Bobga oid savollar
1. Nima uchun mustaqillikni dastlabki davrida O‘zbekistonda
erkin pul – kredit siyosatini amalga oshirish mumkin emas edi?
2. Mustaqillikning dastlabki davrida “rubl zonasida” qolishning
obyektiv zarurligi?
3. “Rubl zonasida” hisob – kitoblar amalga oshirilganda qanday
muammmolar vujudga keldi va ularni bartaraf etish bo‘yicha qanday
choralar ko‘rildi?
4. Rossiya Davlat banki naqd pullar bilan ta’minlashda qanday
talablar qo‘ydi?
5. O‘zbekiston pul tizimini tashkil topishi qaysi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi?
6. Qachon va nima maqsadda muomalaga oraliq “so‘m –
kupon”lar kiritildi?
7. Milliy valyuta “so‘m” muomalaga qachon va qanday tartibda
kiritildi?
8. Muomalaga kiritilgan milliy valyuta “so‘m” oraliq “so‘m –
kupon” larga qanday nisbatda ayirboshlandi?
9. “So‘m – kuponlar” va milliy valyuta “so‘m” qancha vaqt
davomida va qachon parallel ravishda muomalada bo‘ldi?
10. O‘zbekiston pul tizimi elementlari va ularning amal qilishi.
132
Bobga oid testlar
1. O‘zbekistonda 1991 – 1993 yillarda nima uchun mustaqil pul –
kredit siyosatini amalga oshirishning imkoni yo‘q edi?
A. Bank tizimi rivojlanmagan edi.
B. Muomalada sobiq ittifoq va Rossiya rubllari yetishmaganligi
sababli.
D. Milliy valyuta joriy etilmaganligi tufayli.
E. Pul – kredit siyosati ishlab chiqilmagan edi.
2. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimini shartli ravishda nechta
bosqichga ajratish mumkin?
A. 2 ta.
B. 3 ta.
D. 4 ta.
E. 5 ta.
3. O‘zbekiston pul tizimining tashkil topishini birinchi bosqichi
qaysi davrni o‘z ichiga oladi?
A. 1991yil sentayabrdan 1994 yil iyulgacha bo‘lgan davr.
B. 1993 yil noyabrdan 1994 yil 1 iyulgacha bo‘lgan davrni.
D. 1994 yil 1 iyuldan 1994 yil 31 iyulgacha bo‘lgan davrni.
E. 1991 yil sentyabrdan 1993 yil noyabrgacha bo‘lgan davrni.
4. Oraliq “so‘m kupon”lar qachon muomalaga kiritildi?
A. 1993 yil 1 yanvardan.
B. 1993 yil 1 oktyabrdan.
D. 1993 yil 15 noyabrdan.
E. 1994 yil 1 iyuldan.
5. Oraliq “so‘m kupon” muomalada qachongacha to‘lov
vositasini bajardi?
A. 1994 yil 1 iyulgacha.
B. 1994 yil 1 avgustgacha.
D. 1994 yil 1 yanvargacha.
E. 1995 yil 31 iyungacha.
133
6. Milliy valyuta so‘m va oraliq «so‘m kupon»lar qanday nis-
batda almashtirildi?
A. 1:500.
B. 1:1000.
D. 1:1500.
E. 1:2000.
7. O‘zbekiston hududida qanday davrda uch turdagi valyuta muo-
malada to‘lov vositasini bajardi?
A. 1993 yil noyabr.
B. 1994 yil iyul.
D. 1993 yil dekabr.
E. 1994 yil sentyabr.
8. Sobiq Ittifoq respublikalari qaysi paytdan boshlab milliy
valyutalarni muomalaga kirita boshladi?
A. 1993 yil iyul – avgust.
B. 1992 yil yanvar – fevral.
D. 1992 yil may – iyun.
E. 1992 yil iyul – avgust.
9. Rossiya Federatsiyasining yangi namunadagi banknotalari
to‘lov vositasi sifatida amal qilishi qachon bekor qilindi?
A. 1994 yil 1 iyuldan.
B. 1994 yil 15 apreldan.
D. 1993 yil 15 noyabr.
E. 1991 yil avgust.
10. Quyidagidlardan qaysi biri O‘zbekiston pul tizimi elementlari
hisoblanmaydi?
A. Pul birligi so‘m.
B. Baho masshtabi talab va taklif asosida belgilanadi.
D. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solinadi.
E. Qat’iy belgilangan valyuta kursi.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |