14.2. Markaziy bankning mustaqilligini aniqlovchi
indekslar va ularning tavsifi
Iqtisodiy adabiyotlarda Markaziy bankning mustaqilligi tushun-
chasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan.
Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisher-
ning fikriga ko‘ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud:
- instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik;
- maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik.
V. Grilli 1991 yilda fanga Markaziy bankning siyosiy musta-
qilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, Markaziy bankning
siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayo-
nini hukumatdan mustaqilligidir.
244
Ammo hozirgi davrda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi
nafaqat Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonidagi mustaqil-
likni, balki pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqillikni ham
o‘z ichiga oladi.
Ko‘pchilik iqtisodchi olimlar – (Maskiandaro, Tabellini, Tsuker-
man, Eyffinger, Shennaev va boshq.) tomonidan Markaziy bankning
iqtisodiy mustaqilligini mavjudligi e’tirof etilgan.
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi – bu Markaziy bank-
ning o‘z ixtiyoridagi mablag‘lar va instrumentlardan foydalanishda
hukumatdan va davlat boshqaruv organlaridan mustaqilligidir.
Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar:
Tsukerman indeksi;
GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar omonidan asos solin-
gan) indeksi;
Eyffinger–Shaling indeksi.
Tsukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga
bo‘lingan 16 ta ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
1. Kadrlar siyosatini mustaqilligi;
2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish;
3. Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chega-
ralash.
Har bir 16 ta ko‘rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin.
GMT indeksi 2 qismdan iborat bo‘lib, MBning siyosiy va iqtisodiy
mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o‘zida indekslarni aks ettirib
faqat 2 ta ko‘rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi
MBning mustaqililigini baholash uchun ko‘plab ishlatilayotgan
indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma’lumotlarni olish
mumkin bo‘ladi
GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8
ta mezon bo‘yicha baholanadi:
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumat-
ning ishtirokisiz tayinlanadi.
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq
boshqaradi.
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakil-
larining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.
245
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomo-
nidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi.
7. Markaziy bankda qonun bo‘yicha ustuvor maqsadlardan biri
sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati
bo‘lishi kerak.
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qol-
ganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonun-
chilik me’yorlarining mavjudligi.
GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi
7ta mezon bo‘yicha baholanadi:
1. Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining
mavjud emasligi.
2. Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beri-
ladi.
3. Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma’lum muddatga
beriladi.
4. Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi
ishtirokchisi hisoblanmaydi.
5. Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi
ishtirokchisi hisoblanmaydi.
6. Markaziy bank o‘zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat
bilan kelishmasdan, o‘rnatadi.
7. Markaziy bank bank sektorini nazorat qilish yuzasidan
javobgardir. (Bu holatda GMT indeksi asosida MB ga 2 ball
o‘zlashtiriladi yoki boshqa davlat organi bilan birgalikda amalga
oshirilsa 1 ball qo‘yiladi).
Har bir mezon 2 ta o‘lchamga ega, ya’ni 0 va 1 ball bilan
baholanadi.
0 – mustaqillik darajasi past;
1 – mustaqillik darajasi yuqori.
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillik indekslari bo‘yicha to‘plangan
ballar qo‘shilib, umumiy mustaqillik indeksi aniqlanadi.
Umumiy mustaqillik indeksining eng yuqori darajasi 15 ballga
teng.
Shundan:
siyosiy mustaqillik – 8 ball
iqtisodiy mustaqillik – 7 ball.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |