Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
 
XII BOB. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI  
 
12.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi  
 
Mamlakat bank tizimining asosiy bo‘g‘ini Markaziy  bank hisob-
lanadi.  Markaziy  bank  bevosita  mijozlarga  bank  xizmatlarini  ko‘rsat-
maydi,  ayrim  davlat  tashkilotlari  bundan  mustasno.  Barcha  mam-
lakatlarda Markaziy banklarning bajaradigan vazifalari va funksiyalari 
deyarli  bir  xil  bo‘lib,  ular  turli  mamlakatlarda  turli  nomda  yuritilishi 
mumkin.  Xususan,  hozirgi  kunda,  bizga  ma’lumki,  dunyoning  turli 
mamlakatlarida  ushbu  banklar  “markaziy  bank”,  “xalq  banki”,  “emis-
sion  banki”,  “milliy  banki”,  “zaxira  banki”,  “davlat  banki”  tarzida 
yuritiladi. 
Masalan,  AQShda  Federal  zaxira  tizimi,  Angliyada  Angliya 
banki,  Yevropada  Yevropa  Markaziy  banki,  O‘zbekistonda  Markaziy 
bank,  Qozog‘istonda  Milliy  bank  va  hokazo.  Markaziy  banklarning 
vujudga  kelish  tarixiga  e’tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  ular  mamlakatda 
pul  muomalasini  tartibga  solib  turuvchi  moliyaviy  muassasa  sifatida 
vujudga keldi.  
Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘l-
sak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog‘oz pullarni emissiya qilgan. 
Har bir tijorat banki muomalaga o‘zining “banknota”larini (bank bileti) 
chiqarishgan.  Oldingi  bo‘limdan  ma’lumki,  banknota  –  bu  ushbu 
bankning  unda  ko‘rsatilgan  mablag‘larini  xohlagan  vaqtda  real  pulga 
almashtirib  berilishini  kafolatlovchi  majburiyati  hisoblanadi.  U  bank-
ning  “vekseli”  hisoblangan.  Uning  tijorat  veksellaridan  farqi,  bank-
notalarni  xohlagan  vaqtda  real  pullarga  almashtirish  mumkin  bo‘lgan. 
Kapitalizmning  dastlabki  davrlarida  mijozlarning  kreditga  bo‘lgan 
ehtiyojining  ortib  borishi  banklar  tomonidan  chiqarilgan  banknotalar 
bilan  qoplangan.  Banknotalar  muomalada  pulning  to‘lov  vositasi 
funksiyasini  bajargan.  Banklar  o‘zlarining  real  pul  zaxiralaridan  bir 
necha barobar ko‘p miqdorda banknotalarni muomalaga chiqarishgan. 
Albatta, bu ma’lum davr davomida mamlakatda pul muomalasini 
tashkil  qilish,  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  va  muomala 
jarayonini tashkil etishda o‘zining ijobiy natijasini berib kelgan. Biroq, 


209 
vaqt  o‘tishi  bilan  tijorat  banklari  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan 
qog‘oz pullarning hajmi va turi juda ko‘payib ketgan. Bu o‘z navbatida 
pullarning qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot 
holatiga  tushib  qolishi  iqtisodiyotda  pul  muomasalasini  buzilishiga  va 
boshqa qator salbiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.  
Bularning  barchasi  mamlakatda  pul  emissiyasini  markazlashgan 
holda  amalga  oshirish  va  pul  muomalasini  tartibga  solish  zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, tijorat banklari bazasida Markaziy 
banklarning  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ldi,  Markaziy  banklarning 
vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini markazlashgan holda amalga 
oshirish va pul muomalasini tartibga solish imkoniyatini berdi. 
Masalan,  AQShda  1836  va  1860  yillarda  2500  dan  ortiq  shtat 
banklari  tashkil  etilib,  ularning  100  dan  ortig‘i  birinchi  o‘n  yil  ichida 
yopilib  ketgan.  Shu  davrda  banklar  mustaqil  ravishda  muomalaga  pul 
chiqarish huquqiga ega bo‘lib, muomalada ularning 5500 dan ortiq turli 
pul  belgilari  amal  qilgan.  Banklarning  stixiyali  ravishda  pul 
muomalasini  tashkil  etishi,  umumiy  nazoratning  mavjud  emasligi 
ularni  inqirozga  yuz  tutishiga,  aholining  ishonchini  pasayishiga, 
muomaladagi  pullarning  qadrsizlanishiga  sabab  bo‘lgan,  shuningdek, 
pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajarmaslik holatlari tez – tez sodir 
bo‘lib turgan. Bu kompaniya va firmalarning moliyaviy yo‘qotishlariga 
sabab bo‘lgan. Jumladan, 1862 yilda banklarning inqirozga yuz tutishi 
natijasida  AQShning  yirik  kompaniya  va  firmalari  100  mlrd  AQSh 
dollaridan  ortiq  zarar  ko‘rgan.  Bularning  barchasi  AQSh  hukumati 
tomonidan tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli nazoratni 
amalga  oshirish  zaruriyatini  keltirib  chiqargan,  natijada  1913  yilda 
AQSh  Federal  zaxira  tizimi  tashkil  etilib,  ushbu  bankka  yagona 
emissiya  huquqi  va  tijorat  banklari  faoliyatini  litsenziyalash  vazifasi 
yuklatilgan
68

Iqtisodiy  adabiyotlarda,  dastlabki  Markaziy  bank  1650  yilda 
Shvetsiyaning  Stokgolm  shahrida  tashkil  etilganligi  qayd  qilingan
69

Ushbu  bank  oltin  tangalar  asosida  depozit  sertifikatlarini  muomalaga 
chiqargan,  mazkur  depozit  sertifikatlari  butun  shvetsiya  hududida 
to‘lov vositasini bajargan bo‘lib, taqdim qiluvchiga oltin tanga berilishi 
bilan kafolatlangan. Dastlabki emission bank 1694 yilda Angliya banki 
                                           
68
  Compton,  Eric  N.  Principles  of  banking.  Library  of  Congress.  Printed  in  the  USA.  Fourth  edition, 
1991. P. 8 – 9. 
69
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник  /Кол.  авт.  Под  ред..  О.И.Лаврушина.  М.:  КНОРУС,  2007.  С. 
403. 


210 
sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu bank muomalaga pullarni emissiya 
qilish  va  banklarning  tijorat  veksellarini  ro‘yxatga  olish  bilan 
shug‘ullangan
70
.  
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro 
savdo va hisob – kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga 
qo‘shimcha  vazifalarni  yuklash  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  Endi 
Markaziy banklar  emission bank vazifasini bajarishdan tashqari  mam-
lakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda pul 
– kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 
Davlat  mamlakat  milliy  valyutasini  muomalaga  chiqarish,  uni 
tartibga  solish,  kredit  muassasalari  faoliyatini  nazorat  qilish,  hisob  – 
kitoblarni  tashkil etish  bilan  bog‘liq  qator  qonunlarni qabul  qildi.  Shu 
tarzda  davlat  kredit  muassasalari  faoliyatini  tashkil  etish  va  pul 
muomalasini amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni to‘liq o‘z qo‘liga 
oldi. 
Markaziy  banklarning  tashkil  topish  shakliga  e’tibor  qaratadigan 
bo‘lsak,  ular  davlat  kapitali  asosida  tashkil  topgan  markaziy  banklar 
(Buyuk  Britaniya,  Yevropa  ittifoqi,  Rossiya),  aksiyadorlik  shaklidagi 
markaziy banklar (AQSh, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy 
banklar (Yaponiya, Belgiya) ko‘rinishida vujudga kelgan. 
Ayrim  markaziy  banklar  dastlab  aksiyadorlik  shaklida  tashkil 
topib,  keyinchalik  davlat  tomonidan  milliylashtirilgan.  Ta’kidlash 
joizki,  markaziy  banklar  qanday  shaklda  tashkil  topgan  bo‘lishidan 
qa’tiy nazar, ular o‘z vazifalarini davlat bilan o‘zaro kelishuv va uning 
siyosatiga  hamoxang  tarzda  olib  boradi.  Ayniqsa,  ularning  o‘zaro 
yaqinligi  mamlakatlar  o‘rtasida  iqtisodiy  aloqalarning  rivojlanishining 
zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi. 
Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, 
mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan musta-
qil bo‘lishi muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklarning pul 
–  kredit  siyosatiga  bevosita  aralashsa,  ularga  pul  –  kredit  siyosatini 
amalga  oshirish  bo‘yicha  zarur  darajadagi  mustaqillikni  bermasa 
mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasi barqarorligini ta’minlash-
da  qator  muammolar  vujudga  keladi.  Shu  jihatdan,  Markaziy  banklar 
iqtisodiy  va  huquqiy  jihatdan  mustaqil  hisoblanadi,  ularning  davlatga 
bog‘liqligi  yoki  mustaqilligi  turli  mamlakatlarda  turlichadir.  Odatda 
                                           
70
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник  /Кол.  авт.  Под  ред.  О.И.Лаврушина.  М.:  КНОРУС,  2007.  С. 
403. 


211 
mamlakat  parlamentiga  hisobdor  bo‘lgan  Markaziy  banklar  ko‘proq 
mustaqil hisoblanadi (AQSh, Rossiya, O‘zbekiston), mamlakat Moliya 
vazirligiga  hisobdor  bo‘lgan  Markaziy  banklar  mustaqilligi  nisbatan 
pastroq hisoblanadi, dunyoda bunday banklar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Markaziy  bank  pul  –  kredit  siyosatini  amalga  oshirishda  u  yoki 
bu  darajada  davlatdan  mustaqil  bo‘lgani  bilan  o‘zining  pul  –  kredit 
siyosati  orqali  hukumatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlantirish  rejasini, 
siyosatini qo‘llab – quvvatlashga bevosita va bilvosita mas’ul hisobla-
nadi.  Shunday  ekan,  Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshirilayotgan 
pul – kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi siyosatini 
amalga  oshirish  nuqtai  nazaridan  ishlab  chiqilishi  va  amaliyotga  joriy 
etilishi lozim bo‘ladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish