxs  “B”  shaxsga  sotib  olgan  tovari  uchun  to‘lagan  oltin 
tangani “B” shaxs ham o‘z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin 
saqlovchiga eltib topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga 
beruvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  ishonchning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi. 
Keyinchalik  oltin  saqlovchi  odamlar  orasida  tanilib,  ishonchga  kira 
boshlaganlaridan so‘ng odamlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan oltinni 
olmasdan,  tovar  va  mahsulot  uchun  sotuvchiga  tilxatlarning  o‘zini 
to‘lov  vositasi  sifatida  bera  boshladi.  O‘z  navbatida  sotuvchi  ushbu 
tilxatlarni to‘lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat 
asosida  oltin  saqlovchidan  kerakli  miqdordagi  oltinlarni  oldi,  yoki 
uchinchi  shaxsga  to‘lov  vositasi  sifatida  o‘tkazib  yubordi.  Shu  tariqa 
muomalada qog‘oz pullar paydo bo‘ldi. 
Bu  jarayon  shu  darajada  rivojlanib  ketdiki,  barcha  taniqli  va 
yetarli darajada ishonchga ega bo‘lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari 
muomalada  to‘lov  vositasini  bajara  boshladi.  Dastlab  muomalaga 
chiqarilgan  qog‘oz  pullar  to‘lig‘icha  oltin  bilan  ta’minlangan  edi. 
Keyinchalik  esa  oltin  saqlovchining  kasodga  uchrashi,  yoki 
odamlarning  ishonchini  suiste’mol  qilishi  natijasida  muomalada 
ta’minlanmagan  qog‘oz  pullar  paydo  bo‘la  boshladi.  Natijada  ushbu 
pullar  oltin  saqlovchilarga  taqdim  etilganda  ular  buning  evaziga  oltin 
tangalar  berishdan  bosh  tortdi.  Bularning  barchasi  mamlakatda  pul 
muomalasini  izdan  chiqishi  oqibatida  xo‘jalik  yuritish  va  hisob  – 
kitoblarni  amalga  oshirishda  tanazzulliklarni  keltirib  chiqardi.  Aynan 
shu jarayonda davlat qog‘oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya 
qilishni  o‘z  qo‘liga  oldi.  Buning  uchun  alohida  davlat  banki,  ya’ni 
Markaziy  bankni  tashkil  etdi,  unga  muomalaga  qog‘oz  pullarni 
                                           
29
 Bir necha asrdan keyin ushbu “oltin saqlovchilar” banklarga aylandilar. 


33 
chiqarish, pul  muomalasini tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat 
banklari  esa,  muomalaga  naqd  pullarni  emissiya  qilish  huquqidan 
mahrum  etilib,  mijozlarga  bank  xizmatlarini  ko‘rsatadigan  tijorat 
muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada  qog‘oz  pullar  1817–1843  yillarda  tijorat  banklari 
tomonidan  muomalaga  chiqarilgan,  1813  yilda  Angliya  Banki  o‘z 
banknotasini  muomalaga  chiqardi.  1844  yildan  boshlab  esa  tijorat 
banklariga  pulni  emissiya  qilish  bekor  qilindi  va  R.Pilning  qonuniga 
asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy etildi.  
Qog‘oz  pullar  ta’minlanmagan,  asl  qiymatga  ega  pullar 
bo‘lmaganligi sababli ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar 
dastlabki  davrlarda  to‘lov  vositasi  sifatida  hisob  –  kitoblarda  keng 
qo‘llanilishida  muammolar  uchrab  turgan.  Buning  oldini  olish 
maqsadida  og‘ir  choralar  qo‘llanilgan.  Masalan,  Xitoyda  qog‘oz 
pulning  o‘ziga  uni  to‘lov  vositasi  sifatida  qabul  qilmagan  shaxsning 
boshi  kesilishi  qayd  etilgan,  Fransiyada  25  yil  qamoq  jazosi,  ba’zi 
hollarda  o‘lim  jazosi  ham  qo‘llanilgan.  Angliyada  chiqarilgan  qog‘oz 
pullarni  to‘lov  vositasi  sifatida  qabul  qilmagan  kishilarni  davlatga 
qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat  tomonidan  emissiya  qilingan  qog‘oz  pullar  bevosita  va 
bilvosita ta’minlangan edi. Bevosita ta’minlangani oltin tangalar bilan, 
davlatning  soliqlarni  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  shu  qog‘oz 
pullarda  qabul  qilishi  bilvosita  ta’minlanganligi  sifatida  belgilab 
qo‘yildi. 
Iqtisodiy  adabiyotlarda  “emissiya  qilish”  va  “muomalaga  pul 
chiqarish”  tarzidagi  ma’nosi  bir  –  biriga  yaqin  bo‘lgan  iqtisodiy 
terminlarni  uchratamiz.  Biroq  bu  ikki  iqtisodiy  termin  ma’nosi  va 
iqtisodiyotga ta’siri jihatidan bir – biridan tubdan farq qiladi. 
Naqd  pullarni  muomalaga  emissiya  qilinishi  iqtisodiyotda  pul 
massasining  hajmini  oshiradi.  Bu  ishni  mamlakat  Markaziy  banki 
amalga  oshiradi.  Muomalaga  naqd  pullarni  chiqarish  esa  mavjud  pul 
massasi  hajmini  o‘zgartirmagan  holda  tijorat  banklari  tomonidan 
amalga oshiriladi.  
Mamlakatda  iqtisodiy  inqirozlar,  tabiiy  ofatlar  va  urushlar  ro‘y 
berganda  davlatning  xarajatlari  juda  ortib  ketardi.  Ushbu  xarajatlar 
davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul 
emissiyasi  orqali  hal  etilar  edi,  bu  o‘z  navbatida  qog‘oz  pullarning 
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.  


34 
Shuning  uchun  ham  qog‘oz  pullar  asl  qiymatga  ega  bo‘lmagan, 
o‘rinbosar  pullar  hisoblanib,  ularni  doimiy  ravishda  tartibga  solib 
borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish